Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Kompyuter jinoyatchiligining oldini olish
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Kompyuter jinoyatchiligining oldini olish
Kompyuter jinoyatchiligi iborasining o zi 60-yillarning bo- shida ilk bor EHMni ishlatish yo li bilan sodir etilgan jinoyat- chilik xodisasi aniqlanganda Amerika matbuotida paydo bo lgan. Hozirgi vaqtda kompyuter jinoyatchiligi tushunchasiga turli xil nuqtai nazarlar mavjud. Ko pchilik mutaxassislar nuqtai nazari bilan nisbatan asoslangan va bo lishilgan tushuncha bo lib, ax- borotni avtomatlashtirilgan qayta ishlash sohasidagi g ayriqonu- niy harakatlar hisoblanadi. Birinchi bo lib kompyuter jinoyatchi- ligi tushunchasi 1979-yilda AQShning Dallas shtatida bo lib o t- gan Amerika davlatlari assotsiatsiyasi anjumanida shakllantiril- gan. Ushbu davrda kompyuter jinoyatchiligi tarkibining quyidagi shakllari taklif etilgan: 1. Yolg on taklif va so z berishlar bilan berkingan holda yoki o zini boshqa shaxs sifatida ko rsatgan holda pul, xususiy mulk yoki xizmat olish maqsadida komp'yuter hisoblash tizimi yoki kompyuterlar tarmog idan foydalanish yoki foydalanishga harakat qilish; 2. Kompyuter, hisoblash tizimi, kompyuterlar tarmoqlari yoki ulardagi matematik ta minot tizimlari, dasturlari yoki ax- borotlarini o zgartirish, zarar etkazish, yo q qilish yoki o ir- lash maqsadida sodir etilgan harakatlar. 3. Kompyuterlar, hisoblash tizimlari yoki kompyuterlar tizim- lariaro aloqani qasddan buzish. Malumotlarga qaraganda bugungi kunda dunyo miqyosida kompyuter jinoyatchiligining 52 % i pul vositalarini talon-taroj qilish, 16 % i kompyuter asbob-uskunalari vositalarini buzish va yo q qilish, 12 % i dastlabki ma lumotlarni almashtirish, 10 % i dasturlar va axborotlarni o irlashni tashkil etadi. 2001-yil 23-noyabr kuni Budapeshtda Kiber jinoyatchilik to risida Xalqaro Konvensiya qabul qilindi. Ushbu Konvensi- yaning 2-moddasiga ko ra, har bir ishtirokchi-davlat komyuter tizimiga yoki uning qismiga noqonuniy kirishga qarshi kurashish uchun zarur bo lgan qonun yoki huquqiy ta sir choralarini qabul 113 qilishi kerak. Kompyuter tizimiga noqonuniy kirganlik uchun har bir ishtirokchi-davlat ushbu qilmishni jinoyat deb baholashi lozim deb belgilangan. BMT jinoyatchilikni oldini olish va jinoiy odil sudlov muom- molariga bag ishlangan 2005-yil aprelda bo lib o tgan XI Kongres- sida kompyuter vositalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar va ularning oldini olishga alohida e tibor qaratildi. Ushbu Kon- gressda kiber jinoyatchilikning o ziga xos xususiyatlari va unga qarshi kurashishda kompleks yondashuv ishlab chiqish zarurligi, shuningdek, BMT tomonidan davlatlarga jinoyat qonunlariga kompyuter va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga javob- garlikni belgilashga oid tavsiyalar berildi. BMT ushbu Kongressi natijasi sifatida qabul qilingan Bankok Deklaratsiyasida ham kiber jinoyatchilikka qarshi kurashda milliy choralar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalasining alohida e tirof etilgani ushbu muammoning naqadar dolzarbligidan dalolat beradi. Ushbu jinoyatga qashi kurashish maqsadida 1981-yil Shaxsiy ma lu- motlarni avtomatik qayta ishlash bilan bog liq shaxsiy muxofaza to risida gi Strasburg Konvensiyasi qabul qilingan. A.A. Ortiqov, A.T. Isaxodjaev va A.V. Shestakovlar kompyuter jinoyatchiligini quydagicha tasniflashni qayd etadilar: 1) jismoniy suiiste molliklar (anjomlarni buzish, yo qotish, dastur yoki axborotni yo q qilish va h.k); 2) operatsion suiiste mollik (firibgarlik, sanksiyasiz kompyuter ma lumotlaridan foydalanish); 3) dasturlar bo yicha suiiste mollik (virus va zararli dasturlar tarqatish); 4) elektron suiiste mollik (dasturni noqonuniy o zgartirish) 1 . Sudanlik mutaxassis Mudavi Muxtar kompyuter jinoyatchi- ligini ikki toifasini farqlaydi: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling