Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
8
2 -modda. Ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ta’minlash Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini ta‟minlash uchun topshiriladi: yuridik shaxsdan pul mablag„larini undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari — qarzdor yuridik shaxsga hisobvaraqlar bo„yicha xizmat ko„rsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno); davlat ro„yxatidan o„tkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash to„g„risidagi yoki ularni davlat ro„yxatidan o„tkazish haqidagi ijro hujjatlari — tegishli mulkiy huquqlarni davlat ro„yxatidan o„tkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga; qimmatli qog„ozlarga bo„lgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qog„ozlarning miqdori va turi bo„yicha aniqlanadigan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash to„g„risidagi yoxud qimmatli qog„ozlarga bo„lgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qog„ozlarga bo„lgan mulk huquqini ijro hujjatida ko„rsatilgan shaxs nomiga hisobga qo„yish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga); ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari — ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga; ish haqini va unga tenglashtirilgan to„lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ish haqini va unga tenglashtirilgan to„lovlarni amalga oshirishi shart bo„lgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga); qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari to„g„risidagi yoxud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida o„z zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga; ma‟muriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari — ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani to„lashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi noma‟lum bo„lgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning ma‟muriy jarima solish to„g„risidagi ijro hujjatlariga nisbatan qo„llanilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari o„ziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat ko„rsatilmagan bo„lsa, ular taqdim etilgan kundan e‟tiboran o„n besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul mablag„larini undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi. Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni ta‟minlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi. Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko„rsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan uzrsiz sabablarga ko„ra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaxslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to„g„risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling