Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

ISA shinasi 

ISA  (Industry  Standard  Architecture)  –  80-yillar  boshidagi  genial  yechimdir.  Bu  standart 

qo„shimcha  qurilmalarni  ulash  va  ular  bilan  xuddi  ichki  qurilma  kabi  ishlash  uchun  bosh  shinaga 

bo„linmalarni «kesib kiritish» imkonini berdi. 



 

53 


Bu  texnologiya  AT  (Advanced  Technology)  nomini  oldi  va  ikkinchi  avlod  IBM  PC  AT  286 

kompyuterlarida birinchi marta qo„llandi. 

Bugungi kunda kompyuter komponentlarini korpusda joylashtirishning ikki standarti  – AT va 

ATX  mavjud.  Korpus  «standartliligi»ni  aniqlovchi  asosiy  parametr  form-faktor  deb  ataladi.  ATX 

form-faktori  –  zamonaviyroq  va  shu  sababli  afzalroqdir.  Eskirgan  AT  form-faktorli  kompyuterni 

tanlash  keyinchalik,  bir  necha  yil  o„tgandan  so„ng  tizimiy  blok  ichini  «yangilash»  vaqti  kelganda, 

muammo tug„dirishi mumkin. Kompyuterga o„rnatish yoki ulash mumkin bo„lgan qurilmalar tanlovi 

cheklanishi  mumkin.  Tashqi  qurilmalar  (printer  yoki  skaner)  ulanishi  uchun  mo„ljallangan 

bo„linmalar orqa devorida joylashishi bo„yicha AT va ATX korpuslarini farqlash mumkin. 

Ushbu  standart  paydo  bo„lgunicha  birinchi  IBM  PC  kompyuterlari  tashqi  qurilmalar  bilan 

deyarli  ishlamas  edi  (printer,  djoystik,  klaviatura,  ulanadigan  diskovod  xolos).  ISA  standarti  tadbiq 

bo„lgandan  so„ng  onalik  platasida  qo„shimcha  platalarni  oson  o„rnatish  imkoni  paydo  bo„ldi; 

qo„shimcha  platalar  yordamida  onalik  platasiga  xohlagan  narsani  –  magnitofon,  sovutgich  va 

h.k.larni ulash mumkin. Qo„shimcha platalar sho‘ba (

дочерная

) platasi, kengaytirish kartasi yoki 

karta nomini oldi. 

Turli jihozlarning minglab mayda ishlab chiqaruvchilari har xil qurilmalarni ishlab chiqarishga 

kirishdi; ISA shinasining muvaffaqiyati ana shunda. Ular uchun kompyuter arxitekturasi ochiq bo„lib 

qoldi.  ISA  shinasining  elektrik  va  mexanik  parametrlarini  bilib,  istalgan  odam  kompyuterni 

rivojlantirishi  va  kuchaytirishi  mumkin.  Ochiq  standarti  bo„lmagan  kompyuterlar  «yo„q»  bo„lib 

ketdi.  Bir  qancha  «tug„ma»  kamchiliklari  bo„lgan  IBM  PC  platformasi  esa,  bu  kamchiliklarga 

qaramasdan, ikki o„n yilliklardan beri muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda. 

 

Lokal shina 

ISA shinasining dong„i chiqqani sari, undan voz kechish shunchalik qiyin bo„lib bordi (20 yil 

bo„lganiga  qaramasdan  onalik  platalarining  ko„pi  bugun  ham  ushbu  shinaga  ega).  U  ikkinchi  va 

uchinchi  avlod  kompyuterlarida  yaxshi  ishlab  berdi,  to„rtinchi  avlod  kompyuterlarida  esa  ushlab 

turuvchi faktorga aylandi. Protsessorga xotira bilan muloqot uchun tobora yuqoriroq chastotalar talab 

qilina boshlandi va natijada ularni lokal nomini olgan maxsus shina yordamida biriktirishdi. Shunday 

qilib  ISA  shinasi  birinchi  marta  lokal  shinadan  ajratildi  –  ular  «ko„prik»  («

мост»)  orqali 

bog„lanishdi.  Bugungi  kunda  ISA  ko„prigi  funktsiyasini  chipset  «janubiy  ko„prigi»ning 

mikrosxemasi bajarmoqda. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling