Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


IV. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish


Download 50.24 Kb.
bet5/10
Sana05.01.2022
Hajmi50.24 Kb.
#216233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qaror

IV. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish

11.

Internet tarmog‘ida Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi mulkka oid ma’lumotlarni quyidagi ma’lumotlardan birini kiritish orqali qidirish imkoniyatini taqdim etish:

ko‘chmas mulkning kadastr raqami;

mulkdorga tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;

jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari.

Bunda Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlarini Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha to‘liq holda hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishini ta’minlash.



tashkiliy tadbirlar

2019 yil 15 dekabr

«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov)

12.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mulk, uning mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga real vaqt rejimida elektron tarzda yuborish tartibini joriy etish.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi

2019 yil 15 dekabr

Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

Bunda davlat soliq xizmati organlari ham ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarga zarur ma’lumotlarni (STIR, JSh ShIR va h.k.) real vaqt rejimida elektron tarzda yuborilishini belgilash.

tashkiliy tadbirlar

2019 yil 15 dekabr

13.

Toshkent shahri bo‘yicha Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarni kartografik materiallar bilan integratsiya qilish hamda ularni interaktiv ko‘rinishda Internet tarmog‘iga joylashtirish ishlarini yakunlash.

tashkiliy tadbirlar

2020 yil 1 mart

«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li)

14.

«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tarkibida ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, tegishli davlat kadastrlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan mustaqil tashkilotni tuzish masalasini ko‘rib chiqish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2020 yil 1 yanvar

«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi (Abdullayev)

15.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha mustaqil komissiyalarga murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

tashkiliy tadbirlar

2019 yil 1 dekabr

«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi (Abdullayev)

16.

Tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tasdiqlashda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirish talabini bekor qilish.

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020 yil 1 yanvar

Adliya vazirligi (Davletov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev)


Download 50.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling