Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq


Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani ko ‘rib chiqish tartibi


Download 464.55 Kb.
bet227/306
Sana05.02.2023
Hajmi464.55 Kb.
#1166720
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   306
Bog'liq
ИПҲ-дарслик-2018

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizani ko ‘rib chiqish tartibi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay iqtisodiy sudning sudyasi arizani to'g'ri va o‘z vaqtida hal qilish maqsadida IPKning 163-moddasida ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi.
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risida ajrim chiqaradi, unda o‘zi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak bo'lgan muddatlar, sud muhokamasining o'tkazis h vaqti va joyi ko'rsatiladi.
Sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risidagi ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran bir oydan oshmagan muddat tugallanishi va ajrim qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda sud muhokamasining muddati iqtisodiy sudning raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi.
IPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan ma'lumotlar ish bo'yicha dalillar bo'lib, ular asosida iqtisodiy sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e'tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan boshqa holatlar bor yoki yo'qligini aniqlaydi. Bunday ma'lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Xuddi shunday norma “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida ham belgilangan bo'lib, unga ko'ra hakamlik muhokamasining har bir tarafi o‘z da'vo talablari va da'voga qarshi e'tirozlarining asosi sifatida ko'rsatayotgan holatlarni ifodalovchi tegishli dalillarni hakamlik sudiga taqdim qilgan holda isbotlab berishi kerak.
Iqtisodiy sudning sudyasi ishni sud muhokamasiga tayyorlayotganda hakamlik sudidan iqtisodiy sudda nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini (bu yerda hakamlik sudining mazkur ish bo'yicha barcha materiallari emas, balki undagi ayrim hujjatlar nazarda tutilmoqda) mustaqil ravishda emas, balki hakamlik muhokamasi tarafi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilgandagina talab qilib olishi mumkin. Hakamlik tarafining iltimosnomasida hal qiluv qaroriga oid ish materiallari bilan ish uchun ahamiyatli qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi ko'rsatilishi zarur.
Iqtisodiy sud zarur hollarda hakamlik tarafiga ish materialini olish uchun so'rov beradi. Iqtisodiy sud talab qilayotgan ish materialini uni saqlayotgan organ (doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi tomonidan ko'rilgan ish saqlanayotgan vakolatli sud - iqtisodiy sud yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sud) bevosita iqtisodiy sudga yuboradi yoki iqtisodiy sudga topshirish uchun tegishli so'rovga ega bo'lgan hakamlik muhokamasi tarafiga beradi.
Bunda “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasiga muvofiq doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudida ko'rilgan ishlar, agar doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarida uzoqroq muddat belgilanmagan bo'lsa, mazkur hakamlik sudida uch yil mobaynida saqlanishi hamda muvaqqat hakamlik sudi tomonidan ko'rilgan ish hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin bir oy muddat ichida vakolatli sudga saqlash uchun yuborilishini e'tiborga olish kerak.
IPKning 225-moddasiga muvofiq iqtisodiy sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qiladi. Iqtisodiy sudning ajrimi hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi arizada yoki hal qiluv qarorida ko'rsatilgan manzilga yuboriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida o‘z manzillarining o'zgarganligi haqida iqtisodiy sudga xabar berishlari shart. Bunday xabar berilmagan taqdirda ajrim iqtisodiy sudga ma'lum bo'lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo'lmasa yoki yashamayotgan bo'lsa ham, yetkazib berilgan deb hisoblanadi. Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron manzilini iqtisodiy sudga ma'lum qilgan bo'lsalar, ular ishni yuritish vaqtida bu ma'lumotlar o'zgarganligi haqida iqtisodiy sudni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishlari kerak.
Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi.
IPKning 226-moddasida hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari belgilangan bo'lib, ularning mavjud yok i mavjud emasligini iqtisodiy sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik muhokamasi tarafming arizasida bayon qilingan talablar va e'tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni bevosita tekshirish yo'li bilan aniqlaydi. Bunday ma'lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning ko'rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Iqtisodiy sud ko'rilayotgan ishga daxldor bo'lgan dalillarnigina qabul qiladi. Ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak bo'lsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.

Download 464.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling