Toshkent davlat transport universiteti lokomotivlar va lokomativ xo'jaligi
Yangi pedagogik va informasion texnologiyalarni o'rganish va qo'llash
Download 32.25 Kb.
|
JUMANOV IPI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyingi paytlarda keng qo‘llanilayotgan
1.5. Yangi pedagogik va informasion texnologiyalarni o'rganish va qo'llash
• Pedagogik texnologiya deganda ma’lum malakaga ega bo'lgan mutaxassis tayyorlash uchun o'qitish jarayonini qo'yilgan maqsadga ko'ra izchil ketmaketlikda turli vosita va metodlarni qo'llash o'quvchi-talaba va o'qituvchi hamkorligini amalga oshirish tufayli samarali va kafolatlangan ta ’lim natijasiga erishishni ta’minlovchi pedagogik faoliyat tushuniladi. • O'qitish metodlarini pedagogik texnologiyaning nerv tomirlari deb atash mumkin, chunki qo'yilgan maqsadni qanday amalga oshirish, qanday natijaga erishish dars o'tish metodlarini tanlash va qay tartibda qo'llashga bog'liq. • Ta’lim tizimiga, o'qitishga qator yondashuvlar mavjud bo'lib, ular darsni o'tkazishda o'qituvchining qanday rol o'ynashi, qo'yilgan maqsad, o'quvchi-talabalarning dars jarayonida faolligini ta ’minlash, qo'yilgan maqsadni amalga oshirish metodlari, mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, erishish mo'ljallangan natija va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ulardan keng tarqalganlari ko'rgazmali-an’anaviy, texnologik, tadqiqiyijodiy yondashuvlar bo'lib, keyingi paytlarda integral va modulli yondashuvlar asosida o'quv jarayonini tashkil etish ham keng qo'llanilmoqda. Keyingi paytlarda keng qo‘llanilayotgan, ta ’limni rivojlantirishning samarali yo‘nalishlaridan biri—fanlarni modul texnologiyasi asosida o'qitishdir. Malumki, a n ’anaviy ta ’limda maqsadlari, asosan, bilim berishga, modul texnologiyasi asosida o ‘qitishda esa ta ’lim oluvchilar faoliyatiga yo'naltiriladi. Modul — bu fanning bir-biriga o'zaro bog'liq bo'lgan fundamental tushunchalarini o'rganishga yo'naltirilgan va didaktik tamoyil asosida tuzilgan o'quv materiallari birligi bo'lib, unda fan bo'yicha o'quv dasturlari qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tarzda tabaqalashtiriladi. Natijada bosqichma-bosqich o'qitish imkoniyati yaratiladi. Pedagoglarning flkricha, agar modul texnologiyasi asosida o'qitish to'g'ri tashkil etilsa, ta ’limning har qaysi bosqichida o'quvchi, talabalar yangi o'quv materiallarini o'zlashtiradi, ko'nikma va malakasini takomillashtiradi. Modul algoritm asosida ishlab chiqiladi va quyidagi tarkibiy qismlami o 'z ichiga oladi: aniq maqsad, nazariy bilim, amaliy mashg'ulot, uslubiy ko'rsatma, yo'l-yo'riqlar, nazorat, o'zlashtirilgan bilim, malakani sinash, baholash va hokazo. Modul texnologiyasi asosida o'qitish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: — modulli o'qitishdagi dastlabki shart-sharoitlarni tahlil etish; — modulning o'quv maqsadlari va mazmunini belgilash; — o'quv-didaktik materiallari va o'qitish vositalarini tayyorlash; — nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish; — o'quvchi, talabalaning olgan nazariy bilimi va amaliy ko'nikmalarini baholash. Yuqorida keltirilganlarning hammasi ta ’lim oluvchilarni fikrlash darajasini kengaytirish, yuz beradigan voqea – hodisalarning sababini anglash, izlanishni o'rgatishga qaratilgan. Modul tizimining mohiyati shundan iboratki, ta ’lim oluvchilar ta’limning alohida birlik modullarini izchil holda ketma-ket o'zlashtiradilar. Ta ’limda modul tizimini qo'llash eski modul birligi о ‘miga tezda yangisini ishlab chiqish va amalda qo ‘llash imkoniyatini beradi. Modul tizimi asosida ta ’lim berishning afzalligi shundaki, e’tibor ko'proq ta ’lim oluvchiga, uning o 'z ustida mustaqil ishlashi hamda o ‘z -o ‘zini nazorat qilishiga qaratiladi. Modul tizimi asosida o ‘qitishning davomiyligi ta ’lim oluvchining tayyorgarligiga va kasbiy malakani qay darajada egallash istagiga bog'liq. 0‘qitishni ta ’limning istagan modulidan keyin to'xtatish mumkin. Modulli texnologiya asosida o'qitishda o'quv didaktik materiallar sifatida nazariy va amaliy darslarda matnli vizual vositalar, masalnn, o'quv adabiyotlari, kartoteka va m a ’ruza matnlari, tarqatma materiallar, uslubiy ko'rsatmalardan foydalaniladi. Modul tarkibiga kiritilgan nazariy mashg‘ulotlarni quyidagi ketma- ketlikda o'tkazish tavsiya etiladi. Qiziqtirish (motivatsiya uyg'otish). Iqtisodiy fanlarni modul texnologiyasi asosida o'qitishda darslami qiziqarli, hatto darsga lo 'g'ridan-to'g'ri taalluqli bo'lmagan ma’lumot bilan boshlash muimkin. Masalan. mavzu bilan bog'liq qLiqarli kashfiyot, yangilik yoki xizmntni tushuntirish bilan dars boshlanadi. Bu ta ’lim oluvchilar qobiliyatigii Ijobiy ta'sir ko'rsatadi va ularning shu sohaga yoki o'rgnniludigan mavzuga qiziqishiga yordam Beradi. Modul birligiga mos tarqatma materiallar beriladi. Bu o'quv jarayonini osonlashtiradi. Ularni modul birligiga monand ravishda birin-ketin tarqatish va ko'rib chiqish uchun yetarli vaqt ajratiladi. 0 ‘zIashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriqlar berish. O'quvchi, talabalarga tafakkur qilish va ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatini yaratuvchi topshiriqlar beriladi. Har bir topshiriq yoki mashqdan keyin bajarilgan ishlar baholanadi. Natijalarni guruhlarda ochiq-oydin va samimiy muhokama qilish ham yuqori samara beradi. Modulni o'rganish oxiridayakuniy suhbat uchun vaqt ajratilishi kerak. Bu —o'qituvchi va o'quvchi-talabalar faoliyati natijalari, ulaming amalga oshirgan va oshirmagan ishlari yuzasidan mulohaza yuritish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Fanlarni modul texnologiyasi asosida o'qitishda o'quvchi, talabalar bilimi va ko'nikmalari o'quv maqsadlariga muvofiq holda muntazam baholanishi kerak. Baholash huquqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga hamda Davlat ta ’lim standartlariga asoslanadi. Baholash orqali butun modulni o ‘rganish jarayoni va uning barcha komponentlari maqbulligi tekshirilib ko‘riladi. Bu bilan modulli o'qitish kutilayotgan natijani berayotgani yoki bermayotgani aniqlanadi. Shunday qilib, pedagogik texnologiya, to'g'rirog'i, ta ’lim texnologiyasi, qo'llaniladigan metodlarning barchasi ham ta ’lim oluvchilami chuqur bilim olishlari va talab darajasida ko'nikmaga ega bo'lishlariga qaratilgan. Hamma gap qo'yilgan maqsadni qay darajada amalga oshirishdadir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi № 343-sonli "Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, «Oliy ta'limning davlat ta'lim standarti: kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga qo'yiladigan umumiy talablarni; ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va etarli bilim darajasi hamda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga qo'yiladigan umumiy malakaviy talablarni; o'quv yuklamasining hajmini; ta'lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi. Ot DTS o'quv jarayonini, ta'lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o'quv qo'llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (ta'lim sohalarining davlat ta'lim standartlari, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o'quv rejalari, o'quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi O'quv rejasi — oliy ta'limning muayyan bakalavriat ta'lim yo'nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o'rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat. O'quv fani dasturi — ta'lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o'zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko'rsatilgan normativ hujjat. Muayyan ta'lim sohasining davlat ta'lim standarti quyidagilarni o'z ichiga olishi lozim: • zarvaraq (titul); • mundarija; • muayyan ta'lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi; • bitiruvchilarning soha bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan umumiy talablar; • o'quv reja tuzilmasi; • kadrlar tayyorlash sifatini baholash. Ta'lim sohasining davlat ta'lim standarti ikkita (bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat bo'ladi. Quyidagilar oliy ta'limning normativ hujjatlari hisoblanadi: • oliy ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan bakalavriat ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o'quv rejalari va o'quv fanlari dasturlari; • oliy ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta'lim muassasalarining muayyan ish faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar. Oliy ta'limning ta'lim sohalari davlat ta'lim standartlari va normativ hujjatlari «OT DTS. Asosiy qoidalar» va oz DSt 1.0:1998, O'zRST 1.8-94, oz DSt 1.9-1995. standartlariga muvofiq holda ishlab chiqiladi. Qonun hujjatlariga muvofiq o'quv jarayoni o'qitishning modul tizimiga asoslangan oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha malaka talablari, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Oliy ta'limning bakalavr birinchi bosqichida o'quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta'minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o'zlashtirishini nazarda tutishi zarur: • gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy; • matematik va tabiiy-ilmiy; • umumkasbiy; • ixtisoslik; • qo'shimcha. O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta'lim muassasalari yoki ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha boshqa fanlar bloklari belgilanishi mumkin. Kasb faoliyati ko'nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o'tilishi nazarda tutilishi shart. O'quv rejalar majburiy o'quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o'z ichiga olishi shart. Bakalavriat ta'lim yo'nalishi o'quv rejalari va fanlar dasturini o'zlashtirishda talabalarning o'quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo'yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim. Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uning o'quv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestasiyasi bilan tugallanishi shart. O'quv yilida ta'til davrining umumiy hajmi 6-10 hafta qilib belgilanadi. Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalarining malaka amaliyotini o'tash tartibi va bitiruv malakaviy ishini bajarish tartibi oliy ta'limni boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Lokomotivlarning ekspluatasiya davrida teplovoz dizellari porshenlarida yuzaga keluvchi nosozliklar va ularni bartaraf qilishdagi muammolar, temir yo'l transporti korxonalarining ta'mir tizimi va lokomotivlarning xizmat muddatini oshirish bo'yicha yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan izlanishlar tahlili bo'yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Download 32.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling