Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik
- 3-modda. Ijro etish organlari
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TO‘G‘RISIDA 1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonun sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablag„lari va boshqa mol-mulkni o„zga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan o„zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to„g„risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston Respublikasining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to„g„risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi. (2-modda O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Ijro etish organlari Oldingi tahrirga qarang. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. (3-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Pul mablag„larini undirish to„g„risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan hollarda o„zga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko„rsatilgan organlar hamda shaxslar majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling