Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


III. Elektr ta’minoti tizimiga ulanish


Download 50.24 Kb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi50.24 Kb.
#216233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qaror

III. Elektr ta’minoti tizimiga ulanish

7.

Quvvati 140 kilovattgacha bo‘lgan elektr uskunalarini elektr tarmoqlariga ulash jarayonida sarflanadigan xarajatlar tadbirkorlik sub’ektining xohishiga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlariga texnik shartlarni olish uchun murojaat qilish bilan bir vaqtda berilgan so‘rovnomasiga asosan «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibini joriy etish.

Mazkur mablag‘lar tadbirkorlik sub’ektlari foydalangan elektr energiyasi qiymatiga qo‘shiladigan ustamalar hisobidan bir yil davomida undirib olinishini belgilash.



normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil 1 oktabr

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Adliya vazirligi (Davletov)

8.

«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash bilan bog‘liq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning muddatlarini va eng baland qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi yagona kalkulyatsiyani tasdiqlash.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil 1 fevral

Energetika vazirligi (Sultanov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov), Adliya vazirligi (Davletov)

9.

Elektr ta’minoti tizimiga ulanish jarayonida hujjatlarni ko‘rib chiqish, kelishish va qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil 1 yanvar

Energetika vazirligi (Sultanov), Adliya vazirligi (Davletov)

10.

Tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga ulash ishlarini amalga oshirishning umumiy va soddalashtirilgan («foydalanishga tayyor holda» ishlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xususiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish orqali) imkoniyatlarini yaratgan holda elektr tarmoqlariga ulanish muddatlari va sarf-xarajatlarini optimallashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020 yil 1 yanvar

Energetika vazirligi (Sultanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Adliya vazirligi (Davletov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharipov)


Download 50.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling