Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi abdulloyeva firuza maxmudovna


Download 437.34 Kb.
bet1/13
Sana16.06.2023
Hajmi437.34 Kb.
#1501942
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdulloyeva Feruza BMI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI


KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ KAFEDRASI


ABDULLOYEVA FIRUZA MAXMUDOVNA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSONNING MALAKALI TIBBIY XIZMATDAN FOYDALANISH HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

mavzusida yozilgan


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)


Safarova X.N.
TOSHKENT 2023
M U N D A R I J A
KIRISH………………………………………………………………..…… 3
I BOB. INSONLARNING MALAKALI TIBBIY XIZMATDAN FOYDALANISH HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK VA HUQUQIY ASOSLARI

    1. Insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi bo‘yicha nazariy-huquqiy qarashlar va ularning takomil bosqichlari…………………….….8

    2. O‘zbekiston Respublikasida insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari…………………..20

II BOB. MAMLAKATIMIZDA INSONLARNING MALAKALI TIBBIY XIZMATDAN FOYDALANISH HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA ISTIQBOLLARI
2.1. O‘zbekiston Respublikasida insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini taʼminlash sohasidagi boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari....33
2.2. Mamlakatimizda insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini taʼminlashda davlat-xususiy sherikchilik institutini tatbiq qilishni takomillashtirish masalalari…………………………………………………….....48
XULOSA ……………………………………………………………..…….60
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………..…..62


KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Dunyoda sog‘liqni saqlash masalasi bugun har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, COVID-19 pandemiyasining sodir bo‘lishi va uning oqibatlari insonlarning sog‘liqlarini hamma narsadan ustun ekanligini yana bir bor isbotlab berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga ko‘ra, aholining deyarli yarmi eng kerakli tibbiy xizmatlar bilan to‘liq qamrab olinmagan. 800 milliondan ortiq aholi yoxud dunyo aholisining 12 foizi daromadlarining kamida 10 foizini sog‘liqni saqlash xarajatlariga sarflashadi. Shuningdek, davolash inson salomatligini taʼminlashning 10 foiz omili, xolos. Irsiy omillar 15 foiz, atrof-muhit 20 foiz, eng asosiysi, turmush tarzi 55 foizni tashkil etadi. COVID-19 pandemiyasi ham noto‘g‘ri turmush tarzi og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi1.
Insonlarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi turli mutaxasislar tomonidan eng muhim ijtimoiy huquq sifatida baholanib, uni mazmuni turli yo‘nalishlarda baholangan. Jumladan, fuqaroning sog‘lig‘i bugungi kunda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning asosiy vositasi, davlatning fuqarolar oldidagi majburiyati, insonlar xavfsizligini taʼminlashning asosiy vositalaridan biri, davlat xavfsizligining asosi hamda ijtimoiy qadriyat va baxt sifatida baholangan.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ham to‘xtalib o‘tib, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog‘likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz”2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvar kuni qabul qilingan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining yettita usyuvor yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, IV.Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida aholi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni sifatini oshirish, Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish maqsadida respublika hududlarida tibbiyot klasterlarini tashkil etish, Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish, hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni “bir qadam” tamoyili asosida tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda aholiga masofadan turib tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadlari dolzarb etib belgilangan3.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (1996), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yisha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son (2018) Farmoni, “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izshil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish ushun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221 (2021) Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Rrezidentining “Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatish ushun qo‘shimsha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-4737-son (2020), “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3973-son (2018), “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-son (2020) qarorlari va mavzuga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur malakaviy bitiruv ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 437.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling