Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Yollanma jinoyatchilikka qarshi kurash
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Yollanma jinoyatchilikka qarshi kurash
Ushbu jinoyatning oldini olish borasida BMT Bosh Assam- bleyasi Kotibiyati, BMT Xavfsizlik Kengashi bir necha bor yol- lanma jinoyatchilikni qoralab, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishni talab qilgan. 1961-yil 24-noyabrdagi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasida BMT nazorati ostida bo lmaydigan barcha chet ellik harbiy yoki yarim harbiy shaxslarni shuning- dek, yollanuvchilarni darhol qamoqqa olish, ushlab turish va jo - natish uchun ta sir choralarini qo llash to risidagi qoidalar mus- tahkamlandi. 1968-yil BMT Bosh Assambleyasi 2465 (XXIII) rezolyutsiyasida shuni qat iy belgilab qo ydiki, yollanuvchilar- dan foydalanish amaliyoti jinoiy harakat hisoblanadi. 1976-yil 30-noyabrdagi BMTning 31 34-son rezolyutsiyasida davlatlar z hududlaridagi yollanuvchilarni jalb etish, moliyalashtirish va tkazkishni jinoyat deb e lon qiladigan va yollanuvchi sifatida jalb qilinishini taqiqlaydigan qonunlar qabul qilishga chaqirdi. Bu qoidalar, shuningdek BMTning 1977-yilgi 32 41-son rezol- yutsiyasida ham mustahkamlandi. 1989-yilda qabul qilingan Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliya- viy ta minlash va o qitishga qarshi kurash to risida gi Xalqaro Konvensiyasida 1 Yollanma jinoyatchi nizolashayotgan tomon- ning fuqarosi hisoblanmagan, shaxsiy moddiy foyda ko rish maqsadida harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun o z ixtiyori bilan yollangan xususiy shaxs , degan ta rif berilgan. Yollanuvchi tushunchasi 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva kon- vensiyasiga Xalqaro qurolli ziddiyatlar qurbonlarini himoya qi- lish haqidagi qo shimcha Protokol (1-Protokol)ning 47-modda- sida belgilab berilgan: 1. Yollanma shaxs kombatant yoki harbiy asir statutiga ega emas. 1 Mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 555 II-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 22-modda. 80 2. Yollanma shaxslar qatoriga quyidagi har qanday shaxs kirishi mumkin: a) qurolli mojaroda kurashish uchun o sha joyda yoki chet elda maxsus yollangan shaxslar; b) amalda harbiy harakatlarda bevosita qatnashayotgan shaxslar; c) harbiy harakatlarda asosan shaxsiy foyda ko rish istagiga amal qilgan holda qatnashayotgan va unga nizolashayotgan to- mondan bevosita yoki shu tomonning ko rsatmasi bilan mazkur tomon qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga mansub xuddi shu da- raja va shu vazifani bajaruvchi kombatantlarga va da qilingan yoki to lanadigan mablag ga nisbatan ancha ko p miqdorda haq to lanishi to risida haqiqatda va da olgan shaxs; d) nizolashayotgan tomon fuqarosi ham bo lmagan va nizo- lashayotgan tomon nazorati ostidagi hududda ham muqim yasha- mayotgan shaxslar; e) nizolashayotgan tomon qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga kirmaydigan shaxslar; f) nizolashayotgan tomon hisoblanmagan davlat tomonidan uning qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi shaxs sifatida rasmiy vazifani bajarish uchun yuborilmagan shaxslar 1 kirishi mumkin. zbekiston Respublikasi JKning 154-moddasida yollanish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling