Toshkent davlat texnika universiteti


Insonning EHM bilan operativ aloqasi qurilmalari


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

8.3. Insonning EHM bilan operativ aloqasi qurilmalari 

Muhandisning ALTda ishlashi vaqtining ko„p qismi EHM bilan muloqot rejimida o„tadi, ya‟ni 

ALT informatsiyani ishlashni inson va texnikaviy  vositalar birgalikda bajaradigan  «inson-mashina» 

kompleks  tizimlariga  kiradi.  Shu  tufayli  ALT  TVKini  yaratishda  bunday  tizimlarga  insonning 

psixofiziologik xususiyatlari pozitsiyasidan qo„yiladigan talablarni hisobga olish lozim. 

Insonning  mashina  bilan  muloqot  jarayonida  informatsiyani  uzatishning  ikki  yo„nalishini 

ajratish mumkin:  

1) mashinadan insonga;  

2) insondan mashinaga (boshqaruvchi ta‟sir).  

Inson  informatsiyani  har  xil  yo„llar  bilan  qabul  qilishi  mumkin,  bunda  informatsiyaning  eng 

ko„p  hajmi  ko„rish  (~80%)  va  eshitish  (~10%)  kanallari  orqali  keladi.  Inson  texnikaviy  vositalarni 

muskul  harakatlari  va  tovush  orqali  boshqaradi.  Bunda  boshqaruvchi  ta‟sirlarning  ko„pida  qo„l 

harakati  yoylar  bilan  cheklanishi  zarur;  bu  harakat  bo„shashgan  (kuchanmagan)  yarim  bukilgan 

qo„llar bilan uning yelka bo„g„inidagi harakatida bajarilishi lozim. 

Shunday  qilib  muhandisning  EHM  bilan  operativ  muloqoti  uchun  ALTda  informatsiyani 

vizual  va  tovushli  aks  ettiradigan  vositalardan  va  boshqarishning  qo„lli  yoki  nutqli  organlaridan 

foydalanish  maqsadga  muvofiqlidir.  Lekin  informatsiyani  nutqli  kiritish-chiqarishning  zamonaviy 

qurilmalari  hali  ko„p  kamchiliklarga  ega,  shuning  uchun  ALT  TVKida  kam  qo„llaniladi. 




 

65 


Informatsiyani  nutqli  kiritish-chiqarish  qurilmalarining  rivojlanishi  kelajakda  muhandisning  EHM 

bilan operativ muloqoti uchun ulardan keng foydalanish imkonini beradi. 

Hozirgi paytda ALTda informatsiyani vizual aks ettirish qurilmalari (displeylar) va texnikaviy 

vositalarni  qo„lda  boshqarish  qurilmalari  (klaviaturalar,  planshetlar,  nurli  per,  ko„rsatkichlar, 

shturvallar va sh.k.) keng tarqalgan. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling