I. Quvurlar tizimini gidravlik hisoblash va uning tavsifini qurish
Quvurlar tizimining gidravlik tavsifi deb tizimdagi yo'qolgan dam h bilan o'tkazilgan suyuqlik sarfi Q bog'liqligiga aytiladi, ya'ni h=f(Q).
Hisoblanayotgan tizim suyuqlik so'rish quvuridan, damli va tarmoq-damli quvurlardan iborat bo'lib, nasos ishlayotgan paytda suyuqlikni qabul qilib olayotgan I rezervuardan II va III damli rezervuarlarga uzatiladi. Quvurlar tizimining hisobi har bir quvurning alohida gidravlik hisoblangan yig'indisidan iboratdir.
I.I. Quvurlar tizimining diametrlarini topish va unda harakat qilayotgan suyuqlik tezligini aniqlash.
Berilgan shart bo'yicha QII=QDM=0.019 m3/soniya, QIII=QDN=0.019 m3/soniya. Tizimda hisobga olinmagan sarf (5-10% )umumiy suyuqlik sarfga nisbatan olinadi, ya'ni
Q=1.1(QII+QIII)=1.1(0.019 +0.019)=0.0418 m3/soniya.
Quvurlar tizimining diametrlarini aniqlashda quyidagi ifodadan foydalanamiz:
(1)
bunda Q - umumiy suyuklik sarfi, m3/s;
V - qabul qilingan cheklangan tezlik, m/s;
dx- hisob orqali quvurga topilgan diametr, m.
Topilgan diametrning qiymati zavodda tayyorlangan standart quvurlar diametri bilan almashtiriladi, ya'ni d=100, 125, 150, 200, 250, 300 mm.
Hisoblangan dx uchun yaqin bo'lgan standart quvur tanlanadi va unga to'g'ri keladigan suyuqlik tezligi topiladi. Hamma hisoblar 1-jadvalga kiritilgan.
1-jadval
Hisoblanadigan qiymatlar
|
Tizim bo'laklari
|
AB
|
CD
|
DM
|
DN
|
Suyuqlik sarfi, m3/s
|
0.051
|
0.051
|
|
|
Quvur uchun cheklangan tezlik, m/s
|
0.8-1.0
|
0.8-2.0
|
0.8-2.0
|
0.8-2.0
|
Qabul qilingan tezlik, m/s
|
1.0
|
1.5
|
1.5
|
1.5
|
Quvurning diametri, hisob bo'yicha, m
|
0.255
|
0.211
|
0.133
|
0.146
|
Quvurning standart diametri, m
|
0.250
|
0.200
|
0.150
|
0.150
|
Haqiqiy tezlik, m/s
|
1.04
|
1.62
|
1.19
|
1.42
|
Do'stlaringiz bilan baham: |