Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


XV BOB. ALOHIDA TOIFADAGI ISHLAR BO‘YICHA ISH YURITISHNING XUSUSIYATLARI


Download 464.55 Kb.
bet204/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

XV BOB. ALOHIDA TOIFADAGI ISHLAR BO‘YICHA ISH
YURITISHNING XUSUSIYATLARI


  1. Alohida toifadagi ishlar tushunchasi va mohiyati

Iqtisodiy sudlarda sud ishlarini yuritishning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.
Iqtisodiy sudga taalluqli ishlarga, jumladan quyidagilar kiradi:

  1. iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ko‘rilayotganda taraflar bo‘lgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;

  2. iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlar;

  3. bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar.

Iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar asosan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish orqali ko‘rib chiqiladi va hal qilinadi.
Ammo yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash hamda yuridik shaxslar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlarning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lganligi sababli IPKda ular alohida toifadagi ishlar deb yuritiladi.
Iqtisodiy sudlarda alohida toifadagi ishlar bo‘yicha ish yuritishning da’vo ishlarini yuritishdan farqli jihatlari va o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha iqtisodiy sudda ish da’vo arizasi taqdim etish orqali emas, balki ariza berish orqali qo‘zg‘atiladi;
ikkinchidan, alohida toifadagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar da’vo ishlarini yuritishda ishtirok etuvchi shaxslardan farq qiladi. Masalan, bunday toifadagi ishlarda taraflar (da’vogar va javobgar), uchinchi shaxslar ishtirok etmaydilar. Ish da’vogar tomonidan emas, balki arizachi tomonidan qo‘zg‘atiladi;
uchinchidan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarda huquq to‘g‘risida nizo bo‘lmaydi, bunday ishlar bo‘yicha manfaatdor shaxslar ishga jalb qilinadilar (uchinchi shaxslar emas), shuningdekishdaishtiroketuvchishaxslarkelishuvbitimituzaolmaydilar, manfaatdorshaxsyuridikahamiyatgaegabo‘lganfaktmavjudliginitanolishimkoniya tigaegaemasvahokazo;
to‘rtinchidan, bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar faqat iqtisodiy sudlar tomonidan IPKda nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ko‘riladi.
Alohida toifadagi ishlarga yaxlit tushuncha berish mushkul, chunki yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash bilan bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning umumiy jihatlari bo‘lishi bilan bir qatorda ularning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.
Shu sababli quyida har ikki alohida toifadagi ishlar bo‘yicha iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlariga maxsus to‘xtalamiz.


  1. Download 464.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling