Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


Qulchilik va uning oldini olish


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

Qulchilik va uning oldini olish 
Qul savdosini taqiqlash to risidagi masala birinchi maro-
taba Vena kongressiga qo yilgan edi. Bu kongress 1815-yil 4-fev-
ralda negr qullar savdosini bekor qilish to risida maxsus Dek-
laratsiya qabul qildi. 1815-yilgi deklaratsiyaning amaliyotga qo l-
lanilishiga Amerikaga negr qullarni olib o tishni taqiqlash to -
risida besh davlat tomonidan qabul qilingan 1841-yil 20-dekabr-
                                                
1  Izoh: Xalqaro huquq va kriminologiyaga oid adabiyotlarda ushbu mavzu besh xil 
nomlanadi:  Xalqaro xarakterdagi jinoyatlar ,  Transmilliy jinoyatchilik ,  Xalqaro 
tusdagi jinoyatlar ,  Xalqaro ahamiyatga ega bo lgan jinoyatlar ,  Xalqaro xusu-
siyatga ega bo lgan jinoyatlar . 


 
58 
dagi shartnoma asos bo ldi (shuningdek, 1885-yil Kongo daryosi 
to risida Berlin konferentsiyasining Yakunlovchi Aktining 9-mod-
dasi va 1890-yil 2-iyuldagi qul savdosiga qarshi kurash bo yicha 
Bryussel Konferentsiyasining Bosh akti). Millatlar Ligasi doira-
sida ishlab chiqilgan, 1926-yil 25-sentabrda imzolangan Qulchi-
lik bo yicha Konvensiya, 1930-yil qabul qilingan  Zo raki yoki 
majburiy mehnat to
risida gi Konvensiya
1
 qabul qilingan. 
BMT Bosh Assambleyasi barcha davlatlarga 1926-yilgi Kon-
vensiyaga qo shilishni va qulchilikka qarshi kurash bo yicha qo -
shimcha tadbirlar ishlab chiqishni tavsiya qildi. 
1956-yil 7-senyabrda BMT tomonidan chaqirilgan qulchilik-
ka qarshi kurash bo yicha Jeneva Konferensiyasida qul savdosi, 
qulchilikni bekor qilish bo yicha Qo shimcha Konvensiya qabul 
qilindi. 
1926-yilda qabul qilingan 1956-yilda o zgartirishlar kiritilgan 
Qullik to risidagi  Konvensiyaning 1-moddasida  qayd etilgani-
dek, qullik bu   insonning shunday holati yoki ahvoliki, uning 
ustidan egalik huquqining belgilari yoki ulardan ba zilari amal-
ga oshiriladi. Tutqinlar savdosi insonni qullikka sotish maqsadi-
da uni bosib olish, egalik qilish, in om etish aktini; tutqinni  
sotish yoki almashtirish maqsadida, uni egallash har qanday 
aktini; umuman, tutqinlarni sotish yoki tashish har qanday akti sin-
gari, sotish yoki almashish yo li bilan egallagan tutqinni sotish 
yoki almashtirish yo li bilan in om qilish har qanday aktini o z 
ichiga oladi. 
1956-yilning 7-sentabrida  Qulchilikni, qul savdosi va qul-
chilikka o xshash institut va odatlarni tugatish to risida gi 
Qo shimcha Konvensiyasi (1957-yil 30-aprelda kuchga kirgan) 
biror kishini qulga aylantirmoqchi bo lgan shaxslar, qullarni  ta-
shish bilan shug ullanuvchi shaxslarni jazoga tortishni nazarda 
tutadi
2

                                                
1  Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. To plam.   T.: Adolat, 2004.   
235-bet. 
2  O sha joyda.   216-bet. 


 
59 
Konvensiyada, ishtirokchi davlatlar majburiyati bayon qilinib, 
xuddi shunday jinoyatni sodir qilgan aybdor shaxslarni jazolash 
to risida kelishilgan. Bunga quyidagilar kiradi: 
-  qanday transport vositasidan foydalanishidan qat i nazar, 
qullarni bir mamlakatdan ikkinchisiga olib o tish; 
-  biron-bir shaxsni o ziga bo yin egdirish yoki birontasini 
ziga qul qilish
-  biron-bir shaxsni o ziga mutlaqo tobe qilib, erksiz qilib 
qo yish (qarz berib qaram qilish, huquqsiz dehkon qilish, ayollar 
va bolalarni oldi-sotdi qilish va hokazo); 
-  qulni va erksiz shaxsni jazo tariqasida mayib qilish, kuydirib 
tamg a bosish; 
-  bunday jinoiy harakatlarga ishtirokchi bo lish yoki xufya 
til biriktirib bunday jinoyatni sodir qilish
1

Qullik to risida gi Konvensiyada davlatlarning odamlardan 
foydalanish uchun ularni yollash jinoyatining oldini olish va bar-
taraf etish masalasi qayd etilib, unda quyidagilar o z ifodasini 
topgan; 
-  biror-bir shaxsni qo lga kiritish yoki qullikka solish maq-
sadida uni ekspluatatsiya qilish yo li bilan egallab olish; 
-  sotish yoki ayirboshlash maqsadida qulni qo lga kiritish 
bilan bog liq barcha harakatlarni amalga oshirish
-  shu maqsadda qo lga kiritilgan shaxsni sotish yoki ayir-
boshlash bo yicha barcha harakatlar, qullar savdosi yoki qullarni 
tashish bo yicha har qanday harakatlarni amalga oshirish
2

Ushbu konvensiyaga muvofiq, uni imzolagan tomonlar qul 
savdosini tugatish va oldini olish, shu bilan bir qatorda, tezlik 
bilan qullikning barcha shakillarini to liq tugatish majburiyatla-
rini o z zimmalariga olganlar. 
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida  Har bir 
inson yashash, erkin bo lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga 
                                                
1  Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar.   To plam:   T.: Adolat, 2004.   
216-bet. 
2  O sha joyda. 


 
60 
egadir
1
 (3-modda),  Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saq-
lanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko rinish-
lari taqiqlanadi
2
 (4-modda),   degan qoidalar mustahkamlangan. 
Ozodligi cheklangan va xo jayinining og ir mehnatiga jalb 
etilgan shaxs quldir. Quldorlik eng taraqqiy etgan mamlakatlar-
ga qadimgi Rim va Yunonistonni misol sifatida keltirish mumkin. 
Hozirgi kunda qulchilikning har qanday ko rinishlari barcha 
davlatlarda qonun bilan qat iy taqiqlangan, oxirgi marta qullardan 
foydalanishni taqiqlash 1981-yilda Mavritaniyada joriy qilindi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling