Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
3.3. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda
INTERPOL faoliyatining o ziga xos jihatlari Interpol (fransuzcha Organisation internationale de police criminelle) International polis so zining qisqartirilishidan tashkil topgan so z bo lib, Jinoyat politsiyasining xalqaro tashkilotidir. Interpolni tuzish to risidagi qaror 1914-yilda Monako kon- gressida qabul qilingan, lekin 1923-yildan, ya ni uning birinchi ustavi qabul qilingan kundan boshlab harakat qila boshladi. 1923-yilning 3-sentabrida Jinoyat politsiyasi xalqaro Kon- gressi to plandi. U Vena shahrida 20 ta mamlakatning 183 ta politsiya organlari Delegatsiyasi ishtirokida o tdi. 1923-yil 7-sentabrda Nizom qabul qilingan kundan boshlab, Interpolning rivojlanish tarixi boshlandi. Lekin 1923-yilda Xalq- aro Komissiya hali mustaqil tashkilot emas, balki butun jahon politsiya Kongressining organi sifatida tashkil etilgan edi. 144 Nizomning 1-moddasiga ko ra, Jinoyat politsiyasi xalqaro Komissiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat edi: 1) barcha mamlakatlardagi xavfsizlik organlarining o zaro xizmat yordamini rasmiylashtirish; 2) jinoyarchilikka qarshi muvaffaqiyatli faoliyat olib bora- digan muassasalar tuzish. 1924-yilning may oyida Jinoyat politsiyasi xalqaro Komis- siyasida quyidagi bo limlar tashkil qilingan: 1) Xalqaro jinoyatchilar haqida axborotlar markazi; 2) Yashirinib yurgan jinoyatchilarni topish markazi. 1930-yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro Komissiyasi mustaqil ish boshladi. Bundan keyin Jinoyat politsiyasi xalqaro komis- siyasining Bosh Assambleyasi har yili chaqiriladigan bo ldi va yanada kengroq masalalarni ko rib chiqa boshladi. Qalbaki pul yasovchilarga jonli tovar bilan savdo qiluvchi narkotiklar ta- shish imkoniyatlarini cheklasa, xalqaro firibgarlar va o rilarga qarshi kurash kabilar shular jumlasidandir 1 . Ikkinchi jahon urushi davrida Interpol o z faoliyatini to x- tatib, 1946-yilda yana boshladi. Jinoyat politsiyasi xalqaro Komis- siyasi yangi Nizomni ishlab chiqish uchun maxsus komissiya tuzdi. Shtab kvartira Parij shahriga ko chirildi. 1947-yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro Komissiyasi Oliy Kon- gressning navbatdagi sessiyasini chaqirdi. Unda Jinoyat poli- tsiyasi Xalqaro Komissiyasi italyan jurnalistlarining taklifi bilan INTERPOL deb o zgartirildi. 1956-yil 13-iyun kuni Venadagi 25-Kongressda Interpol Nizomi qabul qilindi. 1960-yilda Vashingtonda majlis bo lib o tdi. 1972-yilda Interpol- ning shtab-kvartirasi Fransiya (Lion shahri)ga joylashtirildi. 1982-yildan boshlab Interpol maqomiga ega bo ldi. Bugungi kunda Interpolga 170 dan ortiq davlat a zo bo lib, a zolar soni jihatidan u BMTdan keyin ikkinchi o rinda turadi. 1 Mirenskiy B.A. O zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari. Darslik. Mas ul muharrirlar: professor M.M. Fayziyev, A.X. Rahmonqulov. T.: zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2001. 251 253-betlar. 145 Uning strukturasi, maqsadi, milliy politsiya muassasalari bilan hamkorligi Interpol ustavida belgilangan. Interpolga a zo bo lishni istagan har qanday davlat o zining vakolatli hukumati nomidan Interpolning Bosh Kotibiga yozma ravishda murojaat qiladi. Muayyan davlatni Interpolga qabul qilish masalasi Interpolning Bosh Assambleyasi tomonidan qat- nashuvchilarning 2/3 qismining ovozi bilan hal qilinadi 1 . Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling