Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Download 464.55 Kb.
bet207/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Kelishuv bitimi - bu taraflarning nizo o'zaro yon berish asosida tugatish to‘g‘risidagi bitimi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u miqdor, ijro etish tartibi va boshqalar bo‘yicha o‘zaro murosalar asosida kreditorlarning talablarini qanoatlantirish bo‘yicha kreditorlar va qarzdorlar o‘rtasida kelishuvga erishilganda iqtisodiy sud tomonidan qo‘llaniladigan taomildir. Kelishuv bitimi bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning har qanday bosqichida kreditorlar yig‘ilishining barcha kreditorlar umumiy ovozining ko‘pchilik ovoz berishi orqali qabul qilingan qarori asosida tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishni mazkur tadbirkor hamda kreditor o‘rtasida o‘zaro murosaga kelish asosida tugatish maqsadida tuziladi.
Tashqi boshqaruv - iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomili. Agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi. Tashqi boshqaruv, o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi. Bunda sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati o‘ttiz olti oydan oshmasligi lozim. Tashqi boshqaruvning maqsadi ham qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash, ham kreditorlar talablarini qanoatlantirishdir. Bunda yuridik shaxsni boshqarish va uning mulkini tasarruf etish bo‘yicha qarzdor rahbari vakolatlarini majburiy ravishda tashqi boshqaruvchiga beriladi.
Tugatishga doir ish yuritish - iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir. Tugatishga doir ish yuritish kelishuv bitimi tuzilgan holatda yoki kreditorlar talablarining to‘liq qondirilishi, iqtisodiy faoliyatini davom ettirish imkoniyati mavjud bo‘lgan holatda bankrotlik to‘g‘risidagi ish tugatilishi bilan tamomlanishi mumkin, shuningdek qarzdor to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati bo‘lganda tashqi boshqaruvga o‘tishi mumkin.
YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan tugatishga doir ish yuritish taomilini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Kreditorlarning e’tirozlari bo‘lmagan taqdirda sud tomonidan YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qarzni uzish rejasi tasdiqlanishi mumkin. Bu holda kreditorlar talabini qanoatlantirish maqsadida ish yuritish ikki oygacha bo‘lgan muddatda to‘xtatilishi mumkin. Agar mazkur rejani bajarish asosida kreditorlarning barcha talablari qondirilsa, bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritish tugatiladi. Shu yo‘l orqali qarzdor o‘zini bankrot deb topish holatidan qutulishi va tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishi mumkin. Qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi faqatgina haqiqiy amalga oshirish imkoniyati bo‘lgan qarzlarni uzish rejasi mavjudligiga bog‘liq bo‘lganligi uchun YTT va YTT maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs - qarzdor mazkur rejani amalga oshirishi mumkin yoki mumkin emasligini e’tiborga olishi kerak. Qarzlarni to‘lay olmaslik holatida u bankrot deb topiladi va qolgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etiladi, kreditorning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va shu kabi alohida toifadagi majburiyatlar bundan mustasno.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling