Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana28.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1730394
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

4. IJTIMOIY HARAKAT 
«Sotsial harakat» kategoriyasi nazariy sotsiologiyaning muhim va 
asosiy tushunchalaridan biridir. Hech bir ijtimoiy tizim harakatsiz mavjud 
bo‗la olmaydi. Jamiyat hayotida yuz beradigan o‗zgarish, ya'ni ijtimoiy 
harakat umuman harakat turlarining ichidagi eng murakkabidir. Chunki 
bunda nafaqat ob'ektiv ijtimoiy qonuniyatlar, balki sub'ektiv, ya'ni 
insonlarga bog‗liq omillar ham mavjud bo‗ladi. Shu jihatdan olganda 
ijtimoiy harakatning o‗zi ham tizim xususiyatiga ega bo‗ladi. Uni 
to‗laligicha o‗rganish ijtimoiy harakatning turli tomonlari ijtimoiy-ruhiy
strukturali-funksional, qadriy-normativ jihatlarini tadqiq etishni, ijtimoiy 
harakatni o‗rganishga kompleks yondashuvini talab qiladi.
Ijtimoiy harakatning falsafiy 
tushunchasiga 
nisbatan 
uning 
sotsiologik tushunchasi o‗rtasidagi farqni ajrata bilish zarur. Ma'lumki, 
falsafada ijtimoiy harakat keng ma'noda, ijtimoiy faoliyat sifatida 
tushuniladi. Sotsiologiyada ijtimoiy harakat tushunchasi ijtimoiy 
faoliyatning eng oddiy birligi sifatida talqin qilinadi. Bunda ijtimoiy 
individning hayotiy muammolarni va ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan va 
boshqa kishilarning javob xatti-harakatlari nisbatan ongli ravishda 
yo‘naltirilgan harakati tushuniladi. 
Ijtimoiy harakat ijtimoiyligining asosiy belgisi - individning kishilar 
xatti-harakatidagi ijtimoiy yo‗nalishlarni sub'ektiv anglashidir. 
Sub'ektning xatti-harakatiga nisbatan o‗zaro munosabatlarning 
boshqa qatnashchilarining javobini «kutish» tushunchasida ifodalanadi. 
Bunday «kutish»ni o‗z ichiga olmagan, harakat sotsial harakat 
hisoblanmaydi (masalan, behosdan qilinadigan harakatlar). Bir so‗z bilan 
aytganda, ijtimoiy harakat — bu moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish 
jarayonida amalga oshiriladigan va shu orqali yangi ijtimoiy aloqalar, 
munosabatlar, institutlar yaratishga olib keluvchi harakatidir. 
Ijtimoiy 
harakat 
tushunchasini 
ishlab 
chiqishga 
g‗arb 
sotsiologiyasida katta e'tibor berilgan. Ijtimoiy harakat nazariyasi 
kishilarning jamiyatdagi o‗zaro aloqalari va munosabatlari majmuini 
izohlash imkonini beradigan maxsus ijtimoiy omilni qidirishdan 
boshlangan. «Ijtimoiy harakat» tushunchasini izohlash uchun dastlabki 
bosqich sifatida harakatning ideal holatini olib ko‗rish zarur. Bu holda 
harakat maqsadi va harakat qiluvchining maqsadi bir-biridan ajratilmaydi. 
Buni maqsadli-ratsional harakat tushunchasi bilan izohlash mumkin. 
Boshqacha qilib aytganda, «maqsadli ratsional harakat» tushunchasi 
individlarning ijtimoiy harakatlarini o‗rganish metodi sifatida qaraladi. Bu 


67 
tushuncha orqali jamiyatni o‗rganishda xalq, jamiyat, davlat, iqtisod va 
boshqa tushunchalar mohiyati ochib beriladi. Individning o‗zi esa 
qandaydir ijtimoiy organizmning hujayrasi sifatida qaralmaydi. Harakatni 
uning mazmunidan, onglilikdan mahrum etib bo‗lmaydi. Ijtimoiy 
harakatning zamonaviy sotsiologik modeliga ko‗ra onglilik bunday 
harakatning zaruriy sharti hisoblanadi Umumiy bir yaxlitlik emas, balki 
alohida individga tayanish talab etiladi. Biz individ xatti-harakatini 
tushunamiz, lekin hujayraning xatti-harakatini tushunmaymiz. Shu kabi 
xalqning harakatini tushunmaymiz, lekin xalqni tashkil qiluvchi 
individlarning xatti-harakatini tushunamiz. Sotsiologiyaning vazifasi-
harakat turlarini tushunarli harakat ko‗rinishiga keltirish, yakka 
individlarning harakatini o‗rganish. Individual maqsadli-ratsional harakat 
ideal tip sifatida inson harakatiga onglilik ruhini beradi. Sotsiologiya 
ijtimoiy harakatni tushunishga, uning sabablarini va oqibatlarini ham 
izohlashga urinadi, bunda u alohida individ yoki individlar guruhining 
xatti-harakatini o‗z tadqiqotlarida boshlangich atom sifatida oladi. 
Sotsiologiya ma'lum bir mazmunga ega bo‗lgan harakatgina qiziqtiradi. 
Ijtimoiy harakatni o‗rganayotganda biz nimaga asosiy e'tiborni 
qaratishimiz harakat ma'nosigami yoki harakat qiluvchigami? Masalan, 
bozorda bir odam biror narsa xarid qilayotganini ko‗rsak biz uni o‗zi uchun 
olayapti, sovg‗a uchun olayapti, kimningdir iltimosini bajaryapti va shu 
kabi ko‗plab xulosalar chiqarishimiz mumkin. Shunday tarzda fikrlashdan 
ko‗rinib turibdiki, harakat ma'nosini tushunishga intilyapmiz, lekin buning 
yordamida harakat qilayotgan individni ham tushunsa bo‗ladi. Agar 
sotsiologiya individning o‗zini tushunishga ko‗p e'tibor berganda, ko‗p 
qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo‗lardi. 
Chunki individ uchun har qanday harakat nimaningdir belgisi sifatida 
namoyon bo‗ladi. Aslida esa butunlay teskarisi bo‗lishi mumkin. Bu haqda 
ko‗pgina hollarda individ tasavvurga ega bo‗lmaydi, bo‗lganda ham 
yashirishga harakat qiladi, ko‗proq harakat ma'nosi qiziqishiga molikdir. 
Hozirda sotsiologiya fanida ijtimoiy harakatning to‗rt xili ajratib 
ko‗rsatiladi, bular: maqsadli-oqilona, qadriyatli-oqilona, affektiv va 
an'anaviy.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling