Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat protsessual huquqi kafedrasi tosheva munisxon voxid qizi


Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)


Download 95.72 Kb.
bet5/15
Sana18.06.2023
Hajmi95.72 Kb.
#1557378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
18.05.2023 bmi

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Jinoyat protsessida taftish tayinlash va uni o‘tkazishning nazariy va amaliy jihatlari mamlakatimizdagi olimlardan A.D.Davletov, L.I.Astanova, G‘. Abdumajidov, U.A. Tuxtasheva, E.X. Narbutayev, Z.F.Inog‘omjonova, B.A. Mirenskiy, B.X.Pulatov, SH.YA.Djumamuratov, YU.S.Pulatov, A.X. Rahmonqulov, D.M.Mirazov, G.Z.Tulaganova, I.R.Astanovlar tomonidan o‘z ilmiy ishlarida, hammuallifligida chop etilgan darslik va boshqa o‘quv qo‘llanmalarda umumiy tarzda yoritib o‘tilgan bo‘lsa, xorijlik olimlardan S.A.Sheyfer, A.N.Axpanov, M.S.Strogovich, B.T.Bezlepkin, V.Arsenev, Z.Z.Zinatullin, A.P.Rijakov, R.S.Belkin, I.E.Bixovskiy, A.N.Vasilev, V.G.Dayev, , V.Kornouxov, A.A.Levi, I.F.Krilov, , I.L.Petruxin, V.S.Shadrin, A.R.Ratinov tomonidan ham taftishning bir qator jihatlari o‘rganilgan.
Ilmiy yangiligi.
Tadqiqot ishida taftish tushunchasi, maqsadi va vazifalari, o‘tkazilish asoslari va mazkur jarayon davomida yuzaga keladigan salbiy holatlar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-nazariy tavsiyalar ishlab chiqilganligi, qonunchilikka taftish tergov harakatini takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar berilganligi va xorijiy mamlakatlarda taftish o‘tkazish instituti huquqiy jihatdan qiyosiy tahlil qilinib, milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilganligida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.
Olib borilgan tadqiqotlarning nazariy ahamiyati tadqiqot natijasida shakllantirilgan taklif va tavsiyalar jinoyat protsessual huquqida taftish o‘tkazishning nazariy jihatdan rivojlantirishga muayyan hissa qo‘shadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati taftish tergov harakatini o‘tkazishni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan qator takliflarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda ifodalanadi.
Bitiruv malakaviy ishining materiallaridan o‘quv jarayonida, shuningdek, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda ham foydalanilishi mumkin.
Tadqiqot ishida bayon etilgan amaliy tavsiyalardan jinoyat protsessual qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda, shuningdek, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazishda foydalanish mumkin.

Download 95.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling