Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitish uchun ikki tomonlama toʻlov kontrakt


 Taʻlim muassasasining majburiyatlari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1417901
1   2   3   4
Bog'liq
Шукуров Мансур Шухрат угли

2.2. Taʻlim muassasasining majburiyatlari:
2.2.1. Oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Taʻlim muassasasi Ustavi va
boshqa ichki hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
2.2.2. Talabalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarining bajarilishini ta’minlaydi.


2.2.3. Talabani tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari darajasida
oʻqitadi.
2.2.4.Talaba bakalavriat bosqichining yurisprudensiya taʻlim yoʻnalishini muvaffaqiyatli tamomlaganda belgilangan
tartibda diplom beradi.
2.2.5. Talaba oʻquv yilining birinchi yarmi uchun toʻlovni amalga oshirganidan soʻng uni talabalar safiga qabul qiladi.
2.3. Talabaning huquqlari:
2.3.1. Taʻlim muassasasidan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini talab qilish.
2.3.2. Taʻlim muassasasida tasdiqlangan malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarga muvofiq davlat standarti talablari
darajasida taʻlim olish.
2.3.3. Taʻlim muassasasining Axborot-resurs markazi, sport inshooti, Wi-Fi hududlaridan foydalanish.
2.3.4. Taʻlim muassasasining taʻlim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish.
2.3.5.Oʻqish uchun bir yillik toʻlov summasini bir yola toʻliq toʻlash.
2.4. Talabaning majburiyatlari:
2.4.1.Joriy oʻquv yili uchun belgilangan oʻqitish qiymatini Kontraktning 3-bobida koʻrsatilgan tartib va miqdorda oʻz
vaqtida toʻlaydi.
2.4.2.Akadem qarzdor boʻlgan talabalar oʻqishni davom ettirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda kredit
miqdorlariga mos ravishda toʻlovlarni amalga oshiradi.
2.4.3.Taʻlim muassasi Ustavi va boshqa ichki hujjatlari, shu jumladan oʻquv tusdagi hujjatlar bilan tanishadi va ularning
talablariga qat’iy rioya qiladi.
2.4.4.Oʻquv mashgʻulotlarida belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq ishtirok etadi.
2.4.5. Fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini, jumladan nazorat turlaridan qoʻyilgan natijalarini mustaqil ravishda bilib
boradi.
2.4.6. Taʻlim muassasasida belgilangan tartib va qoidagalarga muvofiq taʻlim oladi hamda oʻz bilim darajasini oshirib
boradi.
2.4.7. Shartnoma elektron shaklda Taʻlim muassasasining marketing.tsul.uz yoki Oliy va oʻrta taʻlim vazirligining
kontrakt.edu.uz saytida joylashtirilgan boʻlib, Talaba oʻz ID raqami yoki passport maʻlumotlarini kiritadi va shartnoma shartlari
bilan tanishadi. Agar talaba shartnoma shartlariga rozi boʻlsa, u holda bu haqida tegishli tugmani bosadi va uni yuklab oladi.
Shundan soʻng, shartnoma stipendiyasiz shaklga qayta oʻzgartirilmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
2.4.8.Oʻzining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetning ishchanlik obroʻsi va
manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarini sodir etishdan tiyiladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling