Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet42/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Murakkab ashyolar. Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo‘yicha foydalanish imko­nini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo, ya’ni murakkab ashyo hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘ladi.
Hosil va daromad beradigan ashyolar tufayli hosil va daromadlardan foydalanish va ularni tasarruf etish to‘g‘risidagi ishni hal etish masalasi qo‘yilishi mumkin. Ashyoning hosil va daromadlari to‘g‘risida Fuqarolik kodeksining ba’zi moddalarida ko‘rsatma beriladi. Jumladan, FKning 230-moddasida mulkni birovning qonunsiz egallashidan talab qilib olishda daromad va xarajatlarning to‘lanishi aytiladi.
Ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, ashyo egasiga tegishlidir.
Jonli va jonsiz ashyolar. Bunday ashyolar o‘zida tiriklik alomatlari mavjudligi nuqtai nazaridan farqlanadi. Fuqarolik muomalasida jonli zotlar – kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar – sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, quruqlikda ham, suvda ham yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari ashyo sifatida namoyon bo‘ladi.
Qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, mol-mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar hayvonlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, FKning 169-moddasida nazarda tutilgan mulk huquqi obyektlari tarkibiga hayvonlar ham kiritilgan.
Huquqlarni amalga oshirish chog‘ida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ularga nisbatan mulkiy huquqlar bilan bog‘liq barcha qoidalar qo‘llaniladi. Hayvonlar bilan bog‘liq ko‘plab shartnomalar tuziladi. Odatda, eng ko‘p tuziladigan shartnoma bu oldi-sotdi shartnomasi hisoblanadi. Xonakilashtirilgan hayvonlardan tashqari barcha hayvonot dunyosi ommaviy mulk sanaladi va u davlat muhofazasida bo‘ladi.









Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling