Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

IV. Biotsid 
Biotsid   hayotdan mahrum etish, insoniyatga qarshi qara-
tilgan xalqaro jinoyat. Biotsid ekotsiddan farqli ravishda, inso-
niyatga va boshqa tirik jonzotlarga qarshi qaratilgan harbiy ni-
zoda dushman ustidan g alaba qozonish maqsadida qasddan om-
maviy qirg in qurollarini ishlatishda namoyon bo ladi. Biotsid-
ning manbai agressiv urushlardir. Biotsidni amalga oshirish vo-
sita va qurollari quyidagilar: 
-  xalqaro huquq bilan hozircha taqiqlanmagan harbiy tex-
nika va qurol, moddiy boyliklarni saqlab, faqat insonni yo q 
qilishga qaratilgan neytron qurol; 
-  1972-yilgi Konvensiyaga
1
 asosan taqiqlangan va o rnatil-
gan tartibda yo q qilingan bakteriologik (biologik) va toksinli 
qurollar; 
-  1925-yilgi Protokol bilan taqiqlangan, kishilarni yo q qilish-
ga mo ljallangan, bo uvchi, zaharli va shu kabi boshqa gazlar; 
 - kimyoviy gazlar, ya ni qurolli mojaroda dushmanning tirik 
kuchini yo q qilishga qaratilgan o q-dori va kimyoviy qurilmalar.  
Yuqoridagilar Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqish, 
to plash hamda qo llashni taqiqlash va uni yo q qilish to risi-
                                                
1  Bakteriologik va toksik qurol   yarog larni ishlab chiqish, tayyorlash va to plashni 
man etish hamda ularni tugatish to risidagi Konvensiya (London, Vashington, 
Moskva, 1972-yil 10-aprel), O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 22-de-
kabrdagi 185 I-sonli qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan, O zbekiston Res-
publikasi uchun 1996-yil 26-yanvarda kuchga kirgan, 1-modda. 


 
56 
dagi Konvensiya
1
 bilan taqiqlangan. 1993-yili bu Konvensiyani 
Parijda 154 ta davlat imzoladi.  
Yuqorida ko rsatib o tilgan jinoyatlarga jazoning muqarrar-
ligini ta minlash uchun xalqaro jinoyat huquqi normalari qidiruv, 
qamoq va jinoyatchilarni ushlab berish (ekstraditsiya) qoidalari 
bilan tartibga solib turadi. 1946-yildayoq BMT Bosh Assam-
bleyasi o zining maxsus rezolyutsiyasida davlatlarga  Harbiy 
jinoyatchilarni qayerda jinoyat sodir etgan bo lsa, o sha dav-
latga ularni jo natib, o sha davlat qonunlari asosida javobgarlik-
ka tortish uchun barcha choralarni ko rish kerakligi haqida  
Tavsiyalar bergan edi. Keyinchalik BMTning inson huquqlari 
bo yicha Komissiyasi o zining 29-sessiyasida Insoniyatga qarshi 
jinoyatlar va harbiy jinoyatlarda aybdor bo lgan shaxslarni aniq-
lash, qamash va ularni ushlab, jazoga tortish bo yicha xalqaro 
hamkorlikning prinsiplari loyihasini ko rib chiqdi va ma qulladi. 
zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida Tinchlik va 
insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga qarshi kurashish va 
uni oldini olish, ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nis-
batan jinoiy javobgarlik belgilangan.  
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 
ikkinchi  Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar  bo limining 
VIII bobi  Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jino-
yatlar
2
 deb nomlanib, unda jamiyat uchun yuqori xavfga ega  
bo lgan, o zida tinchlik va insoniyat xavfsizligiga tajovuz tug di-
radigan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan ji-
noiy javobgarlik  belgilangan. 
   
                                                
1 Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqish, to plash va qo llashni ta qiqlash va uni 
yo q qilish to risidagi Konvensiya (Parij, 1993-yil 13-yanvar. O zbekiston Res-
publikasi mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 
26-apreldagi 236 I-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan. O zbekiston Respublikasi 
uchun 1997-yil 29-apreldan kuchga kirgan), 2-modda. 
2  
Qarang:  O zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksi:  (2012-yil  1-iyungacha 
bo lgan o zgartish va qo shimchalar bilan). Rasmiy nashr.   O zbekiston Respub-
likasi Adliya vazirligi.   T.: Adolat, 2012.   84 89-betlar. 


 
57 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling