Toshkent Davlat Transport universiteti mustaqil ish


Download 48.31 Kb.
Sana30.11.2020
Hajmi48.31 Kb.
#155911
Bog'liq
Shamsiddinov Sadriddin mustaqil ish

Toshkent Davlat Transport universiteti

MUSTAQIL ISH

Bajardi: Shamsiddinov Sadriddin 171-18 guruh

Ochiq usulda tonnellar qurish

Reja.

1.Tonnellarni togʻ usulida barpo etish.

2.Tonnellarni qattiq va yumshoq gruntlarda qurish usullari.

3.Tonnellarni qalqon usulida barpo etish.

4. Gruntni kovlash usullari.

5. Xulosa.

6. Foydalanilgan adabiyotlar.


Tiralgan gumbaz usuli. Bu usulda, birinchi navbatda, obdelkaning

yuqori qismi-gumbazi (13.1,a-rasm) insho etiladi va kalotta pastidagi

barcha ishlar uning himoyasi ostida bajariladi.

Bu usulning bir nechta variantlari bo‘lishi mumkin. Ularning ba’zilari

oddiy yog‘och bilan mustahkamlashni qo‘llashga asoslangan. Bu hollarda

ustki va ostki shtolnyalar (qisqa tonnellarda faqat ustki shtolnya)

kavlanadi va ularning asosida kalotta ochiladi

. Zamonaviy variantda

vaqtinchalik mustahkamlash elementlari sifatida po‘lat yoylar ishlatiladi.

Bunda ustki shtolnyaga extiyoj yo‘qoladi, ostki shtolnya esa faqat ikki izli

temir yo‘l yoki ko‘ndalang kesimi katta bo‘lgan tonnellarni kavlashda

kalottadagi gruntni olib chiqish va ularni furnel orqali pastga

yo‘naltirishda kerak bo‘ladi.

Egiluvchan obolochkali yadro usuli (avstriya yangi usuli) tonnellarni

qoyali gruntlarda qurish uchun qo‘llaniladi (13.1,v-rasm). Bu usul silliq

portlatish, devorlarga beton sachratish, ankerlab mustahkamlash,

qurilishidan oldin sachratilgan betonli obdelkaning ichki yuzasiga

gidroizolyatsiya membranasi mahkamlangan doimiy obdelkani qurish

ishlarini bir-biriga qo‘shilishidan kelib chiqadi.

Qalinligi 15...20sm bo‘lgan sachratiladigan beton (II) ankerlarga

mahkamlangan armatura setkasiga sachratiladi. Bu obolochka armaturali

po‘lat yoylar yoki prokat bilan kuchlantirilishi mumkin

Qattiq gruntlarda ishlarni olib borish usullari yumshoq gruntlardagiga

qaraganda soddaligi bilan ajralib turadi va bu yerda kavlash elementlari

yiriklashtiriladi.

Qattiq gruntli tonnellarni kavlash amaliyotida boshqalariga nisbatan

ko‘proq ostki tokcha usuli qo‘llaniladi. Bunda ungurning

ustki qismi (1) ostki qismi (2) ga nisbatan biroz ilgariroq kavlanadi.

Tokchaning borligi zaboyda ish ko’lamini kengaytiradi, chunki bunda ustki

va ostki gorizontlarda ishlarni bir paytda havozalarsiz olib borish

imkoniyati tug‘iladi.

Tonnellar qattiq gruntlarda qurilganda vaqtinchalik mustahkamlash

elementlarini darhol o‘rnatishga extiyoj yo‘qoladi. Bu holda

mustahkamlash elementlarining vazifasi faqat mayda o‘pirilishlarning

oldini olish va tomdan gruntning kichik bo‘laklarini tushishidan

saqlashdir. Qoya gruntli ungurni mustahkamlash uchun tom qismida po‘lat

setka mahkamlanadigan ankerlar keng qo‘llaniladi.

Qattiq gruntlarda ishlarni olib borish usullari yumshoq gruntlardagiga

qaraganda soddaligi bilan ajralib turadi va bu yerda kavlash elementlari

yiriklashtiriladi

Yumshoq gruntlarda qurilayotgan obdelka ungurni kavlash jarayoniga

parallel ravishda, lekin biroz kechiktirib quriladi. Betonni opalubkaga

solishdan biroz oldin vaqtinchalik mustahkamlash elementlarining ba’zilari

olib tashlanadi. Ammo bunda mustahkamlash elementlarining qolgan

qismi va ochilgan grunt ko‘p vaqtga bo‘lmasa ham muvozanatda bo‘lishi

kerak bo‘ladi.

Tonnel qattiq gruntlarda qurilganda ungurda besunaqay katta

vaqtinchalik mustahkamlash elementlari bo‘lmaydi, obdelka bir vaqtda tovvondan qulfgacha quriladi

Kavlash qalqoni-himoyasi ostida grunt kavlanadigan va obdelka

yig‘iladigan qo‘zg‘aluvchan mustahkam po‘lat konstruksiyadir. Qalqon

usulida kavlash kuchsiz, turg‘un bo‘lmagan gruntlarda-balchiq, suyuq loy,

turli namlikdagi qumlar, qumli tuproq, loyli tuproq va tuproqlarda

qo‘llaniladi.

Qalqonning ichki bo‘shlig‘i tayanch va pichoq chambaraklari

chegarasida vertikal va gorizontal to‘siqlar bilan ishchi yacheykalarga

ajratilgan. Zaboyda ishlashni osonlashtirish uchun domkratlar orqali

qo‘zg‘atiladigan chiquvchi platformalar qurilgan

Qalqonning pichoq qismi grunt kavlanayotganda zaboy oldidagi

bo‘shliqni to‘sib qo‘yganligi va qalqon domkratlar bosimi ostida ungurning

chetlarida qolib ketgan grunt tokchalarini kesib kirganligi sababli undan

kavlash jihozi sifatida foydalanish ham mumkin bo‘ladi.

Tayanch chambaragi qalqonning asosiy ko‘tarib turuvchi

konstruksiyasi hisoblanadi. Tayanch chambaragida inventar havozalarning

rolini o‘ynaydigan to‘siqlar mavjuddir, shuningdek unga qalqon harakatini

boshqarish organlari va mexanizmlari ham o‘rnatiladi.

Tog‘ usulida qurilayotgan tonnel ungurlarida gruntni kavlash ishlari asosan burg‘ilash-portlatish usuli bilan olib boriladi. Bu maqsad uchun

kamroq darajada pnevmatik otboyka bolg‘asi ishlatiladi. Odatda,

burg‘ilash-portlatish ishlaridan so‘ng ungur konturi bu bolg‘a bilan tekislanadi.

Pnevmatik burg‘ilash mashinalari burg‘ilashni qo‘lda, kolonkadan yoki maxsus telejka-ramadan turib bajarishga mo‘ljallangandir. Qo‘l perforatorlari yengil (20 kg gacha), o‘rta (25 kg gacha) va og‘ir (35 kg

gacha) turlariga bo‘linadi. Kolonka perforatorlari va ramaga o‘rnatiladigan perforatorlar 45...75 kg massaga ega bo‘ladi.

Gruntlarni portlatish uchun turli PM qo‘llaniladi. Tonnel qurilishi amaliyotida eng ko‘p tarqalgani ammiak selitrasidan (85...88%), nitroqo‘shimchalar va yengil o‘t oladigan organik moddalar qo‘shib

tayyorlanadigan ammonitlardir. Ammonitlar xavfsizligi va nisbatan

qimmat emasligi bilan ajralib turadi. Odatda PM patronlangan ko‘rinishda

qo‘llaniladi.Har bir shpurda PM zaryadini portlatish odatda kapsula-detonator, ayrim hollarda esa detonator-shnur yordamida amalga oshiriladi. Kapsulalar shpurga qo‘yiladigan patronlarning biriga (odatda oxirgisiga)

bog‘lanadi. Shpur jangovor patron bilan zaryadlanganda alohida ehtiyot

choralarini ko‘rish kerak bo‘ladi.

Elektrodetonatorlarning oniy va kechiktirib portlatadigan turlari mavjuddir. PM ni kechiktirib portlatishga qizish simi va PM zaryadi orasiga o‘tni ma’lum bir vaqtdan keyin uzatadigan kapsuladagi poroxli ustunni joylashtirish orqali erishiladi. Kechiktirib portlatadigan elektrodetonatorlar portlashni sekundning

o‘ndan bir qismlaridan bir necha sekundgacha kechiktiradi. Shpurlar guruhlarining ketma-ket portlashi katta samara beradi va ayni paytda tog‘

massiviga seysmikaning ta’siri kamroq bo‘ladi. Kechiktirib portlamaydigan yoki portlashi kam kechiktiriladigan zaryadlar keyingi

zaryadlar uchun qo‘shimcha ochilgan yuzalar xosil qiladi


Xulosa

  • Xulosa
  • Ochiq usulda qurilayotgan tunellar bizni turmush tarzimizga juda muhim hisoblanadi.Tunnellarni qurishda texnikalarni oʻrni juda ahamiyatga ega . Tunnellarni ochiq usullarda barpo etishda juda koʻp qurilish materiallari sarfladi va texnikalar ish olib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Salixanov S.S., Raupov Ch.S. Transport inshootlarini loyihalash va
  • qurish. 3-qism. Temir yollardagi metall ko’priklar. O`quv qo’llanma. –
  • Toshkent, TashIIT, 2016. – 168 b.
  • 11. Salixanov S.S., Raupov Ch.S. Transport inshootlarini loyihalash va
  • qurish. 1-qism. Temir yollardagi tonnellar va quvurlar. O`quv qo’llanma.
  • – Toshkent, TashIIT, 2014. – 137 b.
  • 12. Salixanov S.S., Raupov Ch.S. Transport inshootlarini loyihalash va
  • qurish. 2-qism. Temir yollardagi temirbeton ko’priklar. O`quv qo’llanma.
  • – Toshkent, ToshTYMI, 2015. – 160 b

Download 48.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling