Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

II. Aparteid 
Afrika burlari tilidan  apartheid
 alohida yashash degan 
ma noni anglatadi. 
Aparteid irqiy kamsitishning keskin shakllaridan biri bo lib
irqiga ko ra davlat aholisi guruhining huquqlari boshqa aholi 
guruhlariga nisbatan kamsitiladi, ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
va fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinadi. Bir irqning ikkinchi 
bir irq ustidan hukmronlik o rnatish va ushlab turish hamda ular-
                                                
1  Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
1999-yil 20-avgustdagi 835 I-son Qaroriga asosan qo shilgan. O zbekiston Res-
publikasi 1999-yil 8-dekabrda kuchga kirgan.//Qarang: Huquqni muhofaza qilish 
oranlariga oid xalqaro hujjatlar. To plam. Mas ul muharrir A.X. Saidov.   T.: 
Adolat, 2004.   76 80-betlar. 


 
54 
ga doimiy ravishda zulm o tkazish uchun aholi maxsus ajratil-
gan joylar (rezidentsiyalar)da saqlanadi.  
Bunday jinoyatning subyektlari   davlat vakillari, tashkilot-
lar, tashkilot a zolari va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Ijrochi-
lardan tashqari, aparteid aktlarini amalga oshirishda hamkorlik 
qilgan yoki qo llab-quvvatlagan va bevosita yordam bergan shaxs-
lar hamda tashkilotchilar ham jazoga tortiladi.  
1973-yilgi BMT Bosh Assambleyasining Aparteid jinoyatini 
oldini olish va u uchun jazolash to
risidagi xalqaro Konvensi-
yasiga binoan, bunday jinoyatlarga nisbatan ham universal yuris-
diksiya o rnatilgan. Aybdorlar Konvensiya ishtirokchisi bo lgan 
biror-bir davlatning sudiga jalb etilishi mumkin. Zarur holda 
jinoyatchini biror-bir davlatga berishi mumkin, chunki aparteid 
siyosiy jinoyat hisoblanmaydi. Shuning uchun jinoyatchilarni 
biror-bir davlatga ushlab berish (ekstraditsiya) o sha davlatning 
milliy qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalar asosida alohida amal-
ga oshiriladi. Konvensiyada davlatlar rozilik bergan taqdirda xalq-
aro jinoyat tribunalini tashkil etish imkoniyati nazarda tutilgan. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling