Toshkent davlat transport universiteti lokomotivlar va lokomativ xo'jaligi
Ma'ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy va boshqa mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha stajirovka o'tash
Download 32.25 Kb.
|
JUMANOV IPI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Maruza matnlari va mashgulotlarni otkazish rejalarini tuzishni organish
1.3. Ma'ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy va boshqa mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha stajirovka o'tash
O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2015 yil 30 oktyabrdagi № 9-2015 sonli buyrug'iga va Oliy ta'lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o'tash tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq, stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta'minlashga yo'naltirilishi lozim. Stajirovka o'tashning tayyorlov bosqichida - qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o'tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o'tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funktsiyalari, faoliyat yo'nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka o'tash dasturiga muvofiq tegishli ko'rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o'tash dasturini bajarish bo'yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi. Mazkur Nizomga muvofiq, stajirovka o'tash maqsadida, ilmiy rahbar bilan birgalikda kafedra fanlaridan mashg'ulotlar o'tkazish belgilab olindi. 1.4. Ma'ruza matnlari va mashg'ulotlarni o'tkazish rejalarini tuzishni o'rganish Ma’ruza o'quv jarayonining asosiy bo'g'ini, dars o'tishning asosiy shakllaridan biridir. Ma’ruza bilimni so'z bilan ifodalash, og'zaki bayon qilish ko'zda tutilgan, hajmining kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtnrnshning murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) - o'qish) o'quv materiali, biror masala, mavzu kabilarning mantiqiy izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir. Ma’ruzaga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin: 1) o ‘quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida; 2) bilimni so'z bilan ifodalash, og'zaki bayon qilish metodi sifatida. Ma’ruza o'quvchi-talabalar bilan muloqotda bo'lishning alohida shakli va uni boshqa hech qanday o'quv shakli bilan almashtirib bo'lmaydi. Ma’ruzaning oldiga qo'yiladigan maqsad har xil bo'lib, bu maqsad maksimal darajada amalga oshishi uchun,uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Ma’ruza o'qitishning quyidagi qator funksiyaiarini bajaradi: 1. Professional ta ’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish. 2. Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo'naltirish. Ma’ruzada talabalaming diqqat-e’tibori o'quv materialining asosiy mazmuni, qonun-qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida qanday o 'rin tutishi va ahamiyatiga, uni o'zlashtirish metodlariga qaratiladi. 3. Idrok, tafakkurni rivojlantiruvchi — tinglovchilarda bilniaganini bilishga qiziqish uyg‘otadi. Mantiqiy flkrlash va o ‘z fikrini asoslashga o'rgatadi. 4. Bilim berish, o'rganayotgan fan bo'yicha axborot olish, olgan axboroti asosida xulosa chiqarish, umumlashtnrnshga o'rgatish. 5. Metodologik - ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi. 6. Talabalarga tarbiyaviy ta ’sir ko'rsatish. Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo'lishi, mehnatga munosabati, ijtimoiy-psixologik xislatlarini shakllantirish. Ma’ruzada mavzuning asosiy savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan yoritilishi, bayon etilishi qo'yilgan maqsad, o'rganilayotgan fanning, mavzuning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Ma’ruza faqatgina iqtisodiy rivojlanishning asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, fanning so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni yechishdagi ahamiyatini, yechish y o ilarin i ham ko'rsatishi kerak. .M a’ruzada darsni uch bosqichga bo'lish mumkin: 1. Kirish. Awalgi ma’ruzada nimalar o'rganilgan, uning natijasi nimalar bilan bog'liq, bugungi darsga qanday maqsad qo'yilyapti? Awalo dars ilgarigi mavzu bilan bogianadi. Keyin yangi mavzu e’lon qilinadi. Ma’ruza rejasi, mustaqil o'qish uchun zarur asosiy va qo'shimcha adabiyotlar ro'yxati tavsiya etiladi. Mavzuni o'rganishdagi asosiy termin, tushunchalar, mustaqil ravishda bajariladigan ishlar, topshiriqlar beriladi. 2. Asosiy bosqich. Bu bosqich ma’ruza rejasiga ko‘ra tanlangan dars o ‘tish metodlarini qo‘llagan holda o'tkaziladi. Tinglovchilarga mo'ljallangan axborotlar yetkaziladi. 3. Yakuniy bosqich. Ma’ruzaga yakun yasaladi, qisqacha xulosa chiqariladi. Talabalar diqqati uchun mazkur mavzudagi eng asosiy tushuncha, e ’tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, hodisalar ta ’kidlanadi. Qo'yilgan maqsadga qay darajada erishildi, bu - tahlil qilib, baholanadi. Bugungi ma’ruzada-bajarilgan ish kelgusi faoliyatda qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatiladi. Ma’ruzalarni didaktik vazifasiga qarab: kirish, mavzular bo'yicha, yo‘l-yo‘riq ko'rsatadigan, tahliliy, yakunlovchi ma’ruzalarga bo'lish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi № 19-2018-son buyrug'i va Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi Nizomga muvofiq, talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a'lo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho; talaba fan dasturini o'zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Download 32.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling