Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro hujjatlarining mazmuni
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
8-modda. Ijro hujjatlarining mazmuni
Ijro hujjatida quyidagilar ko„rsatilishi lozim: 1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi; 2) ijro hujjatining qaysi ish bo„yicha berilganligi va uning tartib raqami; 3) ijro etilishi shart bo„lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana; Oldingi tahrirga qarang. 4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun — qarzdorning tug„ilgan sanasi va joyi, ish joyi qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O„zbekiston Respublikasi fuqarolari bo„lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to„lovchi identifikatsiya raqami; (8-modda birinchi qismininng 4-bandi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O„RQ-711-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son) 5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi; 6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana; 7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Boshqa organning hujjati asosida berilgan ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan organning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Sud buyrug„ining hamda alimentlar to„lash to„g„risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvning, shuningdek notarius ijro xatining mazmuni qonunchilik bilan belgilanadi. (8-moddaning to„rtinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 145-moddasi , Fuqarolik protsessual kodeksining 178-moddasi , Oila kodeksining 17-bobi hamda O„zbekiston Respublikasi “Notariat to„g„risida”gi Qonunining 79-moddasiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling