Toshkent Davlat Transport Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi masofaviy II – bosqich bhtm-1 guruh talabasi Suyunov Xumoyunning Falsafa fanidan “
Download 334.06 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- ” mavzusida bajargan FAN O’QITUVCHISI: UMAROVA RO‘ZIGUL SHERALIYEVNA MUSTAQIL ISHI
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi masofaviy II – bosqich BHTM-1 guruh talabasi Suyunov Xumoyunning Falsafa fanidan “ Kategoriya tushunchasi va ularning turlari ” mavzusida bajargan FAN O’QITUVCHISI: UMAROVA RO‘ZIGUL SHERALIYEVNA MUSTAQIL ISHI Kategoriya tushunchasi va ularning turlari REJA: 1.Falsafada kategoriya tushunchasi. 2.Falsafiy kategoriyalar va ularning turlari FALSAFA KATEGORIYALARI Falsafiy kategoriyalar. Endi, falsafiy kategoriyalarning mohiyatini bilishga о‘tamiz. Har bir fan boshqa fandan о‘z tadqiqot ob`ektining xususiyatiga, unda ishlatilayotgan tushuncha va atamalar tizimining o’ziga xosligiga ko`ra farqlanadi. Tushunchalar tizimi esa har bir fanning shakllanishi, mazmun, mohiyati va taraqqiyot bosqichlarini kо‘rsatadi. Masalan, massa, og‘irlik, tezlik, tezlanish, atom, yadro, elektr, magnitizm, yorug`lik, lazer, energiya va shu kabilar fizikaga tegishli bо‘lib, uning mazmunini belgilaydi. Natural son, mavhum son, kompleks son, о‘zgarmas miqdor, о‘zgaruvchan miqdor, integral, differensial, teorema, vektor, hisob va shu kabilar matematikaning rivojlanish bosqichlarini belgilaydi. Falsafaning ham о‘z tushunchalari bо‘lib, ular о‘zining umumiy xarakteri va mazmuniga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, olam, harakat, makon, vakt, miqdor, meyor, sakrash, ziddiyat, qarama-qarshilik, erkinlik, tafovut, ayniyat, inkor, borliq, vorislik, sabab, oqibat, zaruriyat, tasodif, imkoniyat, ong, voqelik, butun, qism, mohiyat, hodisa, mazmun, ayrimlik, qonun, umumiylik, dialektika, metafizika va h.k. Falsafada о‘rganiladigan kategoriyalarning boshqa aniq fanlar kategoriyalaridan farqi shundaki, ular voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim, alohida munosabat va aloqalarinigina ifodalamasdan, balki butun olam, inson hayoti va tafakkur olamiga ham xos umumiy belgilar, aloqalar, xususiyatlar va munosabatlarni aks ettiradi. Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bо‘lib, “izohlash”, “tushuntirish”, “kо‘rsatish”, degan ma’nolarni anglatadi. Demak, falsafiy kategoriyalar falsafiy tafakkur uchun nihoyatda muhim, olamdagi о‘zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy bog‘liqlikka xos umumiy jihatlarning intiqosidir. Ular narsa va hodisalarning о‘ziga xosligi, о‘xshashligi va farqlarini, barqarorligi va о‘zgarishini anglatuvchi, bilishning asosini tashkil etuvchi eng umumiy tushunchalar bо‘lib, olamdagi barcha hodisa, jarayonlarga xos umumiy, muhim tomonlar, xususiyatlar, munosabatlarni ifodalovchi, keng ma’noli va chuqur mazmunli ilmiy atamalardir. Falsafiy kategoriyalar voqelikni chuqur va mukammal aks ettirishi, olamning barcha sohalarida amal qilishi bilan oddiy tushunchalardan farqlanadi. Shu tufayli har bir konkret fan о‘zi о‘rganayotgan sohaning xususiyati va belgilarini ochishda falsafiy kategoriyalarga murojaat etadi. Shu ma’noda kategoriyalarning kelib chiqishi va mohiyatini tо‘g‘ri tushunish falsafa uchun ham, barcha fanlar uchun ham ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Ularni falsafa tarixida birinchi bо‘lib Arastu o’zining "Kategoriyalar" asarida ta’riflab berdi va kategoriyalarni ob`ektiv voqelikning umumlashgan intiqosi sifatida qarab turkumlashtirishga harakat qildi. Arastu fikricha, quyidagi kategoriyalar mavjud: “mohiyat” (substansiya), “miqdor”, “sifat”, “munosabat”, “о‘rin”, “vaqt”, “holat”, “mavqe”, “harakat”, “azob-uqubat”, “tasodif”. Bu turkumlashtirish о‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu "Metafizika" asarida “mohiyat”, “holat” va “munosabat” kategoriyalarini ham izohlagan. Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida о‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda kо‘proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki, o’sha davrda qо‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bо‘lgan. Ammo u davr falsafaning qonunlari, kategoriyalar va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar tizimi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto mashhur yunon olimi Suqrotni ham ana shunday, go`yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo’liga boshlab, ularning noto`g‘ri tarbiyasiga sabab bо‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq tizim tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bо‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini ilk marta tizimlashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kо‘targan. О‘sha davrdan boshlab falsafa о‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bо‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va Ibn Sino kabi allomalar ham katta ahamiyat qilishgan. XVIII—XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keladi. Xususan, I.Kant qarashlarida kategoriyalar "sifat" (reallik, inkor, chegaralash), "miqdor" (birlik, kо‘plik, yaxlitlik), "munosabat" (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o’zaro ta’sir), "modallik" (imkoniyat va imkoniyatsizlik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli о‘laroq, Gegel esa mantiqiy kategoriyalarni: "borliq" (sifat, miqdor, meyor), "mohiyat" (asos, hodisa, mavjudlik), "tushuncha" (ob`ektiv, subyektiv, mutlaq g‘oya) tarzida izohlagan. Falsafa fanining kategoriyalari haqida turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatida quyidagi tavsiflari bor: 1) olamning intiqosi; 2) narsa va hodisalarning о‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan о‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy-mantiqiy bilish darajalaridan biri. Kо‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qо‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning shunday kategoriyalaridir. Shu bilan birga, falsafada o’z xususiyatlariga kо‘ra, "juft kategoriyalar" deb ataladigan, umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar bor. Ular narsa va hodisalarni muayyan yо‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. Olamni bilish jarayonida ilmiy tushunchalar, kategoriyalar inson о‘z amaliy faoliyatida olamdagi hodisa va narsalarga xos sirlarni, xususiyatlarni va belgilarni bila borishi, ulardagi juz’iy va umumiy tomonlarni ajrata borishi asosida "me`yor", "miqdor", "sifat", "ziddiyat", "inkor", "sabab", "oqibat", "zaruriyat" va "tasodif", "imkoniyat" va "voqelik", "shakl" va "mazmun", "mohiyat" va "hodisa" singari kator kategoriyalar shakllangan. Binobarin, kategoriyalar insonning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari bilan bо‘lgan amaliy aloqalarida voqelikning mohiyatini bilishning natijasidir. Kategoriya dialektikasi shundaki, ma’lum sharoitlarda bir kategoriya ikkinchisini keltirib chiqaradi: tasodif zaruriyatga, ayrimlik umumiylikka, miqdor sifatga aylanishi buning misolidir. Harqanday kategoriya boshqa kategoriya bilan uyg`unlikda va ichki aloqadorlikdagina mavjud bо‘la oladi. Ma’lumki, о‘zaro aloqadorlik faqat kategoriyagagina xos bo`lmay butun olamga xosdir. Kategoriyalar mantiqan о‘zaro uzviy bog‘liq, mazmunan bir- birini tо‘ldiradi, bilishning umumiy qonunlarini anglamay turib, kategoriyaning mohiyat- mazmunini tushunish mumkin emas. Ular voqelikka xos umumiy xususiyatlar, aloqadorlik, о‘zaro munosabatlarni ifodalashi bilan birga, olamning yashash va taraqqiyot dialektikasini ifodalab beradi hamda dunyoni ilmiy bilishda nazariy hamda metodologik ahamiyat namoyon qiladi. Kategoriya quyidagi xususiyatlarni о‘z ichiga oladi: a) kategoriya olamdagi munosabat, bog‘lanishlarni ifodalovchi umumiy mazmun va xususiyatga ega bо‘lgan falsafiy tushunchadir; b) kategoriya moddiy olamdagi hayotni tavsiflagani holda, bir butunlikda, о‘zaro aloqadorlikda bо‘ladi, bir-birini taqozo etadi, belgilaydi yoki bо‘lmasa yuzaga keltiradi; v) kategoriya ob`ektiv mazmunga ega. Har bir kategoriya voqelik tufayli ruyobga chiqadi, voqelikda namoyon bо‘ladi, voqelik mavjudligining о‘ziga xos xususiyatlari, tomonlari, belgilarini ifodalovchi tushunchalar sifatida inson tafakkurida aks etadi; g) kategoriya umumiy tushunchalar sifatida insonning tabiiy-ijtimoiy hodisalar mohiyatini bilishga qaratilgan bilish jarayoni tarixining natijalari va voqelikni chuqurroq bilib borishining ilmiy vositalaridir; d) kategoriya falsafa singari barcha fanlar uchun ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatda metodologik ahamiyatga ega bо‘lgan ilmiy tushunchalar hisoblanadi; e) kategoriya nazariyada, ilmiy bilish jarayonidagina emas, amaliyotdaham о‘ziga xos rol о‘ynaydi va o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Ularning о‘zaro bog‘lanish hamda namoyon bo`lish xususiyatlarini bilish hayotda fan va amaliyotda muhim natijalarga olib keladi. Download 334.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling