Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


damida tinch yo l bilan hal qilish, bir-biriga qarshi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

damida tinch yo l bilan hal qilish, bir-biriga qarshi 
kurashuvchi tomonlar o rtasida muzokaralar olib borish, 
mustaqil davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik 
tarafdori  ekanligimizni ta kidlagandi. 
2001-yil 15-dekabrda  Terrorizmga qarshi kurash to risi-
da gi O zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, mazkur 
qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi mu-
nosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu  qonunning asosiy 
vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligi-
ni ta minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini 
himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan 
iborat
1
 (1-modda), deb belgilab qo yildi. 
zbekiston Respublikasi JKga muvofiq, 155-modda bilan 
mazkur qilmish jinoyat, deb baholandi. Ya ni, 155-modda 1-qis-
miga ko ra, xalqaro munosabatldarni murakkablashtirish, davlat-
ning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga 
putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-
siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo rqitish maqsadida 
davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxs-
larini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga 
oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun 
zo rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug diruvchi 
boshqa qilmishlar yoki ularni amalga oshirish tahdidi, shuning-
dek, terrorchilik tashkilotining mavjud bo lishini, ishlab turishi-
ni, moliyalashtirilishini ta minlashga, terrorchilik harakatlarini 
tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yohud 
terrorchilik faoliyatiga ko maklashayotgan yoki bunday faoliyat-
da ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qan-
day mablag -vositalar va resurslar berish yoki yig ishga, boshqa 
xizmatlar ko rsatishga qaratilgan faoliyat terrorizm deb kvalifi-
katsiya qilinishi va javobgarlikka sabab bo lishi belgilangan. 
                                                
1  O zbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining  Axborotnomasi, 2001-yil, 1 2-son, 
14-modda; 2004-yil, 5-son, 90-modda. 


 
78 
JK 155-moddasi 2-qismida vaziyatni beqarorlashtirish yoki 
davlat organlari tomonidan qaror qabul qilinishiga ta sir ko rsa-
tish yoxud siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatga to sqinlik qi-
lish maqsadida davlat yoki jamoat arbobi yoxud hokimiyat vaki-
lining davlat yoki jamoatchilik faoliyati munosabati bilan uning 
hayotiga suiqasd qilish yoki uning badaniga shikast yetkazish 
bilan bog liq g ayriqonuniy harakat uchun jinoiy javobgarlik belgi-
langan. Ushbu moddaning 3-qismida 1- yoki 2-qismida nazarda 
tutilgan harakatlar: a) odam o lishiga; b) boshqa og ir oqibatlar kelib 
chiqishiga sabab bo lsa, jinoiy jazoga tortilishi ko zda tutilgan
1

Bundan tashqari JKning 155-modda 1-qismi dispozitsiya-
sida terrorizmni moliyalashtirish ham jinoyat sifatida tavsiflan-
gan. Bu dispozitsiya 2004-yil 26-avgustdagi  Jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliya-
lashtirishga qarshi kurashish to risida gi O zbekiston Respub-
likasi Qonunining JKga unifikatsiyasi hisoblanadi
2

Bugungi kunga kelib terrorizmning shunday ko rinishlari 
paydo bo lgani milliy hukumatlarning boshqa davlatlar bilan 
hamkorlikda unga qarshi kurashishi kerakligini taqozo etmoqda. 
Zero, Prezidentimiz I.A. Karimov ta kidlaganlaridek: 
Xalqaro 
terrorizm muammosiga duch kelmayotgan davlatning o zi 
qolmadi, terrorizmga qarshi kurash butun dunyo miqyosi-
dagi hamkorlikni taqozo etayotir
3
 
                                                
1  
Qarang:  O zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksi  (2012-yil  1-iyungacha 
bo lgan  o zgartish  va  qo shimchalar  bilan).  Rasmiy  nashr.  O zbekiston  Respub-
likasi Adliya vazirligi.   T.: Adolat, 2012.   87 88-betlar.  
2  Izoh: 2009-yil 22-aprelda mazkur qonunga o zgartish va qo shimchalar kiritish 
haqidagi qonunga muvofiq, qonunning 3-moddasi 2-qismiga  Terrorizmni moliya-
lashtirish 
terrorchilik tashkilotining mavjud bo lishini, ishlab turishini moliya-
lashtirishni ta minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, ter-
rorchilik tashkilotlarga yohud terrorchilik faoliyatiga ko maklashayotgan yoki bun-
day faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday 
mablag -vositalar va resurslar berish yoki yig ishga qaratilgan faoliyat , mazmu-
nida  qo shimcha kiritildi. 
3  Karimov I.A. Tinchlik yo lida hamkorlik. Nato Sammitidagi ma ruzasi.//Xalq so zi, 
2002-yil, 23-noyabr. 


 
79 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling