Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
III bob. XALQARO JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDA
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
III bob.
XALQARO JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDA XALQARO TASHKILOTLARNING O RNI 3.1. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda BMT va boshqa tashkilotlarning o rni Jinoyatchilikning o sib ketishi, uning bir davlat hududidan chiqib, xalqaro tus olishi o z faoliyatini jinoyatchilikka qarshi kurashga yo naltirilgan bir qancha xalqaro tashkilotlarning vu- judga kelishiga sabab bo ldi. Jinoyatchilikka, ayniqsa, xalqaro jinoyatchilikka qarshi ku- rashda BMT asosiy rol o ynaydi. Birlashgan Millatlar atamasi Amerika Qo shma Shtatlari Pre- zidenti Franklin D. Ruzvelt tomonidan taklif etilib, 1942-yili 1-yan- varda Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasi da ilk bor ishlatildi 1 . BMT Ustavi San-Fransisko shahrida 1945-yilning 25-apre- lidan 25 iyunigacha davom etgan, 50 mamlakat vakillari ishtiro- kidagi xalqaro tashkilot tuzish yuzasidan o tkazilgan konferen- siyada ishlab chiqildi. Ustav 1945-yil 26-iyun kuni 50 mamlakat vakillari tomonidan imzolandi. Polsha davlati keyinchalik 51-mam- lakat sifatida ustavni imzoladi. BMT rasmiy ravishda 1945-yil 24-oktabrdan faoliyat ko rsatmoqda. Ma lumki, BMTning Jahon miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda tutgan o rni ushbu xalqaro tashkilot- ning Nizomida o z ifodasini topgan. Jumladan, BMT Ustavining 1-moddasida qayd etilgandek, BMT Xalqaro tinchlik va xavf- sizlikni ta minlaydi, davlatlar o rtasidagi do stona aloqalarni ta - minlaydi, xalqaro miqyosda mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va inson- parvarlik bilan bog liq muammolarni yechishda zarur shart-sha- roit yaratadi 2 . 1 O zbekiston yuridik ensiklopediyasi. Nashr uchun mas ul R.A. Muxitdinov va boshq. Mas ul muharrir N. Toychiyev. T.: Adolat. 2010. 55 56-betlar. 2 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. / Mas ul muharrir: A.X. Saidov T.: 2004. 120 BMT Ustavining 3-moddasiga binoan, BMT ijtimoiy va gu- manitar xarakterdagi xalqaro hamkorlikni tashkil qilish bilan birga, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini o zining tegishli organlari: BMT Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik kengashi, Xalqaro huquq Komissiyasi, Xalqaro Sud, Kotibiyat, Ijtimoiy va Iqtisodiy kengash, BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash kongresslari orqali amalga oshiradi. BMT tashkil topgunga qadar jinoyatchi- likka qarshi kurash ishida xalqaro hamkorlikni 1959-yilgacha fao- liyat olib borgan xalqaro jinoyat va penitensiar Komissiya tartibga solib kelgan. 1950-yildan boshlab bu Komissiya o z vakolatini BMT- ga bergan. O shandan buyon BMT jinoyatchilikka qarshi xalqaro hamkorlik masalalari bilan ham faol shug ullanib kelmoqda 1 . Jinoyatchilikning oldini olish bo yicha BMT Kongresslari bilan bir qatorda, Jinoyatchilikning oldini olish bo yicha Qo mita BMTning milliy tadqiqot institutlari va markazlari yordamchi organlari sifatida muhimdir. Jinoyatchilikka qarshi kurashda BMTning ixtisoslashgan muassasalari: Fuqaro aviatsiyasi tash- kiloti (ICAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO), Xalqaro Dengiz tashkiloti (IMO), Birlashgan millatlar tashkilotining ta lim, fan va madaniyat masalalari bo yicha tashkiloti (UNESCO) va bosh- qalar ishtirok etadilar. Shuningdek, BMT jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni himoya qilishning xalqaro normalari, tavsiyalari, prinsiplari va standartlarini tar- tibga solib boradi. Ushbu normalar Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi xalq- aro Paktda bayon etilgan talablar asosida ishlab chiqiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling