Toshkent davlat transport universiteti avtomobil transposrt ekspluatatsiya faqulteti 2-kurs talabasi azatov xushnudbekning sohaga kirish fanidan yozgan mavzu: avtomobillar texnik servisning mamlakt iqtisodiyotida tutgan o’rni


Avtomobil servisiga qo’yiladigan talablar


Download 39.39 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi39.39 Kb.
#194304
1   2   3   4   5
Bog'liq
Azatov Xushnudbek

Avtomobil servisiga qo’yiladigan talablar

O’zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2009 yil 22 apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda O’zbekiston milliy avtomagistrali bo’ylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shartsharoitlar yaratish, yangi ish o’rinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral bo’yidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2010-

2015 yillar uchun O’zbekiston Milliy Avtomagistrali yo’l infratuzulmasi va servis ko’rsatish sohasini rivojlantirish Dasturini tasdiqladi. Yo’l infratuzilmasi va servisi ob’ektlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha xizmatlar ko’rsatadi:

- haydovchilar va yo’lovchilar, avtoturistlarning dam olishini ta’minlash;

- transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish;

- tibbiy yordam va avariya holatida yordam berish.

Dastur doirasida olti yil davomida 75 ta gaz va avtomobil yoqilg’i quyish ahobchalari, 59 ta gaz to’ldiruvchi kompressor stantsiyalari, 73 ta avariya hizmatiga ega texnik yordam punktlari, 47ta avtomobillarning qisqa muddatli to’xtash maydonchalari, 23 ta kemping va 48 ta motellar, 45 ta sanitar - gigienik uzellari qurilishi rejalashtirilmoqda. Kemping va motellar orasidagi masofa 100 km dan, qisqa

muddatli to’xtash maydonchalari orasidagi masofa esa 15-20 dan oshmaydi.

Oxirgi o’n yillarda, avtomobil parkini tez kengayishi va an’anaviy suyuq yoqilg’ilarni

yetishmovchiligini o’sishi natijasida gazsimon yoqilg’ilarga e’tibor kuchaydi. Arzon va yonganda kam zaharli ko’rsatkichlarga ega suyultirilgan neft gazi (SNG) va siqilgan tabiiy gaz (STG) suyuq uglevodorod yoqilg’ilarni o’rnini bosadi. Zamini tabiiy gazga boy O’zbekiston Respublikasi uchun gaz yoqilg’ilarini qo’llashni kengaytirish nihoyatda muhim. O’zbekistonda yiliga taxminan 7-8 mln. Tonna neft (gaz kondensatini qo’shganda), 55 mlrd. kub metr tabiiy gaz olinadi. Tabiiy gazning respublika yoqilg’i energiya balansidagi (YoEB) ulushi 65 %, jahon yoqilg’i energiya balansidagi ulushi 22-24 %. SHunday qilib, tabiiy gaz O’zbekistonda energiya iste’molchilar uchun va birinchi navbatda transport uchun asosiy va istiqbolli yoqilg’i turidir. Avtotransport vositalarini ekologik toza yoqilg’I turlari bilan o’z vaqtida ta’minlash, avtomobil benzinini ularga almashtirish, respublikada avtotransport

infrastrukturasini yana ham rivojlantirish, xalqaro va viloyatlararo yo’llar yoqasida AGNKS va AGZSlarni qulay joylashtirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 fevraldagi 30-sonli qarori [11] qabul qilindi. Qarorni bajarish uchun avtogazto’ldirish kompressorshahobchalari va avtogazquyish shahobchalari tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha tezkor ishlar olibborilmoqda.

Avtotransport vositalarini ishlatish jarayonida buzilish va nosozliklar paydo bo’ladi, ular texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) orqali bartaraf etiladi. TXK va T tizimining asosi uning tuzilmasi va me’yorlaridan iborat. TXK ning asosiy vazifasi buzilish va nosozliklarning paydo bo’lishi oldini olish amallarini, T ning vazifasi esa ularni bartaraf etish amallarini bajarib, avtomobilning qobiliyatini tiklashdan iborat. TXK reja asosida buzilishning oldini olish maqsadida, muntazam ravishda,

belgilangan davriylik va ish xajmi bilan bajariladigan amallar majmuidan iborat. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy-ogohlantiruv tizimi dunyo amaliyotida qabul qilingan. TXK va T tizimining quyidagi darajalari belgilangan:

- davlat, tarmoqlararo va tarmoq ichi darajalaridagi tizim me’yorlari va talablari mulkchilik shaklidan va muassasaviy bo’ysunishidan qat’iy nazar barcha yoki aksariyat ta’kidlangan tashkilotlar uchun majburiy

bo’ladi. Masalan, “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” [49], “Avtotransport korxonalarini texnologik loyihalashning tarmoq me’yorlari” [46]

va boshqalar;

- tarmoq ichi darajasidagi tizimda birlashmalar, holdinglar, xissadorlik jamiyatlari, transport kompaniyalari ekspluatatsiya xususiyatlari va to’plangan tajribalari asosida, rejaviy-ogohlantiruvchi tizim tamoyillarini saqlagan holda “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizomi” me’yorlaridan foydalanib, o’zlari uchun TXK va T tartibotlarini ishlab

chiqadilar.

Bunda shu birlashmaga kiruvchi korxonalar guruhi uchun tizim tavsiyalari majburiy bo’ladi. Masalan, o’z tarkibida ilmiy tadqiqot institutlari bo’lgan yoki ularning xizmatlaridan foydalangan yoki yirik mutaxassislar guruhiga ega bo’lgan yirik birikma va kompaniyalardan Mosshahartrans,

Mosavtotrans, AQSH pochta xizmati avtotransport kompaniyasi, Angren “Avtoneftrans” korxonasi va boshqalar ishlab chiqqan TXK va T tartibotlari.

Sobiq ittifoq avtomobil transportida TXK va T Nizomlari 1943 yildan boshlab, amaliyotga kiritilaboshlangan.1943 yilda “Avtomobillarga profilaktik xizmat ko’rsatish haqidagi Nizom”tasdiqlangan edi. 1947, 1949, 1954, 1963, 1974, 1989-1994 yillarda bu hujjat, avtomobillar konstruktsiyasi takomillashuvi, ishlash sharoitining o’zgarishi, to’plangan tajribalarni hisobga olgan holda takomillashib borgan. Nizomlardagi TXK davriyligining oshib borishi va ish xajmining kamayishi avtomobillar konstruktsiyasining takomillashuvi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

sohasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasidir.

TXK va T tizimini takomillashtirishda 1963 yilda avtomobilsozlik sanoati namoyondasi sifatida sobiq ittifoqning mashinasozlik va avtomobilashtirish davlat qo’mitasi va avtotransport sohasi namoyondasi sifatida sobiq RSFSR avtomobil transporti va shosse yo’llari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” alohida bosqich bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan avtomobillarning amaldagi texnik darajasi va ishonchliligi birinchi marta davlat miqyosida me’yor sifatida tan olingan va tasdiqlangan edi.

1984 yilda sobiq Ittifoq avtomobilsozlik sanoati va sobiq RSFSR avtomobil transporti vazirliklari

tomonidan yangi “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T haqidagi Nizom” da avtomobil ishlab chiqaruvchilari va avtotransportchilar tomonidan hamkorlikda yangi avtomobillar darajasini baholash, ishlash sharoitini hisobga olgan holda avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi (ATE) me’yorlarini resurslar bo’yicha va tezkor to’g’rlash masalalari aniq keltirilgan. Nizom ikki qismdan iborat. Birinchi qismda TXK va T asoslari, tarmoqdagi texnik siyosat, TXK va T turlari va vazifalari, davriylik, ish hajmi, avtomobil va agregatlar resursi, TXK va JT da turish

me’yorlari, TXK ning namunaviy umumlashgan amallar nomlari, ekspluatatsiya sharoitini hisobga olish va me’yorlarini tuzatish usulari, TXK va T ni tashkil qilish bo’yicha asosiy qoidalar keltirilgan. Ikkinchi qismda muayyan avtomobil rusumlari va modifikatsiyalari bo’yicha me’yorlar, shu jumladan: TXK va T turlari, TXK davriyligi, amallar ro’yxati va ish hajmi, avtomobil resursi (yoki mukammal

ta’mirgacha bosgan yo’li), ish hajmining ish turlari bo’yicha taqsimoti, ximmotologik karta va boshqa ko’rsatmalar keltirilgan.

Bu Nizomda sobiq ittifoq avtomobil zavodlarida ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun me’yorlar keltirilgan bo’lib, hozirgacha o’sha avtomobil rusumlari uchun amal qiladi. Dunyo amaliyotida avtomobilsozlik kompaniyalari o’zlari ishlab chiqargan avtomobillarni xaridorlarga sotish uchun texnik xizmat ko’rsatuvchi, ehtiyot qism va ashyolar bilan savdo qiluvchi korxonalar majmuasi bo’lmish avtoservis korxonalarini tashkil etganlar. Keyinchalik avtomobil parkining o’sishi bilan avtomobilsozlik kompaniyalaridan mustaqil servis korxonalari ham paydo bo’la boshlagan. Avtoservis korxonalarida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatiladi, tijorat ishlari amalga oshiriladi va mijozlar bilan ishlanadi.




Download 39.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling