Toshkent davlat texnika universiteti
Ekran yangilanishi chastotasi
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Ekran yangilanishi chastotasi
Nima uchun kompyuter monitori bilan 50-70 sm masofada ishlash mumkin, shunday televizorni esa bir necha metr masofada ko‘rgan ma’qulligini Siz bilasizmi? Balki, hamma gap monitorda tasvir yaxshi ko‘rinishidadir? Yo„q, gap faqatgina bunda emas. Ekran yangilanish chastotasi (ekranda tasvirning qayta rasmlanishi chastotasi) (refresh rate) ham katta rol o„ynaydi. Televizorda u qat‟iy belgilangan va 50 Gts ga teng (elektr tarmog„idagi tok chastotasiga mos). Bunday chastotada tasvir titrashi ko„zga seziladi. Ekran yangilanish chastotasi 50 Gts bo„lgan monitorlar ilgari bo„lgan, lekin ular CGA va EGA standartlari bilan birga 80-yillarda o„tmishda qolib ketdi, bugungi kunda esa 60 Gts li ekran yangilanish chastotasi bilan ham ishlab bo„lmaydi – titrash ko„zga seziladi. Ishlash ruxsat etiladigan yangilanishning minimal chastotasi – 75 Gts, tavsiya qilinadigani – 85 Gts, komfortlisi esa – 100 Gts va undan ko„p. Monitor bunday chastotani ta‟minlay olishi unga bog„liq, lekin tasvirni ekranga har holda videokarta chiqaradi. Har xil grafikaviy rejimlarda bu chastota har xil bo„lishi mumkin. Ekranning aniq va har xil tasvirlash qobiliyati qanchalik ko„p bo„lsa, yangilanish chastotasi shunchalik kam bo„ladi. Videokarta hujjatidagi jadvalchada aniq va har xil tasvirlash qobiliyatining har biri uchun videokarta ekran yangilanishining qanday chastotasini ta‟minlashi ko„rsatilgan.
62
Agar sizga ushbu videokarta 1024 468 ekran tasvirlash qobiliyatini ta‟minlaydi deyishsa, bu 15 yoki 17 dyuym o„lchamli monitor bilan ishlash uchun bemalol yetarli. Lekin bunda Siz ekran yangilanishi chastotasi 60 Gts ekanligini ko„rsangiz, bilingki, videokartada bunday rejim yo„q, chunki bunda hech ham ishlab bo„lmaydi!
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling