II - Prezident I.A.Karimov o‟z nutqlarida "Tariximizga kirib kelayotgan buyuk marra munosabati bilan o‟tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatiz qiyofasi qanday o‟zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‟naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‟lida qanday sur'atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‟ilmoqda"2, - deb ta'kidlab o‟tgan. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot tizimini takomillashtirish va bu sohada davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy - ma'muriy islohotlar ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat va notijorat ijtimoiy jamg‟armalar tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |