Toshkent davlat texnika universiteti


Fazoviy  o‘zgaruvchilarga  misollar


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Fazoviy  o‘zgaruvchilarga  misollar.  Fazoviy  o„zgaruvchilarga  mexanik  tizimlar 

bayonlaridagi kuchlar va tezliklar, gidravlik va pnevmatik tizimlar bayonlaridagi bosimlar va ishchi 

jism sarflari va h.k. kiradi.  

Loyihalanayotgan ob‟yektlar modellari parametrlarining xususiyatlari: 

1.  k-ierarxik  daraja  modellaridagi  ichki  parametrlar  (elementlarning  parametrlari)  pastroq 

(k+1)-ierarxik daraja modellarida chiquvchi parametr bo„ladi. Masalan, elektron kuchaytirgich uchun 



 

26 


yuqori  ko„rilgan  misolda  tranzistor  parametrlari  kuchaytirgichni  loyihalashda  ichki,  tranzistorning 

o„zini loyihalashda esa chiquvchi parametr bo„ladi. 

2.  Nimtizimlar  birining  modelida  (bayonlar  aspektining  birida)  ishtirok  etayotgan  chiquvchi 

parametrlar  yoki  fazoviy  o„zgaruvchilar  boshqa  nimtizimlar  (boshqa  aspektlar)  bayonlarida 

ko„pincha tashqi parametrlar bo„ladi. Masalan, elektron priborlari korpuslarining maksimal harorati 

kuchaytirgichning  elektr  modellarida  tashqi  parametrlarga,  o„sha  ob‟yektning  issiqlik  modellarida 

esa chiquvchi parametrlarga kiradi. 

3.  Ob‟yekt  chiquvchi  parametrlarining  ko„p  qismi  V(Z)  bog„lanishlarning  funktsionallari 

hisoblanadi,  ya‟ni  ularni  aniqlash  uchun  berilgan  X  va  Q  larda  (1.2)  tenglamalar  tizimini  yechish 

lozim  va  olingan  natijalar  bo„yicha  Y  ni  hisoblash  zarur.  Yoyilib  ketish  quvvati,  tebranish 

amplitudasi,  signal  tarqalishi  tutilishining  davomiyligi  va  sh.k.lar  chiquvchi  parametrlar-

funktsionallarga misol bo„ladi. 

Loyihalanayotgan  ob‟yektlarning  boshlang„ich  bayoni  ko„pincha  loyihalashga  texnikaviy 

topshiriq  vazifasini  o„taydi.  Bu  bayonnomalarda  y



j

  chiquvchi  parametrlarga  texnikaviy  talablar 

(boshqachasiga chiquvchi parametrlar normalari) deb ataluvchi kattaliklar ishtirok  etadi. Texnikaviy 

talablar TT = (TT



1

, TT

2

, ..., TT

r

) vektorni hosil qiladi, bu erda: TT



j

 – qiymatlar chiquvchi parametrlar 



y

j

 o„zgarishining ruxsat etilgan diapazoni chegarasini ifodalaydi. 



TT

j

 va y



i

 orasida talab qilinadigan munosabatlarni ishchanlik qobiliyati sharoitlari deb atashadi. 

Ishchanlik qobiliyati shartlari ko„p hollarda 

y

j

 < TT



j

                                                                    (1.3) 

yoki 

y

j

 > TT



j

.                                                                   (1.4) 

Bunda  TT  va  Y  vektorlarining  o„lchamlari  teng  (r=m).  Lekin  ba‟zi  chiquvchi  parametrlar  u 

uchun ishchanlik qobiliyati sharti ikki taraflama cheklash: 

.

j

j

j

T

T

y

T

T





                                                            (1.5) 



TT larda chiquvchi parametrlarga mos keladigan ishchanlik qobiliyatiga misollar: 

(1.3) ko„rinishda – elektron qurilmada yoyilib ketish quvvati, truboprovodda bosim yo„qolishi, 

dvigatelda yonilg„i sarfi; 

(1.4) ko„rinishda – FIK, dvigatel quvvati, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti

(1.5)  ko„rinishda  –  optik  tizimning  fokus  masofasi,  tanlash  xususiyatiga  asoslangan 

kuchaytirgichning rezonans chastotasi. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling