Qanday operatsion tizimlar bo‘ladi?
Ko„rganingizdek, operatsion tizimga bo„lgan talablar shunchalik bir-biriga qarama-qarshiki,
ularning hammasini baravariga qoniqtirish dargumon.
Ko„p masalalilik ishonchlilikka zid. Bir vaqtning o„zida qanchalik ko„p dasturlar ishlasa, ular
orasida konfliktlar shunchalik tez sodir bo„lishi mumkin, bu kompyuter «osilib qolishiga» olib
keladi.
Do„stonalik oddiylikka zid, chunki haqiqiy do„stonalikka erishish – bu oddiy emas, balki o„ta
murakkab masala.
Tarmoqda ishlay olish qobiliyati xavfsizlikka zid. Bir tarafdan biz kompyuterimizning butun
dunyodan informatsiyani bemalol ola olishini va boshqa kompyuterlar bilan muloqotda bo„la olishini
istaymiz, ikkinchi tarafdan esa, kompyuterimiz informatsiya bilan birga, virus olishi mumkinligidan
qo„rqamiz. Xullas kalom, biz maksimal qulayliklarga ega bo„lishni xohlaymiz, lekin buning uchun
ko„ngilsizlikka ega bo„lishni hech ham istamaymiz.
Xulosa bitta: har xil ishlar uchun turli operatsion tizimlarni qo„llashimiz kerak.
MS-DOS
MS-DOS tizimi eng ishonchli tizim hisoblanadi, lekin uni na qulay va na do„stona deb
bo„lmaydi. U bilan ishlashni osonlashtirish va uni «shaffof» qilish uchun maxsus dasturlarni
qo„llashadi. Ularni «qobiq» («оболочка») deb atashadi. Shunday qobiqlardan biri – Norton
Commander dasturi – siz, balki, u bilan tanishdirsiz.
MS-DOS yuqori ishonchliligi tufayli ko„pincha maxsus texnikaviy operatsiyalarni bajarish
uchun foydalaniladi. Masalan, umidni uzsa ham bo„ladigan darajada ishdan chiqqan kompyuterlarni
reanimatsiya qilishni, uni MS-DOS vositalari yordamida tiriltirishdan boshlashadi. Ko„p hollarda
MS-DOS yordamida hech ham ishlashni istamayotgan dasturlarni ishga tushirishga harakat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |