Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
II.
Harbiy jinoyatlar. Nyurnberg tribunali Nizomining 6-moddasida ko rsatilgan xalqaro jinoyatlarning ikkinchi guruhi harbiy jinoyatlardir. Harbiy jinoyatlarga quyidagilar kiradi: a) istilo etilgan hududlar aholisini o ldirish, qiynoqqa solish yoki majburiy mehnat uchun haydab ketish; b) harbiy asirlarni o ldirish yoki qiynoqqa solish; d) garovdagilarni o ldirish; 1 Bu borada qarang: M.H. Rustamboyev. Jinoyat huquqi. Maxsus qism. Oliy o quv yurtlari uchun darslik. T.: O qituvchi, 2003. 177 179-betlar. 44 e) jamoat mulki va xususiy mulkni talon-taroj etish; f) harbiy zarurat talab etmagan hollarda shaharlar va qish- loqlarni maqsadsiz ravishda yakson qilish, xonavayron etish va boshqa shu kabi xatti-harakatlarni sodir etish. Sobiq Yugoslaviya uchun tribunal Nizomida ushbu ro yxat quyidagilar hisobiga yanada to ldirildi va aniqlashtirildi: a) biologik sinovlar; b) harbiy yoki fuqaro shaxsni dushman tomonning qurolli kuchlarida xizmat qilishga majburlash; d) fuqarolarni garovga olish; e) harbiy asir yoki fuqaroni odil sudlov huquqidan mahrum etish. Harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarning ro yxati 1949-yilgi Urush qurbonlari himoyasi to risidagi Jeneva Kon- vensiyasi va 1977-yilgi ularga qo shimcha Protokollarda 1 , shu- ningdek, xalqaro qonunchilik, jumladan 1907-yildagi Quruqlik- dagi jang odat va qonunlari to risidagi Gaaga Konvensiyasi 2 , 1949-yildagi Aholi, fuqarolarni urush vaqtida himoya qilish to risidagi Jeneva Konvensiyasi 3 , 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Harbiy asirlar bilan muomala qilish to risidagi 4 , Hara- katdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qisma- tini yaxshilash to risidagi 5 , Dengiz qurolli kuchlari tarkibiga 1 Ushbu hujjatlarga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Kenga- shining 1993-yil 3-sentabrdagi 946 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 346-modda. 2 Quruqlikda jang odat va qonunlari to risidagi Konvensiya (Gaaga, 1907-yil 18-ok- tabr, shuningdek, Quruqlikdagi jangning qonun va odatlari to risidagi Nizom (Quruqlikdagi jangning odat va qonunlari to risidagi Konvensiyaga ilova.) 3 Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Kenga- shining 1993-yil 3-sentabrdagi 946 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan. O zbe- kiston Respublikasi uchun 1994-yil 8-apreldan kuchga kirgan. 4 O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Kenga- shining 1993-yil 3-sentabrdagi 946 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 346-modda. 5 O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Kenga- shining 1993-yil 3-sentabrdagi 946 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 346-modda. 45 mansub yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxs- larning qismatini yaxshilash to risidagi Jeneva Konvensiya- lari 1 bilan sezilarli to ldirildi va ular jiddiy huquqbuzarlik deb tasniflandi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling