Monitor xavfsizligi
Agar maxsus choralar ko„rilmaganda, monitor bizlarni turli zararli nurlanishlar bilan taqdirlar
edi. Yaqin o„tmishda ham sotuvda turli himoya ekranlari bo„lar edi. Eskirgan monitorlar uchun bu –
birinchi zarurat vositasidir. Zamonaviy monitorlarda nurlanishdan himoyalash uchun ko„p yaxshi
ishlar qilindi. Agar monitorda yoki uning upakovkasida TSO 95 va TSO 99 harflari bo„lsa,
himoyalovchi ekranlarga zarurat yo„q. Bular – xavfsizlik standartlaridir. Agar monitor bu
standartlarga mos kelsa, u bilan xotirjam ishlash mumkin.
Elektromagnit nurlanishi darajasi birinchi marta inson uchun havfsiz chegaralarda MRK II
standartida cheklandi. Keyinchalik ular TSO 92 standartida talablar sattisligi oshdi va keyin
sattislashish TSO 95 va TSO 99 standartlariga o„tdi.
TSO 95 standartidan boshlab monitorga ekologik va ergonomik talablar qo„yildi, TSO 99
standartidan boshlab esa tasvir sifatiga yorqinlik (яркость), ranglarning bir-biridan keskin farq qilishi
(контрастность), jimillashi (мерцание) parametrlari va ekranning xiralashishga qarshi
(антибликовый) qoplamasi xossalari bo„yicha qattiq talablar qo„yilmoqda. Standartlar tufayli bizga
monitorlarni sotib olish ancha oson bo„lib qoldi – monitor TSO 99 standartini qonistirishi lozim.
Monitorning zararli nurlanish nafaqat ekran tomonidan chiqadi, shuning uchun ko„p ishlab
chiqaruvchilar eng yaxshi texnologiyalardan foydalanib suyuq kristalli yoki plazmali monitorlarni
ishlab chiqishga o„tishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |