Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat protsessual huquqi kafedrasi tosheva munisxon voxid qizi


Download 95.72 Kb.
bet8/15
Sana18.06.2023
Hajmi95.72 Kb.
#1557378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
18.05.2023 bmi

I BOB bo‘yicha xulosalar:
Ushbu bobda hozirgi kunda tergov faoliyatida mavjud muammolar va ularni hal etishda maxsus bilimlardan foydalanish, maxsus bilimlar tushunchasi, tergov faoliyatida maxsus bilimlardan foydalanish natijasida erishiladigan yutuq va samaradorlik olimlarning fikrilari, qonun hujjatlari orqali tahlil etilgan. Taftish tayinlash tergov harakatining yuridik tabiati, taftish tayinlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar keltirib o‘tilgan.

II BOB. TAFTISH TAYINLASH ASOSLARI HAQIDAGI NORMALAR TAHLILI
2.1-§. Dalil to‘plash usuli sifatida taftish tayinlashning protsessual asoslari va tartibi
Jinoyat ishlari yuritishda taftish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish masalasini hal etish uchun tayinlanadi. Agar jinoyat ishi qo‘zg‘atilan bo‘lsa, isbot qilish predmetiga tegishili masalalarni hal qilish (JPK 82-moddasi) yuzasidan dalil to‘plash hamda shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxsdorligini aniqlash uchun tayinlanadi. Taftish o‘tkazishdan asosiy maqsad subyektlarning buxgalteriya xujjatlari, moliyaviy va statistik hisobotlaridagi qonunga xilof faoliyatining izlarini aniqlash va ularni taqqoslab ko‘rish yo‘li jinoyat mavjudligi faktiga baho berish hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual qonunchiligimizga ko‘ra, taftish o‘ttiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi. Ba’zi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining roziligiga ko‘ra yoxud sudning ajrimi bilan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Qonunchilikda tergovga qadar tekshiruv muddati o‘n kun etib belgilanganligidan kelib chiqadigan bo‘lsak, taftish o‘tkazishning mazkur muddati ko‘p hollarda tergovga qadar tekshiruv muddatining uzaytirilishi sabab bo‘ladi. Taftish o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan organlari taftishni tayinlagan mansabdor shaxslar ko‘rsatgan vaqt oralig‘ida o‘tkazilmasligiga asosiy sabab sifatida ish hajmining ko‘pligi, mutaxassis xodimlarning yetishmasligi, baʼzi hollarda taftishchi talab qilgan hujjatlar masʼul organlar tomonidan berilishi kechiktirilishi kabilarni keltirib o‘tishgan. Bu muddat davomida ish yuritish to‘xtatib turilishi ham mumkin. Ammo aynan taftishni to‘xtatib turish asoslari qonunchiligimizda aniq nazarda tutilgan bo‘lmasada sud-tergov amaliyotida quyidagi holatlarda bunga zarurat yuzaga keladi:

  1. o‘tkazilayotgan taftishga aloqador bo‘lgan hujjatlarni qidirib topish uchun kerakli tergov harakatlarini amalga oshirish shart bo‘lganda;

taftish o‘tkazish amaliyotida shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, ish uchun ahamiyatli hisoblangan hujjatlar yashirilib, tergovga taqdim etilmaydi yoki ularni berishdan bosh tortish holatlari kuzatiladi. Mana shu kabi vaziyatlarda tergovchi tomonidan boshqa tergov harakatlarini (so‘roq qilish, tintuv va olib qo‘yish) amalga oshirish orqali hujjatlar masalasiga aniqlik kiritiladi.
2) taftish davomida faoliyati tahlil qilinayotgan subyektga tegishli moliyaviy-xo‘jalik hisobotlarni o‘rganish imkoniyatining mavjud emasligi tufayli taftish o‘tkazishning imkoni yo‘qligi yoxud ularni boshqa tashkilotdan olish kerak bo‘lib bu vaqt talab etadigan bo‘lsa;
baʼzi holatlarda jinoyatning uzoq muddat o‘tganidan so‘ng aniqlanganligi mansabdor shaxslar tomonidan jinoyat izlarini yashirish maqsadida hisobotlar yo‘q qilinishiga olib keladi. Bunga turli tabiiy ofatlar, masʼul shaxslarning eʼtiborsizligi yoxud oradan ancha vaqt o‘tganligini ro‘kach qilib hujjatlar yo‘qolganligini, hozirda mavjud emasligini bildirishadi. Mana shunday hollarda taftishchi asl vaziyatni aniqlash uchun baʼzi tashkilotlardan hujjatlarni qayta olishga majbur bo‘ladi. Bu esa taftishni to‘xtatib turishni taʼqazo etadi.
3) taftish olib borayotgan mutaxassisni almashtirish yoki ishning ko‘lami va turidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha mutaxassislarni jalb etish lozim bo‘lganda;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish yuqorida aytganimizning boshqa sohalardagi jinoyatlarga qaraganda ancha mushkul hisoblanadi. Shu sababli ham ish holatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha mutaxassis (bank, lizng tashkilotlaridan) jalb qilinishi ham mumkin. Qolaversa, taftish o‘tkazishi belgilangan taftishchining boshqasiga almashtirilishi ham (kasalligi, vafot etishi kabi holatlarda) maʼlum vaqtni talab qiladi.
4) taftish tayinlangan tashkilotning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan buxgalteriya hisobotlarini qayta tiklash zarurati yuzaga kelganda;
taftishchi tomonidan qonunga zid faoliyatlarni aniqlash va yanuniy qarorga kelish uchun baʼzi bir holatlarda buxgalteriya hisobotlarini qayta tiklash shart hisoblanadi. Shu kabi vaziyatlarda ham taftish uchun belgilangan muddatni to‘xtatib turish zaruratga aylanadi.
Taftish tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimda ko‘rsatib o‘tilishi lozim bo‘lgan masalalar protsessual qonunchilikda belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: taftish tayinlangan
1) tekshiriladigan subyektning to‘liq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili;
2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qo‘shimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar;
3) taftish o‘tkazish chog‘ida o‘rganiladigan masala yoki masalalar doirasi;
4) moliya-xo‘jalik faoliyatining taftish qilinishi lozim bo‘lgan davri;
5) taftish o‘tkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qo‘shimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar nomi keltirib o‘tilishi belgilangan.
Taftish o‘tkazish qarorida nazarda tutilmagan va ko‘rsatib o‘tilmagan masalalar yuzasidan tekshiruvlar olib borish, tadbirkorning jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan davrdagi faoliyatini o‘rganish qonunan taqiqlanadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, taftish o‘tkazish maxsus iqtisodiy bilimlarni talab qiladi. Shu sababli ham moliya, soliq, buxgalteriya sohasidagi iqtisodiy bilimlarga va qonunda belgilangan tartibda taftish o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladi. Taftish qarori chiqarilganidan so‘ng uni o‘tkazish uchun tegishli idoralarga, JPK ning 1873-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respeblikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlariga mutaxassis jalb qilish uchun yuboriladi. Mazkur organlar tomonidan taftish qarori olinganidan so‘ng ikki ish kuni davomida taftishni o‘tkazish uchnu mutaxassis biriktirilib, buyruq chiqariladi.
Taftishni o‘tkazishda mutaxassis ajratish jinoyat ishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Chunki taftish qarorida aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarning har biriga asosli tahillar orqali javob berishi lozim sanaladi. Ish holatlaridan kelib chiqqan holda taftishchida turli sohadagi qo‘shimcha mutaxassislarni jalb etish (dasturchi, tarjimon, bank xodimlar) imkoniyati bo‘lsada ish yakuni bo‘yicha taftishchining o‘zi masʼul hisoblanadi.
A.M.Dyachkovning fikricha, surishtiruv, tergov organlari taftishni o‘z vaqtida o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida berilgan ariza va habarlarni tezkor, sifatli ko‘rib chiqishni hamda uni tegishli tartibda rasmiylashtirishini talab qilinadi, bundan tashqari taftshni jinoyat ishidan keyin tayinlanishi bir qator tergov harakatlarini o‘tkazish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Ammo biz olimning bu qarashini nisbiy tushuncha deb hisoblaymiz, chunki taftish o‘tkazishni tayinlagan shaxsning uni o‘tkazilish jarayonlari haqida xabardor bo‘lib turishi taftishchi tomonidan ishga nisbatan masʼuliyatni oshirishi olib keladi hamda turli sabablarni ro‘kach qilib tekshiruvni orqaga surishi kabi salbiy holatlarning oldini olinishi yoki tegishli chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.
JPK ning 1874-moddasiga ko‘ra taftshi o‘tkazish tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va advokatlar ishtirok etgan holda o‘tkaziladi. Agar tadbirkorlik subyektlari yuridik xizmat vakili yoki advokat xizmatidan voz kechgan bo‘lsa, bu ularning taftishning tugallanishiga qadar mazkur huquqidan maxrum qilmaydi. Tadbirkorlik subyektlarida taftish qaysi bosqichda bo‘lganligidan qatʼiy nazar yuridik xizmat vakili yoki advokat xizmatiga ehtiyoj tug‘ilsa, ular shu paytdan boshlab ushbu xizmatlardan foydalanishi mumkin.
Tekshiruv tayinlangan subyektda taftish boshlangandan to tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida shu subyektining mansabdor shaxsi lozim topgan paytdan boshlab advokat yoki yuridik ximatdan foydalanishi mumkin. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berishi1 belgilab qo‘yilgan.
Taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar har ikki holatdan ham tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish o‘tkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga bo‘lgan huquqi yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi. Yuridik xizmat vakili yoki advokatning yigirma to‘rt soat ichida yetib kelish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ko‘pi bilan yigirma to‘rt soat davomida taftish o‘tkazish to‘xtatib turiladi, agar bu muddatdan oshib ketsa ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Tadbirkorlik subyekti faoliyati yuzasidan taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarini talab qilishi va ular bilan tanishib chiqishi mumkin. JPK ning 1875-moddasida ham taftishni o‘tkazish topshirilgan shaxslar taftishga asos bo‘luvchi hujjatlarini taftish boshlangunga qadar tanishtirib, hujjatlardan ko‘chirma nusxa berilishi va tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga yozib qo‘yilishi shartligi belgilab o‘tilgan.
Taftish o‘tkazish davomida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakilining taftishni o‘tkazishga to‘sqinlik qilishi, hujjatlarni taqdim etmasligi, bino, inshootlarga kiritishdan bosh tortganligi, hujjatlarni imzolamaganligi taftishni o‘tkazishdan ozod qilmaydi. Ammo bu kabi holatlarning har biri tegishli tartibda bayonnoma yoki dalolatnomalar rasmiylashtirilishi lozim.
Bu kabi salbiy holatlar taftish o‘tkazish amaliyotida juda ko‘p holatlarda uchraydi. Shu sababli ham taftish o‘tkazish uchun masʼul shaxslar zarur hujjatlar taqdim etishdan bosh tortganlik holati bo‘yicha taftish tayinlagan shaxslarni xabardor qiladi. Lozim topilsa tintuv, olib qo‘yish tergov harakatlari o‘tkaziladi yoki tekshiruvlar qonunchilikda belgilangan qonun normalari asosida o‘tkaziladi.
Tergov amaliyotida yana shunday vaziyatlar ham uchraydiki, taftish tayinlangan korxona, tashkilotlarning mansabdor shaxslari yoki vakolatli xodimlarining turgan manzili nomaʼlum bo‘ladi. Bu kabi vaziyatlarda JPK ning 1876–moddasiga muvofiq, taftish o‘tkazish qarori yuridik shaxsning manziliga va mansabdor shaxslarning yashash manziliga yuboriladi, mansabdor shaxsning yoki vakolatli shaxsning yo‘qligi taftishni o‘tkazishdan ozod etmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining taftish qilish davomida quyidagi masalalarga aniqlik kiritiladi: amalga oshirilayotgan faoliyat tashkilotning tasis hujjatlari, ustav, nizomiga mos kelishi, sarflangan harajatlar va olingan daromadning smeta-hujjatlarida asoslanganligi, budjet vositalarining maqsadli ishlatilganlishgi, moliya, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘laganligi, buxgalteriya hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tartibi joriy etilganligi, pul aylanmalari, mehnatga haq to‘lash, invistitson operatsiyalarning qonunchilikka muvofiq amalga oshirilganligi kabilar.
Taftish o‘tkazilganidan so‘ng yakuniy hujjatlarni rasmiylashtirish tartbi JPK ning 1878-moddasiga ko‘ra taftish o‘tkazuvchi shaxslar o‘tkazilgan taftish natijalariga ko‘ra dalolatnoma tuzadi.
Taftish dalolatnomasida tekshiruvni o‘tkazishni so‘ragan shaxslar uchun tushunarli va aniq tarzda bayon qilingan va quyidagi masalalarga oydinlik kiritilgan bo‘lishi lozim, yaʼni faoliyat davomida qanday tartib buzilgan (nizom, qonun, qaror, yo‘riqnoma); mazkur huquqbuzarlik qaysi vaqtlar oralig‘ida va qanday lavozimdagi shaxs tomonidan sodir etilgan; yetkazilgan zarar miqdori hamda bunga olib kelgan sabab va omillar.
Taftish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma uch nusxada tuzib, dalolatnomaning nusxalari taftishni o‘tkazishda ishtirok etgan shaxslar imzosi bilan tasdiqlanadi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning rahbari yoki mansabdor shaxsiga taqdim etiladi. Tekshiruv subyekti natijasi qayd etilgan dalolatnoma nusxasini olgan shaxs olish sanasini ko‘rsatgan holda dalolatnomaning barcha nusxalariga imzo qo‘yishi shart. Taftish dalolatnomaning qolgan nusxalari ish materiallariga qo‘shib, taftish tayinlagan mansabdor shaxslarga topshiriladi. Ammo qonunchiligimizda taftishni o‘tkazgan shaxslarda dalolatnomaning bir nushasi qolishi belgilanmaganligi dalolatnomani qalbakilashtirishga ham olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, mazkur holatni belgilab o‘tish joiz deb hisoblaymiz.
Taftish natijalari taqdim etilganidan so‘ng mavjud holatdan kelib chiqqan holda qayta taftish va qo‘shimcha taftish o‘tkazilishi mumkin. JPK ning 1879-moddasiga ko‘ra taftish yakunida tuzilgan dalolatnomada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga barham berish yoki ishda aniqlangan yangi holatlarni tekshirish uchun qo‘shimcha taftish tayinlanishi belgilangan. Qonunchilikda belgilangan qo‘shimcha taftish tayinlash asoslarini ikki turga bo‘lish mumkin. Birinchisi, taftish o‘tkazish belgilangan ish bo‘yicha aniqlangan yangi holatlar, ish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi hujjatlarning taqdim etilganligi yoki tintuv orqali olib qo‘yilganligi, ikkinchisi, ish yakuni bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada tekshiruv davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga oydinlik kiritishdir. Qo‘shimcha taftishda o‘rganilgan, tahlil etilgan holatlarning ayrimlariga aniqlik kiritilib, butun moliya, buxgalteriya hisobotlari qayta o‘rganilmaydi. Zarur hollarda dalolatnomdagi kamchiliklarga taftish o‘tkazgan shaxslarni so‘roq qilish orqali ham aniqlik kiritish mumkin. Ammo qonunchilikda taftishchining so‘roq qilish shartlari, tartibi, mazkur so‘roq bayonnomasining qonunchilikda dalillar qatorida keltirib o‘tilmaganligi sababli taftishchini alohida ishtirokchi sifatida so‘roq qilish imkoniyati mavjud emas. Bunday vaziyatlarda taftishchini guvoh tariqasida so‘roq qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar taftishchini mutaxassis tariqasida ishga jalb etgan holda ham qonunchilikda mutaxassisning ishga jalb etilishi va uning ko‘rsatmalaridan dalil turlari sifatida foydalanish tartibi belgilanmagan. Shu sababli aniqlanishi lozim bo‘lgan, taftish dalolatnomasida keltirib o‘tilgan masalalar yuzasidan taftishchini so‘roq qilish eng maqbul usul hisoblanadi.
Qayta taftish tayinlash asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi asoslarning mavjudligi qayta taftish o‘tkazilishiga olib keladi:

  • taftish xulosasidan norozi bo‘lgan tekshirilgan subyekt rahbarining, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining taftishni tayinlagan organga taqdim etgan eʼtirozlari asosli deb topilganda;

  • taftish yakuni bo‘yicha tuzilgan dalolatnomda yoki ilova hujjatlarda jinoyat ishga aloqador bo‘lgan boshqa hujjatlar, materiallar bilan qarama-qarshilik yuzaga kelganda;

  • taftish jarayonida foydalanilgan hujjatlar yoki axborotlar noto‘g‘riligiga asoslar yuzaga kelganda (qalbakilashtirilgan, soxta hujjatlardan tekshiruvda foydalanish yoki qonunchilikda o‘z kuchini yo‘qotgan, eskirgan qonun normalari bilan tahlillar olib borilganligi, mazkur tahlillar davomida tekshiruv subyektining qonunchilikda belgilangan imtiyozlari hisobga olinmaganligi va boshqa shy kabilar);

  • Taftish tayinlagan organ mansabdor shaxsida taftish yakuni bo‘yicha tuzilgan dalolatnomadagi xulosalarning to‘g‘riligiga asosli shubha mavjud bo‘lganda yoki asossiz ravishda xulosa tuzilganda qayta taftish tayinlanishi mumkin.

Qayta taftish tayinlanganda birinchi marotaba taftishni o‘tkazgan mutaxassis ishtirok etishi qonunan mumkin hisoblanmaydi. Shu sababli ishning natijasidan manfaatdor hisoblanmaydigan, taftish tayinlash qaror yoki ajrimida ko‘rsatilgan masalalarni aniqlay olishda bilim va tajribaga ega bo‘lgan boshqa mutaxassis jalb etiladi.
Qayta taftish tayinlanganda tekshiruv boshidan boshlanadi va har bir holat yangitdan tekshirib yakuni bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.



Download 95.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling