Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat protsessual huquqi kafedrasi tosheva munisxon voxid qizi
Download 95.72 Kb.
|
18.05.2023 bmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I . Jinoyat protsessual huquqi nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar
- Jinoyat protsessual qonun normalarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar
III BOB bo‘yicha xulosalar:
Ushbu bobda ayrim xorijiy davlatlarda taftish o‘tkazishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, milliy qonunchilik bilan farqlari va o‘xshash jihatlari yoritib berilgan. Xoriyij davlatlarda taftish tayinlash va o‘tkazish tajribasida qo‘llanilayotgan ayrim jihatlarni milliy qonunchilikkka joriy etish yuzasidan takliflar berib o‘tilgan. Shuningdek, tergov faoliyatida maxsus bilimlardan foydalanish samaradorligini oshirish va takomillashtirish masalalarida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida tavsiyalar va tafliflar berib o‘tilgan. XULOSAJinoyat protsessida taftish tayinlash va uning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish va tahlillar natijasida quyidagi takliflar ishlab chiqildi: I . Jinoyat protsessual huquqi nazariyasini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Taftish deganda bo‘lib o‘tgan ish, hodisa va boshqa yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv, shuningdek korxona, kompaniya, tashkilot, muassasalar moliya-xo‘jalik faoliyatini, mansabdor shaxslarning xizmat faoliyatini, hujjatlar, budjet muassasalarida budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi; buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘ri yuritilishini tekshirish; Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi munosabati bilan tayinlanadigan va o‘tkaziladigan taftishning maqsadi talon-toroj yoki boshqa jinoiy qilmishlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligini aniqlash, moliyaviy operatsiyalarning to‘g‘ri bajarilganligi, buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilganligi, moddiy resurslarning to‘g‘ri harakatlanishini tekshirishdan iboratdir. Maxsus iqtisodiy bilimlar deganda jinoyat protsessida haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jarayonida, qonunda belgilangan shakllarda foydalaniladigan iqtisod sohasidagi bilimlarni tushunish mumkin. Jinoyat protsessual qonun normalarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar: JPK 81-moddaning ikkinchi qismini quyidagi tahrirda o‘zgartirish: Bu maʼlumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, shuningdek, taftish dalolatnomasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi”. Taftishning qonunda belgilangan amaldagi tahriri, aslida, hujjatli tekshiruvga tegishli ekanligini hisobga olib, JPK 1871-moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif qilinadi. Taftish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori va sudning ajrimi asosida, maxsus iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan, hujjatli va faktik nazorat usullarini qo‘llab, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdir. JPK ga yangi 18712-moddasini kiritish: Taftishni to‘xtatib turish asoslari: o‘tkazilayotgan taftishga daxldor bo‘lgan maʼlumotlarni o‘zida saqlovchi dalillarni qidirib topish uchun kerakli tergov harakatlarini amalga oshirish zarurati yuzaga kelganda; o‘rganilayotgan tashkilotga tegishli muhim moliyaviy-xo‘jalik hujjatlarni olib o‘rganish imkoniyatining mavjud emasligi sababli taftishni boshlashni yoki uni davom ettirishning imkoning yo‘qligi yoki ularni boshqa tashkilotdan olish kerak bo‘lib bu maʼlum vaqt talab etadigan bo‘lsa; mutaxassislarni almashtirish yoki qo‘shimcha mutaxassislarni jalb etish zarurati yuzaga kelganda; tekshirilayotgan tashkilotning taftish uchun muhim bo‘lgan buxgalteriya hisobotlarini qayta tiklash zarurati yuzaga kelganda; O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 238-moddasida mutaxassis (taftishchi)ning bila turib noto‘g‘ri xulosa berishi, yolg‘on xulosa berishi, 240-moddasida mutaxassis (taftishchi)ning xulosa berishni rad etishi yoki bu ishdan bo‘yin tovlashi uchun javobgarlik belgilash. Download 95.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling