Toshkent davlat texnika universiteti
Grafikaviy informatsiyani kirituvchi qurilmalar
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Grafikaviy informatsiyani kirituvchi qurilmalar
Grafikaviy informatsiyani (GI) raqamli shaklga o„zgartirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 1) o„qish; 2) kodlash. O‘qish – grafikaviy elementni (nuqta, chiziq, elementar fragment) va qabul qilingan koordinatalar tizimida uning koordinatalarini aniqlash. Kodlash – o„qilgan informatsiyani belgilangan qoidalarga muvofiq raqamli kodga aylantirish. O„qish jarayonida i n s o n i s h t i r o k i n i n g d a r a j a s i b o „ y i c h a GI kiritish qurilmalari va avtomatik va yarim avtomatik qurilmalarga bo„linadi. GI avtomatik kiritish qurilmalari o„zgartirishning kuzatuvchi yoki yoyuvchi (skanirovka qiluvchi) metodlaridan foydalanishadi. Birinchi holda ishchi organ abstsissa o„qi bo„ylab o„zgarmas tezlikda siljib berilgan egrilik chegarasini kuzatadi (o„zgartiriladigan egrilik ordinata o„qi bo„yicha ishchi organ og„ishining son qiymatlari ko„rinishida ifodalanadi). Ikkinchi holda abstsissa o„qi bo„ylab qandaydir qadamda ishchi organ tasvirni skanerlashni amalga oshiradi. Bunda berilgan egrilik bilan skanerlovchi nur kesishish nuqtalarining ordinatalari qayd qilinadi. GI kiritish avtomatik
64
qurilmalari faqat murakkab bo„lmagan rasmlarni, masalan bitta argumentning birgina ma‟nosi bo„lgan funktsiyalarining grafiklarini kodlashda qo„llanadi, chunki murakkab tasvirlarni kiritayotgan tasvir elementlarini tanishda ancha qiyinchiliklar tug„iladi.
chizmalarini, tasvirlashda foydalaniladi. Ularda GIni o„qishni shchup (щуп) yoki vizir yordamida operator bajaradi. O„qilgan informatsiyani elektron blok qabul qiladi va kodlaydi. U oraliq tashuvchiga, masalan magnitli lentaga, yozilishi yoki kanal bilan tutashish bloki orqali EHMga uzatilishi mumkin. GI kiritish qurilmasi ishchi maydon – planshetga ega bo„ladi, unda hujjat hamda alfavitli- raqamli informatsiyani kiritish uchun alfavitli-raqamli va funktsional klaviaturalar joylashadi. Planshetda ishchi organ koordinatalarini tavsiflovchi k o d l a r n i o l i s h u s u l i b o „ y i c h a GIni kiritish qurilmalarini optik-mexanik, setkali va boshqalarga bo„lish mumkin.
qiluvchi organ – krestli linza ko„rinishidagi vizir – ishchi maydon bo„ylab ikkita karetka yordamida siljiydi. Aylanuvchi o„yiqli disk vizir bilan bog„langan. Fotoelektrik datchik impulslarni ishlab chiqadi, ular soni vizir siljishiga proportsional. x va y koordinatalari bo„yicha siljishga mos impulslar sonini schyotchiklar hisoblaydi. Karetka harakati tugagach schyotchiklarda qayd qilingan kodlar koordinatalar qiymatlariga mos keladi. Bu qurilmalarda koordinatalarni o„lchash aniqligi 0,25...0,4 mm. Ularning kamchiligi – mexanik uzellarning murakkabligidir.
tekisligi bir-biri bilan elektr izolyatsiyalangan o„zaro perpendikulyar shinalar bilan diskretlanadi. Registratsiya qiluvchi organ (shchup) va setka o„tkazgichlari orasidagi aloqa sig„imli, induktiv yoki kontaktli bo„lishi mumkin. Birinchi ikki holda setka shinalari tok impulsi bilan ketma-ket induktsiyalanadi (uyg„onadi). Shchup ostida joylashgan shina uyg„ongan paytda shchup datchigida EYuK uyg„onadi. Bu signal kuchaygandan so„ng schyotchik to„lishi jarayonini tugatadi. Schyotchikda fiksatsiyalangan kod koordinata qiymatiga mos bo„ladi. Kontakt qurilmalarda shchupni bosib setka o„tkazgich (sim)larini tutashtirishadi. Setkali kiritish qurilmalarda o„lchash aniqligi setka qadami bilan aniqlanadi va odatda 0,25... 0,5 mm bo„ladi.
printsipi manba (ishchi organ)dan priyomnikkacha tovush tarqalishi vaqtini o„lchashga asoslangan. Akustik qurilmalarning kamchiliklari – to„siqqa bardoshligi va aniqligining kamchiligidir. Rezistiv qurilmalarda o„tkazuvchanligi bir xil bo„lgan o„tkazuvchi materialdan qilingan planshetdan foydalaniladi. Planshet chekkalari stabil ta‟minlash manbasiga ketma-ket ulanadi. Informatsiyani tashuvchi rezistiv qatlamga tekkunicha zond bilan sanchib qadaladi. Bunda zonddagi kuchlanish mos koordinataga proportsional bo„ladi. Aniqligining kamligi va chizmani sanchib teshish zarurati tufayli bunday qurilmalardan keng foydalanilmadi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling