Toshkent davlat yuridik universiteti iqtisodiy protsessual huquq
© Mualliflar jamoasi, Toshkent davlat yuridik universiteti. 2018-yil
Download 464.55 Kb.
|
ИПҲ-дарслик-2018
© Mualliflar jamoasi, Toshkent davlat yuridik universiteti. 2018-yil.
MUNDARIJA
SO‘Z BOSHI “Oldimizda turgan eng muhim va dolzarb masalalardan biri - yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz”. Shavkat Mirziyoyev So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohada bo‘lgani kabi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qator huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Kelib chiqayotgan nizolarni hal qilish, ish bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori chiqarish vazifasi va vakolati iqtisodiy sudlar zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-sonli Farmoniga asosan 2017-yil 1- iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar iqtisodiy sudlari hamda tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari iqtisodiy nizolarni hal etuvchi sud organlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 37-moddasiga ko‘ra tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy sudi, viloyatlar iqtisodiy sudlari va Toshkent shahar iqtisodiy sudi o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘radi. Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasining 14 ta ma’muriy-hududiy birligida viloyat darajasidagi 14 ta iqtisodiy sud hamda ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari mavjud. Shu kunga qadar respublikamizda faoliyat yuritgan xo‘jalik sudlari faoliyati 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi bilan tartibga solingan edi. Ayni paytda 2017-yilning 1-iyunidan boshlab, bu sudlar iqtisodiy sudlar deb qayta nomlandi va ushbu sudlar faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi1 qabul qilindi. Mualliflar jamoasi (nazariyotchi olimlar, amaliyot xodimlari, soha mutaxassislari) tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiy protsessual huquq” darsligi yangi qabul qilingan Iqtisodiy protsessual kodeksi normalari asosida yaratildi. “Iqtisodiy protsessual huquq” darsligi “Iqtisodiy protsessual huquq”, “Iqtisodiy ishlar bo‘yicha protsessual hujjatlar” modullarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur darslikda Iqtisodiy protsessual huquqning umumiy va maxsus qismiga oid institutlar, jumladan, fanning tushunchasi va manbalari, sud ishlarini yuritish turlari, taalluqliligi va sudlovliligi, protsessual muddatlar, sud xarajatlari, isbotlash va dalillar, shuningdek iqtisodiyot sohasida fuqarolar, tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘riladigan nizolar tushunchasi, turlari va xususiyatlari haqida berilgan. Bundan tashqari, kelib chiqayotgan iqtisodiy nizolarni hal qilish nuqtayi nazaridan sudga murojaat qilish tartibi, ish ko‘rish xususiyatlari, ishning yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatlari, ularni qayta ko‘rish va ijro etishga oid mavzular o‘rin olgan. Download 464.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling