Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish
Uzluksiz turdagi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi
Download 282 Kb.
|
6. Rels zanjirlarining ALS rejimi haqida
Uzluksiz turdagi avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi.
Uzluksiz turdagi ALS sxemasi: LS – lokomotiv svetofori; LP – tezlik ko‘rsatkichi nazorat lampasi; TK – tezlik ko‘rsatkichi; EPK – elektropnevmatik klapan; AT - avtoto‘xtatgich; HD – xushyorlik dastasi; RS – rele-schetchik; NO – nazorat organi; D – deshifrator; IR – impuls rele; K – kuchaytirgich; F – filtr; TO – tezlik o‘lchagich; MK – maxsus knopka; QQG – qabul qiluvchi g‘altaklar; T – transmitter; КЖ – svetoforning qizil chirog‘I; Ж – svetoforning sariq chirog‘i; З – svetoforning yashil chirog‘i Blok-uchastka poyezd bilan band bo‘lishidan avval, rels zanjiriga uzatiladigan kodli signallar son kodli avtoblokirovka yo‘l svetoforlarining signal ko‘rsatkichlarini boshqarishi uchun qo‘llaniladi. Blok-uchastkaga poyezd kirishi bilanoq bu signallar ALS tizimida ishlatiladi. Qurilmaning lokomotivdagi qismiga qabul qiluvchi g‘altaklar QQG, filtr F, kuchaytirgich bloki K, impulsli rele IR, deshifrator bloki D, nazorat organi NO, tezlik o‘lchagich TO, lokomotiv svetofori LS, xushyorlik dastasi HD va hushtakli elektropnevmatik klapan EPK kiradi. Deshifrator sxemasi xalaqit hamda ALS ning o’zgaruvchan kodli toklaridan himoyalangan bo’lib, shu bilan birga sxemadagi elementlarning nosozligida П yo’l relening yakori tushishini ta’minlaydi. Agar И rele chulg’amidan uzluksiz tok oqib tursa yoki uni yakori nosozlik sababli bir holatda qolib ketsa, unda impulsli rejim buzilganligi sababli П relesi, С1 bilan С2 kondensatorlari zaryadsizlanganidan keyin yakorni qo’yib yuboradi. 6.2 - rasm. O’zgarmas tokli impulsli relsli zanjirning sxemasi ALS qurilmalari bilan jihozlangan impulsli rels zanjirili avtoblokirovkada izolyatsiyalovchi tutashmalarining qisqa tutashuvligida И relesiga yondosh relsli zanjirdan 50 Gs li ALS ning o’zgaruvchan kodli toki berilishi mumkin (rasmda ko’rsatilmagan). Rele И tezkor bo’lgani uchun, uni yakori 50 Gs chastota bilan ishlaydi va shunda С1 bilan С2 kondensatorlari zaryadlanib, П yo’l relesi qo’zg’alishi mumkin. Bu esa blok-uchastka poyezd bilan bandligiga qaramay, o’tish svetoforida ruxsat beruvchi chiroq yonishiga olib kelishi mumkin. Bunday xavfli vaziyatni bartaraf etish uchun, С1 kondensatorning zaryadsizlanish zanjiriga, И rele 50 Gs chastota bilan ishlaganligida katta reaktiv qarshilik ko’rsatadigan cheklovchi drossel L kiritilgan. Drossel, П relening chulg’amidagi kuchlanishni, yakor tortish kuchlanishidan kichikligini ta’minlaydi. Drossel chulg’amidagi uzilish С1 kondensatorni П yo’l rele chulg’amiga zaryadsizlanish zanjirini uzilishiga va natijada П relening toksizlanishiga olib keladi. Drossel chulg’amidagi qisqa tutashuv, elektr manba qisqa tutashuviga, so’ngra saqlagich (predoxranitel) qo’yganidan keyin, П releni o’chishiga olib keladi. Deshifrator sxemasi qolgan elementlarining nosozliklarida ham П yo’l relesini soxta qo’zg’alishdan saqlaydi. Impulsli o’zgarmas tokli relsli zanjiri yuqori shuntli sezgirlikka ega va uni ishonchli ishi, ballast qarshiligi 1 Om·km dan kam bo’lmaganida, 2600 m uzunligida ham kafolatlanadi. Bundan tashqari, impulsli ta’minot И yo’l relesining rels ipi uzilishi va sinishiga bo’lgan sezuvchanlik hususyatini oshiradi. Impulsli yo’l releni izolyatsiya tutashmalarining nosozligidan himoyalash maqsadida, yondosh rels zanjirlarida ta’minot manbaining qutblar almashinuvi bajariladi, rele yakorining tortilishi esa bir tomonga (chap yoki o’nga) ustunlik bilan rostlanadi. Bunday holda rele faqat o’zini relcli zanjiridan kelayotgan hamda qutbligi mos bo’lgan impulslardan ishlaydi. Agar izolyatsiyalovchi tutashmalarning qisqa tutashuvi ro’y bersa, rele yondosh bo’lgan relsli zanjirning ta’minot manbaidan ishlamaydi. Elektr tortqili uchastkalardagi rels zanjirlari. Elektr tortqili uchastkalarda temir yo’lning rels iplari qayta tortqi tokni tortish nimstansiyaga o’tkazish uchun xizmat qiladilar. Shuning uchun rels zanjirlari orqali, ular izolyatsiyalovchi tutashmalar bilan ajratilishga qaramay, qayta tortqi tok o’tishning uzluksizligini ta’minlash lozim. Shu maqsadda ikki va bir ipli rels zanjirlaridan foydalaniladi. Hozirgi davrda peregonlarda ko’proq ikki ipli rels zanjirlari qo’llanadi. Bu rels zanjirlarida torqi tok drossel-transformatorlar yordamida izolyatsiyalovchi tutashmalarni aylanib o’tib, uzluksiz ikkala rels iplaridan o’tkaziladi. Elektrtortqili uchastkalardagi rels zanjirlarining me’yoriy hamda ishonchli ishini ta’minlash uchun signal tokining chastotasi va turi tortqi toki chastotasi va turidan farqlanishi lozim. Shu bois, o’zgarmas tokli elektr tortqili uchastkalarda rels zanjirlari 50 Gs chastotali, o’zgaruvchan tokli elektr tortqili uchastkada esa, 25 Gs chastotali o’zgaruvchan tok bilan oziqlanadilar. Elektrlashtirilgan uchastkalardagi rels zanjirlarida ИМВШ turdagi impulsli yo’l relesi ishlatiladi. Tortqi tokning garmonikalari ta’sir etmasligi uchun bunday rels zanjirlarining ta’minoti kodli qilib bajariladi va bundan tashqari, releni xalaqitlardan himoyalash maqsadida elektr filtrlar o’rnatiladi. Filtr signal tokning chastotasiga sozlangan bo’lib, tortqi tokning garmonikalarini tutib qoladi. 25 Gs o’zgaruvchan tokdagi kodli Rels zanjirlari 50 Gs chastotali elektr tortqili peregonlarda qo’llanadi. Bu kodli rels zanjirli blok-uchastka holatini nazorat etish, yo’l o’tish svetoforlaridagi ko’rsatkichlarning o’zaro simsiz bog’lanishini ta’minlash hamda lokomotiv qurilmalariga ALS kodlarini uzatishga xizmat qiladi. Relsli zanjirni 25 Gs chastotali o’zgaruvchan tok bilan ta’minlash uchun ПЧ 50/25 turdagi statik chastota o’zgartirgichidan foydalanishadi (1.2-rasm). 1.2- rasm. 25 Gs chastotali kodli rels zanjirining sxemasi O’zgartirgich chiqishidan 25 Gs chastotali signal toki, kodli rejimida ishlayotgan transmitterli T rele kontakti, chegaralovchi R0 rezistori, ПРТ-A turdagi yo’l transformator va ДТ-1-150 drossel-transformator orqali relsga uzatiladi. Releli uchidagi kod impulslari ДТ-1-150 drossel-transformator va o’zgaruvchan tortqi tokning garmonikalarini tutib qolib, 25 Gs chastotali signal tokini o’tkazib yuboradigan ФP-25 filtr orqali impulsli И yo’l relesi bilan qabul qilinadilar. Agar blok-uchastka relsli zanjir bo’sh va soz bo’lsa, impulsli rele impulsli rejimda ishlaydi. Oziqlantiruvchi va releli uchlaridagi ПРТ-A turdagi transformatorlar relsli zanjirning apparaturasini drossel-transformatorlari bilan muvofiqlashtiradilar. Bundan tashqari ushbu transformatorlar АВМ-1 avtomat uzgichlari bilan birga apparatura va xizmat ko’rsatadigan xodimlarni yuqori kuchlanishlaridan himoyalaydilar. Apparatura va xodimlarni impulsli yuqori kuchlanishlardan (masalan, momaqaldiroq chaqmoqligida vujudga keladigan) himoyalash uchun РВНШ-250 turdagi R zaryadsizlagichlar ishlatiladi. 25 Gs li kodli relsli zanjirning chegaraviy uzunligi 2500 m tashkil etadi. Rels zanjiri ПЧ50/25 o’zgartirgichning chiqishidagi kuchlanishini o’zgartirish yo’li bilan rostlanadi. Download 282 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling