Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Agressiya
(lotincha agressio , inglizcha aggression so z- laridan olingan) umum e tirof etilgan prinsiplar va xalqaro huquq nor- malariga binoan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. 1974-yil 14-dekabrda bo lib o tgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida qabul qilingan qarorda agressiya atamasi davlat to- monidan qurolli kuchlarni boshqa davlatning suverenitetiga, hudu- diy daxlsizligiga yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustaviga xilof tarzda qo llash deb ta riflanadi 1 . BMT Bosh Assambleyasi 1974-yil 14-dekabrda qabul qilin- gan Agressiya tushunchasi to risidagi Rezolyutsiyaning 3-mod- dasida sanab ko rsatish (ro yxat usuli) bilan ta riflanadigan ag- ressiya tushunchasi mavjud. Zikr etilgan harakatlar, urush e lon qilingan-qilinmaganidan qat i nazar, 2-moddani inobatga olib, uning qoidalariga mutanosib ravishda agressiya harakati deb baholanadi. 1. Davlat qurolli kuchlarining boshqa davlat hududiga bos- tirib kirishi yoki qancha muddatga cho zilganligidan qat i nazar, har qanday bosib olish, mazkur bosqinchilik oqibati sifatida yoki boshqa davlatga uning biror-bir hududiga qarshi kuch ishlatish bilan sodir etilgan har qanday harakat. 2. Davlat qurolli kuchlarining boshqa davlat hududini bom- ba bilan portlatishi yoki davlatning har qanday qurolni boshqa davlatlarga qarshi ishlatilishi. 3. Davlat portlari yoki qirg oqlarining boshqa davlat qurolli kuchlari tomonidan to sib qo yilishi. 4. Davlat qurolli kuchlarining boshqa davlatga tegishli quruq- likdagi, suvdagi, havodagi kuchlariga yoki havo flotiga bostirib kirishi. 1 Mazkur rezolyutsiya rasmiy ravishda nashr qilinmagan. Bu borada qarang: M.H. Rustamboyev. O zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. III tom. Shaxsga qarshi jinoyatlar. Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar. Darslik. T.: ILM-ZIYO, 2011. 234 237-betlar. 43 5. Boshqa davlat hududidagi bir davlatning qurolli kuchla- rini mazkur davlat bilan tuzilgan bitim shartlarini buzib qo llash yoki har qanday shakldagi mazkur qurolli kuchlarning bitimi harakati to xtatilishidan so ng ham ushbu davlat hududida saq- lashining davom etishi. 6. Davlatning boshqa davlat ixtiyoriga topshirib qo yilgan hududida mazkur davlat tomonidan boshqa uchinchi davlatga agressiya sodir etishga yo l qo ygan harakatlari. 7. Davlat yoki uning nomidan qurolli kuchlarni, guruhlarni va nomuntazam kuchlar yoki yollanganlarni yuborish (mazkur kuchlar boshqa davlatga qarshi qurol ishlatgan holatlarda, bashar- ti bu holat jiddiy tus olib, yuqorida qayd etilgan harakatlar teng kelsa yoki unda anchagina ishtiroki bo lsa) 1 . Biroq, obyektiv jihatdan urushni rejalashtirish yoki unga tay- yorgarlik ko rish yoxud Agressiya to risidagi qarorning 3-mod- dasida sanab o tilgan biror harakatni sodir etish uchun fitnada qatnashishning o zi tamomlangan jinoyat tarkibini vujudga kel- tiradi. zbekiston Respublikasi JKning 151-moddasida agressiya jinoyati uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo lib, unga ko ra, agressiya , ya ni bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik ko rish, shuningdek, shu harakatlarni amalga oshi- rishga qaratilgan fitnada qatnashish o n yildan o n besh yil- gacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling