Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat protsessual huquqi kafedrasi tosheva munisxon voxid qizi
Download 95.72 Kb.
|
18.05.2023 bmi
Mavzuning dolzarbligi. Fan texnikaning taraqqiy etishi jinoyatlarni tergov qilish sohasida ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Jumladan, bugungi kunda tergov faoliyatida maxsus iqtisodiy bilimlardan foydalanish, sud-iqtisodiy ekspertizalarni tayinlash va ularning natijalarini baholash, jinoiy faoliyalar natijasida qo‘lga kiritilgan daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi kurashish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni ilmiy asoslangan holda qonuniy hal etish muhim masalalardan sanalanadi. Jinoyat ishlarini yuritishda isbot qilish usulidan biri hisoblangan taftish tergov harakatini tayinlash, taftishchi tomonidan tekshiruvning o‘tkazilish tartibini nazorat qilish, taftish natijasida olingan dalillarni baholash, uning samaradorligini oshirish, mazkur tergov harakatini kengroq, chuqurroq tadqiq qilish yuqorida keltirib o‘tilgan masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng qamrovli institutsional va tarkibiy islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlantirish, butunlay davlat tasarrufida jamlangan, monopol sohalarni davlat xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlik subyektlariga, xorijiy investorlarga turli imtiyoz, subsidiyalar asosida berish, tadbirkorlik faoliyatining har qanday shaklini rag‘batlantirishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga qonundan tashqari hollarda aralashish, ularning erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilish kabi g‘ayriqonuniy harakatlarni oldini olish, jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish, qolaversa, mazkur sohada sodir etilayotgan soliqdan “qochish”, davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larni noqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirish, ulardan maqsadsiz foydalanish, imtiyozli kreditlar ajratilishida firibgarlik holatlarining salmog‘i oshganligi, “xufiyona iqtisodiyot”ga barham berish, bankdan tashqari pul aylanmalarini qisqartirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda. Qolaversa, milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash1, zamonaviy inovatsiyalarni qo‘llagan holda klasterlar tashkil qilish, qishloq xo‘jaligida eng so‘ngi texnologiyalarni qo‘llash orqali samaradorlikni oshirish, tadbirkorlarni eksport qilish salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan ishlar, shu sohalarning rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qabul qilinayotgan qarorlardan bilishimiz mumkinki, ushbu masalalar davlat siyosati jarajasiga ko‘tarilgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, iqtisodiy sohadagi jinoyatlarni tergov qilishda yuzaga kelayotgan bir qancha muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda qonuniy, asosli va adolatli hal etish, jinoyat sodir etilishini oldini olish, jinoyat solir etilishiga zamin yaratgan sabab va omillarni aniqlash lozimligi tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydigan muhim omil sanaladi. Download 95.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling