Тошкент давлат транспорт университети Ma’ruza metrologiyaning asoslari. Oʼlchashlarning turlari va usullari. Oʼlchash vositalari. Oʼlchash turlari va vositalari. Meʼeriy metrologik taʼriflash. Universal oʼlchash vositalari


Download 0.68 Mb.
bet8/9
Sana13.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1000069
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2.Maruza MCC (2)

Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish – o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchash birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini ishlab chiqish, yaratish (ta'mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun litsenziya -davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish xuquqini guvohlantiruvchi hujjat.
2.5 SI birliklari umumiy nisbiylik nazariyasi strukturasida.
SIning asosiy birliklari, relyatvistik effektlarga e’tibor qaratilmagan ravishda qabul qilingan. Agar bunday faktorlar e’tiborga olinsa, ta’riflarning, ma’lum standart hodisalar yuz beruvchi muayyan kichik bir makon uchungina o‘rinli ekanligi oydinlashadi. Ular maxsus birliklar nomi bilan ma’lum bo‘lib, bu birliklar, mahalliy relyatvistik effektlar inobatga olingan tarzda, xususiy nisbiylik bilan keltirib chiqariladi. Fizik doimylar – tegishli maxsus birliliklar orqali ifodalangan xususiy qiymatli fizik kattaliklardir. Birlik uchun ta’rifning amaliy keltirib chiqarilishida, odatda, biror xususiy holatning qiymati bilan taqqoslanadi. Chastota standartlari uchun bunday taqqoslashlarni, elektromagnit to‘lqinlar yordamida masofadan turib ham boshqarish mumkin.

SI ning asosiy fizik kattaliklari va ularning o‘lchamliklari

Asosiy kattalik


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling