Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo
Monitoring tadqiqotlarni holati va ishlatganlik darajasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy sotsiologiya
2. Monitoring tadqiqotlarni holati va ishlatganlik darajasi
167 Voqealarni rivojlanish munosabati doimiy nazoratda va ob'etni zarur parametlari o‗zgartirilganda, katta axborot jadvali to‗planganda katta monitoring turiga ko‗ra ilmiy tadqiqotlarga talab yuzaga keladi. Bunday monitoring tizimlarga avval meteorologiya va seysmologiyada duch kelindi. Hozirgi vaqtda bunday tizimlar statistika, bank ishi, birja, kosmonavtika, mudofaa, ishlab chiqarishda keng ko‗lamda qo‗llanilmoqda. Sotsiologiyada monitoring tadqiqotlar uslubiyoti va amaliyoti ekologiyadan o‗tdi. Dinamikaning monitoring tadqiqotlarida va ekologik holatlarda sifat va miqdoriy ko‗rsatkichlar ustida kuzatishlar olib borildi. Bunday tizimlarni barcha komponentlari haqida ma'lumotlar jamlamasi yaratildi. Bizning respublikamizda bunday tadqiqotlar Orolbo‗yi mintaqasidagi ekologik muammolar munosabati bilan 90 – yillarni boshlarida katta ko‗lamda olib borildi. Katta hajmdagi ma'lumotlar jamlanmasi yig‗ildi. Sotsiologik tadqiqotlar Markazi ham 1989 – 92 yillarda Orolbo‗yi ekologik tangligi oqibatlarini o‗rganishda qatnashdi. Monitoring yaratishdagi ishlar qo‗llanilmagan bo‗lsada, monitoring o‗lchovlar yaratish g‗oyalari aynan fundamental sotsiologik tadqiqotlar olib borilayotganda paydo bo‗ldi. Sotsiologik tadqiqotlarga monitoring turi bo‗yicha jamoat fikrini dinamik o‗rganish ham kirdi. Monitoring qo‗llovchi Gellap Instituti hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasida ham asosan monitoring turi qo‗llanilmoqda. Rossiyada sotsiologik tadqiqoilarni koordinatsion markazi akad. T.I. Zaslaveskaya boshchiligidagi Rossiya Sotsiologiya Markazi sanaladi. 1994 yildan beri Moskvada turli ijtimoiy muammolar bo‗yicha natijalar e'lon qilinuvchi «monitoring axborot byulleten»ni nashr qilib kelinmoqda. Ba'zi rivojlangan davlatlarda va MDH da ta'lim sohalarida monitoringni yaratish va qo‗llash bo‗yicha qiziq natijalar olindi. Bizning mamlakatimizda ham mustaqil bo‗lganimizdan so‗ng sotsiologik monitoring yaratish bo‗yicha ishlar boshlab yuborildi. Xususan ToshDU sotsiologik markazi va Oliy ta'lim vaxirligi tomonidan Oliy ta'lim monitoringini uslubiy asosini yaratish yo‗lida ishlar olib borildi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling