Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi.
Davlatlar- ning jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha hamkorligini muvo- fiqlashtirish BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashiga yuklatil- gan. EKOSOS doirasida bir qancha yordamchi organlar masalan, Giyohvandlik vositalari bo yicha Komissiya, Xalqaro terrorizm bo yicha Komissiya, Jinoyatchilikning oldini olish va unga qar- shi kurash bo yicha qo mitalar faoliyat ko rsatmoqda. 1 Q.R. Abdurasulova. Kriminologiya. Darslik. T.: TDYuI nashriyoti, 2008. 118 119-betlar. 123 1950-yilda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tarkibida Jinoyat- chilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosabat bildirish bo yicha ekspertlar Qo mitasi ta sis etildi. 1971-yilda u jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish Qo mi- tasi, 1993-yilda esa, Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat ad- liyasi bo yicha Komissiya deb qayta nomlandi. Mazkur nufuzli tashkilot jinoyatchilikka qarshi yanada samarali kurash olib bo- rish va huquqbuzarlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo lishga qaratilgan tavsiya va takliflarni taqdim etadi. Ushbu Komissiya tarkibiga BMTga a zo bo lgan 54 ta davlat vakillari kiritilgan va ular 3 yil muddatga saylanadi. BMT Assambleyasi tomonidan makur organ zimmasiga har 5 yilda bir marta Jino- yatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosa- bat bo yicha BMT kongresslarini tayyyorlash vaifasi yuklatilgan. Komissiya o z faoliyatida: - BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish kongresslarini tayyorlash; - BMTning Jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha olib boradigan tadbirlarini rejalashtirishni belgilash; - davlatlarning suveren tengligi va ichki ishlariga aralash- maslik prinsiplari asosida, BMTning vakolatli organlariga Jino- yatchilikning oldini olish sohasidagi xalqaro hamkorlik bo yicha dasturlarni tayyorlash va tasdiqlash uchun taqdim etish; - jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo yicha shug ul- lanayotgan BMT organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun EKOSOSga yordam ko rsatish, shuningdek, BMTning Bosh koti- biga va boshqa organlariga ma ruzalar, tavsiyalar va qarorlar tayyorlash va taqdim etish; - BMTga a zo davlatlarning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish sohasida yig ilgan tajribalarini almashishga ko maklashish; - jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkor- lik asosini tashkil etuvchi, jumladan, jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchilikni qisqartirish bo yicha murakkab va muhim ma- salalarni muhokama qilish; 124 - jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko rib chi- qishda odil sudlovlarni amalga oshirishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqish. Ushbu komissiya BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil 51-sessiyasida Jinoyatchilik va jamoat xavfsizligi to risida gi Deklaratsiyani qabul qildi. Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha Qo mitaning muhim xizmati shundaki, u tomonidan BMTning jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga nisbatan munosabati bo yicha o n ikkita Kongressi (1955 2010-yillar) o t- kazilgan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling