Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/35
Sana28.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1730394
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

Maqsadli-oqilona harakat — sub'ekt tomonidan o‗z maqsadini aniq 
anglaganligini, oqilona vositalar tanlaganini taqozo etadi. Ammo, konkret 
inson harakati maqsadli-oqilona harakatga qisman yaqinlashishi mumkin, 
lekin aynan mos kelmaydi. Maqsadli-oqilona harakat o‗ziga xos harakat 
modeli rolini o‘ynaydi, uning yordamida harakatlardagi chetga og‗ishlarni 
aniqlash mumkin. Bu esa harakat qilayotgan sub'ektning haqiqiy 


68 
motivlarini tushunish imkonini beradi.  
Qadriyatli-oqilona harakat - etik, estetik, diniy va boshqa ma'lum 
xatti-harakat qadriyatlariga bo‗lgan ishonchga asoslangan ijtimoiy 
harakatdir. Qadriyatli-oqilona harakat doimo ma'lum bir bajarilishi burch 
hisoblangan talablarga bo‗ysunadi. Ma'lum bir qadriyatni anglash bilan 
bog‗liq bo‗lgan bu harakat o‗zining ma'lum bir tartibliligi tufayli rejali
oqilona xususiyatga ega bo‗ladi. Qadriyatli-ratsional harakatda odam 
.tashqi dunyodagina emas, balki o‗zining sub'ektiv qadriyatlariga ham mos 
ravishda vosityalar tanlaydi, bu qadriyatlar harakatni tezlashtirishi va 
aksincha, susaytirib qo‗yishi mumkin. 
Affektiv harakat tipi - affektiv harakat tipini sub'ektning ma'lum bir 
emotsional 
holati, 
ma'lum 
affektlar 
va 
his-tuyg‗ular 
bilan 
xarakterlanadigan harakatni ifodalaydi. Bularga sevgi, nafrat, qo‗rquv, 
mardlik, quvonch va boshqalarni kiritish mumkin. Bu harakat ijtimoiy 
mohiyatga ega emas. Affektiv harakatda tashqi bir maqsadlarga intilish 
bo‗lmaydi, balki his-tuyg‗ular tomonidan oldindan mazmun jihatdan 
belgilab qo‗yilgan bo‗ladi. Bunday harakatda eng muhimi-individni 
qamrab olgan his-tuyg‗uni, xohishni zudlik bilan qondirishga bo‗lgan 
intilishdir. Bunday harakat inson harakatining chegarasida turadi. Bu 
chegaradan chiqqan harakat ijobiy harakat xususiyatini yo‗qotadi. Affektiv 
harakat o‗tkinchi xususiyatga egadir. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling