Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


Rels zanjirlar tasniflanishi


Download 282 Kb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi282 Kb.
#1721352
1   2   3   4
Bog'liq
6. Rels zanjirlarining ALS rejimi haqida

Rels zanjirlar tasniflanishi
Rels zanjiri bu elektr rels zanjiri bo’lib unda ta’minot manbasi yuklanish yo’l qurilmasi mavjud, tokni o’tkazuvchilar sifatida rels iplari ishlatiladi. Rels zanjirlari avtoblokirovka, ALS, strelka va signallarning elektr markazlanishida, dispetcherlik markazlanishda asosiy element sifatida ishlatiladi.
Rels zanjirlari quyidagilarni ta’minlaydi: peregonda va stansiyada uchastkalarni bo’sh yoki bandligini va rels iplarini butunligini nazoratini; harakat tarkibi ostida strelkani o’tkazishga yo’l qo’ymasligini; yo’l qurilmalaridan lokomotivga kod signallar uzatish; o’tish svetoforlari orasida o’zaro bog’liqlikni ya’ni mosligini ta’minlaydi; pereyezdga va stansiyaga poyezdni yaqinlashishini nazorat qiladi va boshqa bir qancha funksiyalarni temir yo’l avtomatika tizimida bajaradi.
Ishlash shartlarini har xilligi va keng imkoniyatlarga ega rels zanjirlaridan RZ foydalanish, o’zimizdagi temir yo’llarda, yaqin va uzoq mamlakatlarning temir yo’llarida turli xildagi rels zanjirlaridan foydalanishga olib keldi.
Hozirda temir yo’lda rels zanjirlarini bir-birlaridan farq qiluvchi ko’plab turlari ishlatilib, ularni quyidagilarga ajratish mumkin:
-ishlash prinsipi va ishlatilish sohasi bo’yicha;
-poyezdning tortqi ko’rinishi;
-tortish tokining borligi va uning kanalizatsiyalanishi;
-ta’minot rejimi;
-yo’l qurilmasi turi bo’yicha.
Rels zanjirlarini ishlatilish sohasi, ularni bajaradigan vazifasi, ularning oraliq darajasi, ekspluatatsiya sharoitlari kabi kompleks talablar asosida tanlanadi, shu asosda Rels zanjirlarining peregon yoki stansiyalar uchun qo’llaniladigan turlari ishlab chiqilgan.

2. Rels zanjirlari parametrlari

AT qurilmalarining eng muhim elementlaridan biri rel’sli elektr zanjiri hisoblanadi, u poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l uchastkalarini o’tkazuvchanligi qobiliyatini yashirish uchuch ishlatiladi. SHuning uchun belgilangan me’yorga muvofiq rel’sli zanjirlardan foydalanish masalalariga eng katta ahamiyat beriladi. Rel’sli zanjirni tekshirish jarayonida tashqi tekshiruv va zarur maxsus o’lchovlar o’tkaziladi.


Rel’sli zanjirning ishonchligi releli va oziqlantiruvchi uchlarning apparaturani optimal elektr va vaqt tavsiflarini aniqlash rel’sli zanjirning birlamchi parametrlarini aniq bilmasdan tanlab bo’lmaydi.
Rel’sli zanjir ishini ifodalovchi kattaliklarga:
-rel’sli iplarning qarshiligi;
-ballastni elektr qarshiligi;
-tutashmalarni o’tuvchi qarshiligi;
-rel’sli zanjirning turli nuqtalarida kuchlanish va tok kattaligi;
O’zgaruvchan tokli rel’sli zanjir uchun – fazali nisbatlar, so’nish koeffitsiyenti va boshqalar kiradi.
Rel’sli zanjirlarning birlamchi parametrlariga quyidagilar kiradi:
-rel’slarning qarshiligi; zejφp = r+jωL
-izolyatsiyani o’tkazuvchanligi: yejφb = q+ jωcb
Rel’slarning qarshiligi deganda, biriktiruvchi nakladkalar va ulovchi tutashmalar bilan rel’sli halqa qarshiligi tushuniladi.Odatda, hisoblashda solishtirma qarshilikdan foydalaniladi, ya’ni rel’sli yo’lning bir kilometrlik qarshiligidan. Bu qarshilik yotqizilgan rel’s turi va ulovchi tutashmalar bilan biriktiruvchi nakladkalar holatiga bog’liq bo’ladi. Rel’s qanchalik og’ir bo’lsa, ya’ni ularning ko’ndalang kesmasi qanchalik katta bo’lsa, shuncha ularni qarshligi kam bo’ladi va rel’sli zanjirning ishlash sharoiti yaxshi bo’ladi. Agar biriktiruvchi nakladkalarni ichki yuzi zangdan ozod bo’lsa va nakladkalarning boltlari yaxshi mahkamalangan bo’lsa, unda rel’slarning qarshiligi kam bo’ladi. O’lchovchi tutashmalarni uzilganda yoki yomon o’rnatilganda va ular ahvolini kuzatilishi yetarli bo’lmaganda, rel’slarning qarshiligi shunday oshadiki, rel’sli elektr zanjirni ishi tuturiqsiz bo’ladi. 50A gacha toklardagi qarshilik deyarli chiziqli, chunki rel’slarning kesmasi katta bo’lgani uchun materialni magnit to’yinishi sodir bo’lmaydi.
Zp ma’lum darajada oziqlantiruvchi tokning chastotasiga bog’liq. CHastota o’sishi bilan rel’slarning qarshiligi moduli Z chastotaga proporsional ravishda o’sadi, uni argumenti esa 500 Gs dan yuqori chastotalarda deyarli o’zgarmaydi.
Ko’p o’lchovlar va hisoblar asosida o’zgarmas tokda rel’s qarshiligi tutashma ulovchilar turiga qarab, 0,1 dan 0,6 Om/km gacha o’zagarishi aniqlangan Rel’sli zanjirlar maxsus izolyatsiyaga ega emas, shuning uchun tokning bir qismi ballast va shpallar orqali tutashadi. Izolyatsiya o’tkazuvchanligi deganda, yeli yo’l ballast va shpallar orqali bir rel’sdan boshqa rel’sga sirqish tokka o’tkazuvchanligi tushuniladi. Rel’sli zanjir murakkab elektr tizimni tashkil etadi, unda elektrodlar sifatida rel’sli iplardan tashkil topgan qismlar hisoblanadi. elektrodlarda elektrokimyoviy jarayonlarni oqish tezligi bilan aniqlanuvchi izolyatsiyaning o’tkazuvchaligi nochiziqli va harorat hamda namlikka bog’liq bo’ladi.
Uning qiymati havoga, hamda ballast va shpallarning sifati va holatiga bog’liq bo’ladi. Kuchli va uzoq davom etgan yomg’irlar natijasida ballastlar suvni shimib olishga ulgurmaydi va shpalalar ho’l bo’ladi, Zb kichik qiymatga ega bo’ladi. Yozda quruq havoda Zb anchagina yuqori ahamiyatga ega. Eng yuqori qiymatga u qattiq sovuqlarda erishadi.
Rel’sli zanjirlarning birlamchi parametrlarini o’lchash birlamchi va ikkilamchi parametrlar orasidagi bog’lanish asosidagi usullari bilan amalga oshiriladi, hamda «Elektr zanjirlar nazariyasi» kursidan ma’lum bo’lgan rel’sli zavnjirlarning boshi va oxiridagi tok va kuchlanishlar orasidagi bog’liqliklar asosida amalga oshiriladi. Rel’sli zanjirlarni boshi va oxirida tok va kuchlanishlarni o’lchash yo’llari bilan.
Rel’sli zanjiralni birlamchi parametrlarini o’lchovlari rel’sli zanjirlar ishlatishga topshirilganda (qabul qilish va topshirishdagi o’lchovlar), hamda rel’sli zanjirlarni tutiriqsiz ishlash sabalarini aniqlash uchun bajariladi (avariyali o’lchovlar).
Rel’sli zanjirlar parametrlarini o’lchashning barcha usullari taxminlarda rel’s va ballastlarni qarshiligi rel’sli zanjir bo’ylab uni uzunligi bo’yicha bir tekisda taqsimlanganligida asoslangan. SHuning uchun rel’sli zanjirlardagi o’lchovlar natijalarini yanada aniqroq olish uchun oldindan uni sozligi tekshiriladi va ishonch hosil qilinadi. Tekshiruv vol’tmetr yordamida har zvenoni uchidagi rel’slar orasidaga kuchlanishlarni o’lchash yo’li bilan amalga oshiriladi. Rel’sli zanjirlarni sozligida asbobning ko’rsatkichlari ravon o’zgaradi, ko’rsatkichlarni keskin o’zgarishi esa, o’sha joyda ballastni yoki rel’s o’lchagichlarni ahvoli qoniqarsizligini ko’rsatadi. Bir vaqtda izolyatsiyalovchi tutashmalarni ahvoli tekshiriladi, chunki ularning qarshiligi kamayishi katta xatolarga keltiradi.
Katta xatolarga daydi toklarni ham kiritish mumkin, uni rel’sli zanjir o’rtasida vol’tmetrlarni ulash orqali aniqlasa bo’ladi, bundan oldin RZni oziqlanishidan o’chirish kerak. Daydi toklar mavjud bo’lgan holatda o’tkazib bo’lmaydi.
Apparatura ulanadigan zanjirlarning o’tuvchi qarshiligi kichkina bo’lishi kerak. Rel’sli zajirni shuntlash zarur bo’lganda 6 mm2 dan kam bo’lmagan kesim bilan misli sim ishlatiladi.
Asboblarni o’qish ,yaxshisi, kabelni tirgovichlarni zajimlari orqali qilish kerak (fazometrlar va vol’tmetrlardan tashqari). Bunday holatda maxsus o’lchov zajimlar ishlatilishi kerak.
Vol’tmetr shunday tanlanishi kerakki, uni ichki qarshiligini 1 V ga 100 Om dan kam bo’lmasligi kerak.

Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling