O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoYeV
Toshkent sh.,
2019 yil 20 noyabr,
PQ-4525-son
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi PQ-4525-son qaroriga
ILOVA
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga doir
«YO’L XARITASI»
T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddatlari
|
Mas’ul organ
|
I. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
|
1.
|
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi axborot tizimlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy yangilanib borishini ta’minlash maqsadida integratsiya qilish.
|
tashkiliy tadbirlar
|
2020 yil 1 fevral
|
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sadikov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev)
|
2.
|
Tadbirkorlik sub’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimiga barcha banklar va ularning filiallarini integratsiya qilish choralarini ko‘rish.
|
tashkiliy tadbirlar
|
2019 yil 1 dekabr
|
Markaziy bank (Nurmuratov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Li), Adliya vazirligi (Davletov)
|
3.
|
Tadbirkorlik sub’ektida muhr mavjudligi haqidagi talab bekor bo‘lganligidan kelib chiqib, idoraviy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish.
|
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2019 yil 1 dekabr
|
Markaziy bank (Nurmuratov), «O’zstandart» agentligi (Sattarov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov), Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), Energetika vazirligi (Sultanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Transport vazirligi (Maxkamov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Adliya vazirligi (Davletov)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |