Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Davlat ijrochisining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

21-modda. Davlat ijrochisining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa 
tashkilotlar bilan hamkorligi 


Davlat ijrochilari o„z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit 
tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o„zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar 
hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta‟minlashda 
sud ijrochilariga ko„maklashishi shart. 
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta‟minlash maqsadida: 
1) ichki ishlar organlari: 
davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo„yilishi lozim bo„lgan 
bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi
davlat ijrochisi huzuriga kelishdan bo„yin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda 
majburiy keltirilishini ta‟minlaydi; 
ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan davlat ijrochisi tomonidan ijro 
harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir to„siq bo„lganda, jamoat tartibi saqlanishini 
ta‟minlaydi; 
qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan 
undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining 
majburiy to„xtatilishini davlat ijrochisining topshirig„i asosida ta‟minlaydi; 
avtomototransport vositasi egasi to„g„risidagi, tegishli qarzdorlar nomiga ro„yxatga olingan 
avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga bo„lgan 
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro„yxatidan o„tkazilganligi to„g„risidagi boshqa 
ma‟lumotni davlat ijrochisining yozma so„rovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, sud 
ijrochilarining avtomototransport vositalarini ro„yxatdan o„tkazish yoki qayta ro„yxatdan 
o„tkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro„yxatga 
olingan avtomototransport vositalarini ko„zdan kechirishda ishtirok etadi; 
(21-modda ikkinchi qismi 1-bandining yettinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O„zbekiston Respublikasidan 
chiqishini vaqtincha cheklash to„g„risidagi qarori ijrosini ta‟minlaydi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2) O„zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo„mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 
organlari: 
(21-modda ikkinchi qismining 2-bandi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi 
O„RQ-708-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 
03/21/708/0799-son) 
ko„chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo„lgan mulk huquqi va boshqa 
ashyoviy huquqlarning davlat ro„yxatidan o„tkazilganligi to„g„risidagi, huquq egalari haqidagi 
ma‟lumotlarni, shuningdek o„zga kadastr ma‟lumotlarini davlat ijrochisining yozma so„roviga ko„ra 
uch kunlik muddatda taqdim etadi; 
sudning yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan 
undiruvchi va qarzdor o„rtasidagi ko„chmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida ko„chmas 
mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo„lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat 
ro„yxatidan o„tkazadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat ijrochisining yozma topshirig„i asosida kadastr 
ishini shakllantiradi hamda ko„chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo„lgan mulk huquqi 
va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro„yxatidan o„tkazadi; 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling