Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


Rels zanjirlarining ALS rejimi haqida


Download 282 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi282 Kb.
#1721352
1   2   3   4
Bog'liq
6. Rels zanjirlarining ALS rejimi haqida

3. Rels zanjirlarining ALS rejimi haqida

Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi (ALS) poyezdlar harakati xavfsizligini oshirish, temir yo‘l liniyalarining o‘tkazish qobiliyati ko‘payishi va lokomotiv brigadasining mehnat sharoiti yaxshilanishi uchun xizmat qiladi. ALS qurilmalari yo‘l svetoforlarining signalko‘rsatkichlarini mashinist kabinasiga uzatish uchun mo‘ljallangan. ALS tizimini mashinist xushyorligini tekshirish va poyezd tezligini nazorat qilish qurilmalari, shuningdek tezlikni avtomatik boshqarish qurilmalari to‘ldiradi. Avtoto‘xtatgichli ALS belgilangan harakat tezligi oshib ketish holatida yoki mashinist xushyorligini tasdiqlamaganida poyezd to‘xtatilishini ta’minlaydi.


Signal ko‘rsatkichlari lokomotivga poyezd harakatlanayotganda belgilangan joylarda (nuqtaviy) yoki barcha yo‘l davomida uzluksiz tarzda yuborilishi mumkin. Nuqtaviy tizimda mexanik, optik, induktiv va boshqa ma’lumot uzatish usullari ishlatilishi mumkin.
Mamlakatdagi ALS tizimlarida yo‘l va lokomotiv qurilmalari orasidagi induktiv-rezonansli aloqa usuli qo‘llaniladi. Uzluksiz tizimda yo‘l va lokomotiv qurilmalari orasidagi aloqa kanali sifatida rels zanjirlari va rels orasiga qo‘yilgan shleyflar (sirtmoqsimon sim) ishlatiladi. Uzluksiz ALS tizimi peregonda avtoblokirovka va stansiyalarda elektrik markazlashtirish bilan birga qo‘llaniladi.
Temir yo‘lda avtoto‘xtatgich – mashinist xushyorligini tekshirish va poyezd tezligini nazorat etuvchi qurilmalar bilan jihozlangan uzluksiz ALS keng qo‘llaniladi. Hozirgi davrda ko‘p belgili chastotali ALS tizimi ishlab chiqilgan va tadbiq etilayapti. Bu tizimda ruxsat berilgan harakat tezligi haqida ma’lumot mashinistga lokomotiv svetoforining chirog‘i va sonli indikator signali (ALS-EN tizimi) orqali beriladi. Yaqin kelajakda poyezdlar harakati intervalini boshqarish tizimlarida peregondagi poyezdlar orasidagi signallash va aloqaning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadigan ALS qurilmalari qo‘llanila boshlaydi.
O‘tish svetoforlari o‘rnatilishidan voz kechish avtoblokirovka qurilmalarini bir muncha soddalashtiradi va barcha asosiy apparaturani stansiyada joylashga imkon beradi. Avtoto‘xtatgichli uzluksiz avtomatik lokomotivli signalizatsiyaning umumiy sxemasi 4.1–rasmda keltirilgan. Qurilmaning yo‘l qismi sifatida kodli avtoblokirovka jihozlari ishlatiladi, ya’ni: rels liniyasi, kodli yo‘l transmitteri KPT, transmitterli rele T va yo‘l transformatori YT. Bu jihozlar kodli signalni tuzishni va uni yo‘l bo‘ylab lokomotivga uzatilishini ta’minlaydi.



Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling